“SUV BAYRAMI” BAYRAM
ERTALIGI.
Tadbir joyi bayramona bezatilgan. Bolalar skameyka atrofida doira shaklida joylashadilar.
Boshlovchi : Yana keldi yoz, nur sochar kuyosh
Soylar tо‘la suv, xuddi yangi sut.
Quyosh kuladi, qir-о‘tloq gulga,
Tiniq suv olar bizni bag‘riga
Bugun о‘ynaymiz, dildan yayraymiz
Chiniqib о‘ynab, suvlar bag‘rida.
Bola: Sog‘lom avlod uchun kо‘p bizda kuch g‘ayrat
Sog‘ tanda sog‘ aqlmiz xech kimdan qolishmaymiz!
Boshlovchi: Iye bolajonlar suv xavzasida shisha suzyaptiku, olib qо‘rib ochib kо‘raylikchi….
Tarbiyachi idishni suvdan olib ochadi. Musiqa ostida Neptun paydo bо‘ladi.
Neptun: Voy, men qayerdaman, qanday baxtsizman. Meni beraxm sexrgar necha yildan beri shu shishaga qamab qо‘ygan edi. Mening taxtim qani? Tojim qani?
Boshlovchi: Xayajonlanmang, siz bolalar bog‘chasidasiz. Sizni bu yerda xech kim xafa qilmaydi. Bizda taht yо‘k. Lekin sizga kursi beramiz. Marhamat. Sizning tojingiz dengiz tubida koldi sheqilli. Bu yerda dengizchilar bor. Ular sizga yordam beradilar.
Bola: Botir kapitan dengizda tanxo,
Katta karvonni boshlaydi olga.
Chayqalar kema, chayqalar ummon,
Tinch nafas olar jumlayu jaxon!
«DENGIZCHILAR RAQSII».
Neptun: Kani tojni oldilaringmi?
Dengizchilar: Yо‘q, juda chuqur ekan ololmadik, faqat о‘yinchoklar bor ekan.
Neptun: Voy men bechora, baxtsiz podsho, endi nima qilaman?
Boshlovchi: Siz shoshmay turing, xafa bо‘lmang. Ana qurbaqalar sakrab kelishmokda, ular sizga yordam beradilar.
«QURBAQALAR RAQSII» (changa-chunga).
Bola: Quyosh nuri bilan silar keng о‘lkamiz xusnini,
Qonib tomosha qilar «Neptun» bayram tо‘yini.
О‘YIN «KOPTOKNI HALQAGA TASHLA»
Neptun: Ana ular mazza qilib о‘ynab quvnashmoqda, ammo tojdan darak yо‘q!
Boshlovchi: Siz nega buncha besabrsiz. Balki bizga о‘rdakchalar yordam berar. Ana ular kelishyapti.
Bola: О‘rdakchayu-о‘rdakcha yurishlaring bо‘lakcha.
Mо‘ltillatib kо‘zingni turishlaring bо‘lakcha
RAQS «URDAKCHA».
О‘YIN «TULKI VA URDAKCHA»
Neptun: Voy ayyor tulki, bu nima qilganing. О‘rdakchalarni quvib yubordinku. Endi menga kim yordam beradi?
Boshlovchi: Allo, bu xizmat kо‘rsatish tashqilotimi? Menga g‘offos kerak. Voy sizlarda g‘offos yо‘qmi. Kim bor…? Dengiz qirolichasi? Xa, juda yaxshi, bizga aynan shu kerak edi.
«ARABCHA RAQS».
Neptun: Jonginam, azizam menga tojimni topishda yordam ber, iltimos.
Dengiz malikasi: Mayli, men senga yordam beraman. Suv parisi va shaytonlarni chaqiraman.
RAQS «SHAYTONCHALAR».
Dengiz malikasi: Voy dengiz judayam chuqur ekan, tojni ololmadik.
Neptun: Voy, men qanday shoxman, tojsiz!
Toshbaka: Kuyinma, men senga yordam beraman.
Neptun: Ey… sen qarib qolgansan, tojim dengiz tubida, shuncha odam ololmagan senga yо‘l bо‘lsin!
Toshbaka: Yо‘q, men о‘zimni sinab kо‘raychi. Sizlar mening bolalarimga qarab turinglar. Oldin mana bu topishmoqni topinglar:
Yomg‘ir yog‘aloq tarvuz yumaloq.
Jaladan qо‘rkmas, laqa baqaloq (baliq).
Barakalla tо‘g‘ri topdinglar. Endi bolajonlarimga о‘yinchoq beringlar ular ovunib tursinlar.
RAQS «QО‘G‘IRCHOQLAR».
(Toshbaqa suv tubidan tojni olib chiqadi)
Neptun: Voy, raxmat senga Toshbaqa, meni juda xursand qilding. Men juda ham baxtliman. (boshiga tojni kiyib oladi) Mana mening taxtim tila tilagingni.
Toshbaka: Men bayram davomida quyidagilar paydo bо‘lib qolishini istayman!
Neptun: BUYURAMAN:
Bugungi suv bayramingizda barcha quvnoq va shodon bо‘lsin.
Yoz davomida barcha bolalar chо‘milib chiniqsinlar, sog‘lom bо‘lsinlar.
Yil davomida barcha bir-biriga mexrli va saxovatli bо‘lsin.
Asosiy buyrug‘im: Barcha bolalarga sovg‘alar keltirilsin!
Boshlovchi: Bizga sog‘liq ulashar hammaga davo berar bu nimadir bolalar?
Bolalar: Budir suv, quyosh, xavo!
OMMAVIY RAQS.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
M.Qutliyeva, M.Ahmedova, O.MArdiyeva - “ Bayramlar va tadbirlar ssenarysi” Toshkent, “BAYOZ” 2016
D.Ergasheva, S.Sunnatova, Sh. Aliyorova - “Tadbirlar ssenariylari” Toshkent, “BAYOZ” 2016
Internet saytlari
Dostları ilə paylaş: |