Sterjenlar bo‘shliq yoki havol (teshikli) qo‘ymalar olishdagina ishlatiladi. Ular maxsus qoliplar (sterjen yashiklari) yordamida tayyorlanadi



Yüklə 16,04 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü16,04 Kb.
#115245
Quymakorlik


Sterjenlar bo‘shliq yoki havol (teshikli) qo‘ymalar olishdagina ishlatiladi. Ular maxsus qoliplar (sterjen yashiklari) yordamida tayyorlanadi.
Sterjen yashigi «a» va hosil qilingan sterjen «b» da tasvirlangan. Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarishda sterjenlar qo‘lda tayyorlanadi va bunda yog‘och qoliplardan foydalaniladi, yirik seri yalab va ko‘plab ishlab chiqarishda esa metall qoliplardan (metallardan yasalgan sterjen yashiklardan) foydalanib, mashinalarda tayyorlanadi. Sterjen tayyorlashda xuddi model tayyorlashdagi kabi, quymaning qotish jarayonida kirishuvchi albatta hisobga olinadi, ya’ni sterjenning o‘lchamlari quymada hosil qilinishi kerak bo‘lgan bo‘shliqning o‘lchamlaridan kichik qilinadi. Sterjen yashigi a; va shu yashik yordamida tayyorlangan sterjen (b)
Sterjenlar qolipga qaraganda og‘irroq sharoitda ishlaydi. Shu sababli sterjen materiallari puxtaroq bo‘lishi, gazlarni yaxshi o‘tkazishi lozim. Bundan tashqari, sterjen materiallari quymadan oson ajraladigan va nam tortmaydigan b o‘lishi ham kerak. Sterjenning mustahkamligini oshirish uchun uning orasiga karkas (armatura) qo‘yiladi, gaz o‘tkazuvchanligini oshirish uchun esa sterjenning boshidan oxirigacha sim tiqib olinadi, murakkabroq sterjenlar ichiga pilik (kanop, poxol o‘ramlari va shukabilar) qo‘yiladi, sterjen tayyor bo‘lganda ular sug‘urib olinadi yoki sterjen quritilayotganda kuyib ketadi.
Sterjen tayyorlanadigan materiallarning (aralashmaning) asosiy tarkibiy qismlarini kvarts qumi, gil va turli bog‘lovchi moddalar tashkil etadi. Bog‘lovchi moddalarning asosiy vazifasi sterjenni yetarli darajada puxta qilishdan iborat. Bunday bog‘lovchilar sifatida o‘simlik moylari, neft , torf, ko‘mir, slanets va yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlari, anorganiq brikmalar (suyuq shisha, sement) va boshqalar ishlatiladi.
Tayyorlangan sterjenlar tegishli pechda 200 S dan 400 S gacha temperaturada 5-10 soat davomida quritiladi, natijada sterjenning puxtaligi zarur darajaga yetkaziladi. Sterjenlar qolipga modeldagi turli figuralar yordamida hosil qilingan tayanchlar, shuningdek, maxsus tirgaklar yordamida o‘rnatiladi.
Qolipga suyuq metall quyilganda tayanchlar (tirgaklar) suyuqlanadi-da, quymaga aralashib ketadi. Bunday tayanchlar, asosan, asosiy quyma materialga nisbatan pastroq temperaturada eriydigan uglerodli po‘lat, cho‘yan va boshqa qotishmalardan yasaladi.
Qo‘yma buyum (detallarni hosil qilish uchun quyiladigan qotishmalarning tempera- turalari quyidagicha qabul qilingan. Masalan, po‘lat uchun 1500+1600 S, bolg‘alanuvchi cho‘yan uchun 1380+1450 S, kulrang cho‘yan uchun 1260-1400 S, bronzalar uchun 1100-1150 S, alyuminiy qotishmalar uchun 700-780 S, magniyli qotishmalar uchun 680-780 S va hokazo. Shu boisdan quyiladigan quyma devori anchalik yupqa bo‘lsa, quyiladigan metall yoki qotishmaning temperaturasi shuncha yuqori bo‘lishi talab qilinadi.
Sanoat miqyosida quymalar olishning maxsus usullariga: suyuqlantirilgan metall yo qotishmalarni qoliplar (kokillar)ga quyish, markazdan qochirma quyish, bosim ostida quyish, suyuqlanuvchan modellardan foydalanib quyish va qobiq qoliplarga quyish kabilar kiradi. Ana shu usullarini qisqacha ko‘rib o‘taylik.
Kokillarga quyish yo’li bilan olinadigan cho‘yan va po‘lat quymalarda ichki bo‘shliqlar (teshiklar yoki chuqurchalar) hosil qilish zarur bo‘lsa, odatdagi qoliplarda ishlatiladigan strjenlardan, alyuminiy qotishmalar va magniy qotishmalari uchun esa ajraluvchi metall sterjenlardan foydalaniladi. Suyuq metall kokillar ustidan, yonidan yoki ostidan quyilishi mumkin. Kokillarga ichki yuzalari o‘tga chidamli material va bo‘yoqlar bilan qoplanadi. Kokillarga suyuq metall yaxshi to‘lishi uchun ular oldindan qizdirib olinadi.
Kokillarga quyish usuli mehnat unumini oshirishga, quyma sirtining sifatini hamda uning mexaniq xossalarini yaxshilashga, kesib ishlash uchun qoldiriladigan ortiqcha qalinligini kamaytirishga imkon beradi.
Yüklə 16,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin