Suvo`tlari (algae) va ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#182631
  1   2   3   4
1532063699 67615

Suvo`tlari (algae) va ularning klassifikatsiyasi

Reja:

 

1. Suvo`tlari haqida tushuncha.

2. Suvo`tlarining klassifikatsiyasi.

3. Suvo`tlarining ahamiyati

Tuban o`simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo`tlari deyiladi.


Suvo`tlar hujayrasida xlorofil bo`lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo`ng`ir qizil va ko`k- yashil bo`ladi. Xlorofill borligi uchun suvo`tlar avtotrof o`simliklar hisoblanadi. Suvo`tlar tashqi ko`rinishidan juda xilma- xil bo`ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o`n metrga yetadigan juda yirik vakillari ham bor.
Кoloniya bo`lib yashaydigan suvo`tlar bir hujayralilar bilan ko’p hujayralilar orasidagi bir to’dadir. Ularning tanasi o`zaro bo`sh birikkan hujayralar to`dasidan iborat.

Suvo`tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo`linmagan tallomdir. Biroq ba`zi vakillarining tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo`lib, funksyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo`ladi. Suvo`tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Jinsiy yo`l bilan ko`payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro`y beradi. Suvo`tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab xar xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning ba`zilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda ko`p to`dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qiladi.

Suvo`tlarining juda ko`p, 20 minga yaqin turi bo`lib, ular 5 ta sinfga bo`linadi. Shulardan biz qo’yidagi: 1. Ko`k- yashil suvo`tlar (Cyanophyta), 2. Yashil suvo`tlar (Chlorophyta), 3. Diatom suvo`tlar (Diatomeae), 4. Qo`ng`ir suvo`tlar (Phaeophyta) va 5. Qizil suvo`tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz.


Tuproq suvo`tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko`pi tuproqda organik moddalarni to`planishiga yordam beradi va unumdorlikning muhim omili hisoblanadi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin