O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-aprelda “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-107-sonli qarori hamda shu yuzadan Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 10-apreldagi 117-12-0-Q/23-sonli qarori ijrosi yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-aprelda “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-107-sonli qarori, shu yuzadan Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 10-apreldagi 117-12-0-Q/23-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan ijrosi yuzasidan tumanda 2023-yil yozgi sug‘orish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida
QAROR QILAMAN
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-aprelda “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-107-sonli qarori hamda shu yuzadan Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 10-apreldagi 117-12-0-Q/23-sonli qarori ijrosi yuzasidan rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan ilovalarga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Tumanda 2023-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlari 1-ilovaga muvofiq maqullansin;
Xonqa tuman irrigatsiya bo’limi (T.Xo‘janiyazov) hudud rahbaralari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2023-yilda hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv iste’molchilari kesimida suv olish limitlarini ishlab chiqsin.
4. Tumanda 2023-yilda suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli qurilmalarni joriy qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tuman iqtisodiyot va moliya bo’limi (D.Abdullaev), Tuman irrigatsiya bo‘limi (T.Xo‘janiyazov) bilan birgalikda 2-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarning mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Tegishli bo‘limlar, idoralar o‘zlari qabul qilgan hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari X.Sabirov zimmasiga yuklansin.
1-ilova
Dostları ilə paylaş: |