Sudlov tizimi va qonunchilik bekliklarda qonunchilik ishi



Yüklə 21,32 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü21,32 Kb.
#177173
  1   2   3
SUDLOV TIZIMI VA QONUNCHILIK


SUDLOV TIZIMI VA QONUNCHILIK

1. Bekliklarda qonunchilik ishi. Buxoro amirligida barcha qonunlar shariatga asoslanar edi. Sudlov tizimi qozilar tomonidan boshqarilar edi. Bosh qozi amir tomonidan tayinlangan. Odatda, u madrasani tugatgan, tajribali va shariat qonunlarini yaxshi biladigan kishi bo‘lishi kerak edi. Qozilarning tavsiyasi bilan qozikalon amlokdorlik qozilari va mulla azimlarni tayinlagan. Qozi mutavallini (voyaga yetmaganlarning mol-mulkini nazorat qiluvchi amaldor) tayinlash va boshqa huquqlarga ega edi. Beklikdagi qozilarga amlokdorliklardagi noib-qozilar ham bo‘ysungan. Qoziga fuqarolik ishlarini hal qilganligi uchun to‘lanadigan haqdan tashqari, qishloq yoki chek yerdan tushadigan daromad ham berilgan. Ishni kimning foydasiga hal qilsa, undan ham katta to‘lov olgan.


D.N.Logofetning yozishicha, beklik markazida yashagan qozi barcha amlokdorliklarda o‘zining ishonchli odamlariga ega bo‘lgan. Uning qoshida quyidagi amaldorlar xizmat qilgan:
Mufti – qozining yordamchisi;
Mirzalar – ish yurituvchilar. Bittadan uchtagacha kishi bo‘lgan;
Mulla azimlar – tergov vaqtida ishtirok etadigan vakillar. 10 tadan 30 tagacha kishi bo‘lgan;
Devonbegi – xo‘jalik boshqaruvchisi;
Miroxurboshi – otxona boshlig‘i;
Mahramlar – eng yaqin xizmatchilar;
Quyi xizmatchilar – saislar, idekshu va bakovullar1.
Qozi amir tomonidan tayinlangan. Odatda, u madrasani tugatgan, tajribali va shariat qonunlarini yaxshi biladigan kishi bo‘lishi kerak edi. Qozilarning tavsiyasi bilan qozikalon amlakdorlik qozilari va mulla azimlarni tayinlagan. Qozi mutavallini (voyaga yetmaganlarning mol-mulkini nazorat qiluvchi amaldor) tayinlash va boshqa huquqlarga ega edi. Beklikdagi qozilarga amlakdorliklardagi noib-qozilar ham bo‘ysungan.
Beklikda shariat qonunlari bajarilishi, bozorlardagi tosh-tarozining to‘g‘riligini nazorat qilish bilan rais shug‘ullangan. Raislar amir tomonidan shariat qonunlarini mukammal bilgan va madrasani tugatgan kishilar orasidan tayinlangan. Rais umumiy nazoratdan tashqari, butun aholi va xizmatchilar ustidan kuzatuv olib boradigan maxfiy politsiya vazifasini ham bajarar edi. Raisga barcha machit imomlari va ularning yordamchilari (muazzinlar) bo‘ysunishgan.

Yüklə 21,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin