Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari. Tashlandiq buyumlardan o’yinchoq yasash



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə2/3
tarix20.12.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#187342
1   2   3
11- mavzu. sahnalashtirish. pptx

Quritishning yana bir usuli dazmoldan foydalanish usulidir. Issiq dazmolda barglar, poyalar, maysalar, gullar quritiladi. Masalan: qavat-qavat o‘simlikni gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasiga qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So‘ngra ustki qavatidagi gazetani olib, shamollatiladi va quruq joyga qo‘yiladi. So‘ngra gazetani yopib yana dazmollanadi. O‘simlik 2–3 daqiqada quriydi va o‘zining rangini yo‘qotmaydi. Agar quritilayotgan narsa ko‘tarilganda o‘z tanasini yaxshi ushlab tursa, u yaxshi quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak ,siz uni ortiqcha quritib yuborgan hisoblanasiz.

Barglardan ijodiy ishlarni bajarishda quyidagi namunalarni tavsiya qilamiz.


Poxol (somon). Poxol-somondan sanoatda to‘qish va dekoratsiya, applikatsiya ishlarida (qutichalar, panellar, qalamdonlar) va shu kabilarga bezak berishda foydalaniladi. Bu maqsadda bug‘doy, javdar, arpa somonlari ishlatiladi. Agar bu o‘simliklarning poyasi yaxshilab ko‘rib chiqilsa, poyaning o‘zaro bo‘g‘imlar bilan birikkanligini, eng yuqoridagi qismi ingichkaroq, uzunroqligini ko‘rish mumkin. Poya ana shu bo‘g‘imlardan qirqib olib, qismlarga ajratiladi. Qirqilgan poya qismlari ko‘rinishi va uzunligiga ko‘ra navlarga ajratiladi: eng uzuni I nav, kaltarog‘i II, eng qisqasi III nav bo‘ladi.
Applikatsiya va bezash ishlarida ishlatishdan oldin somon bog‘lami tog‘oraga solinib, ustidan qaynoq suv quyiladi va tog‘orada bir kecha-kunduz saqlanadi. Bir kecha-kunduzdan so‘ng uni tog‘oradan olib, suvi silqitib tushiriladi va har biri uzunasiga o‘rtasidan bo‘linadi. Qirqqanda pastdan yuqoriga qarab qirqiladi. So‘ngra somonning qirqilgan tomonini pastga qaratib qo‘yib, iliq qilib dazmollanadi. Dazmolning qiziganlik va dazmollash vaqtiga ko‘ra somonni turli rangga kiritish mumkin. Masalan, och-sariq, sariq, och jigarrang, jigarrang. Dazmollangan somon ehtiyotlik bilan qutichaga solib qo‘yiladi. Agar somondan biron narsa, masalan, qo‘g‘irchoq to‘qiladigan bo‘lsa, uni tog‘oradan namligida olib, 4 – 5 somondan iborat tasma to‘qiladi yoki bog‘ qilib bog‘lab, qo‘g‘irchoq yasaladi, to‘qilgan somon tasmadan shlapalar va shu kabilar to‘qish mumkin. Yong‘oq, cho‘chqayong‘oq, meva va poliz ekinlarining urug‘lari (danaklari) keng tarqalgan, to‘plash va saqlash oson bo‘lgan material hisoblanadi. Yong‘oqqa ishlov berish oson va u pishiq material. Agar yong‘oqni, ayniqsa yeryong‘oqni diqqat bilan kuzatib faraz qilinsa, u yoki bu obraz (yong‘oq – toshbaqa, qo‘ng‘iz, qayiqcha; yeryong‘oq – qush, jonivorlar, ular tanalarining ayrim ismi) kishi ko‘z o‘ngiga keladi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin