Tadbirkor kim? Va uning shakllari haqida. Tadbirkor kim?



Yüklə 400,54 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü400,54 Kb.
#166602
ahliddin


Tadbirkor kim? Va uning shakllari haqida.

Tadbirkor kim?

Tadbirkor” deganda daromad olish maqsadida, mas’uliyatni zimmasiga olgan holda, jamiyatga foyda keltiruvchi biron-bir iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxs tushuniladi.


“Biznes” va “tadbirkorlik” tushunchalarining mohiyati bir xil. Biznes-tadbirkorlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u xo‘jalik yuritish usuli, iqtisodiy faoliyat turidir. Tadbirkorlik sub’ektlari turlichadir: ular-yakka xususiy tadbirkorlar, jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar, ular nomidan ish yurituvchi yuridik shaxslar, hissadorlik jamiyatlari, jamoalari, shuningdek davlat korxonalarini tadbirkorlik asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa sub’ekti bo‘lishi mumkin. Ammo davlatning tadbirkorligining tartibi va unga amal qilinishi nazorati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlari, xodimlari tadbirkorlik sub’ekti bo‘la olmaydi. Chunki daromad olish uchun sarmoyadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar tadbirkorlikning real sub’ekti bo‘la oladilar. Tadbirkorlik faoliyati bilan shu’gullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro’yxati mavjud bo’lib, u Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan.
Tadbirkorning qanday vazifani bajarishiga yo‘nalganligiga ko‘ra ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik, tijoratchilik, turli xizmatlar ko‘rsatish va maslahatlar berish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonuniga binoan tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari mavjuddir:



  • yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlik faoliyati;

  • yollanma mehnatni jalb etishga asoslangan xususiy tadbirkorlik faoliyati;

  • shirkatchilik asosidagi tadbirkorlik;

  • jamoa tadbirkorligi;

  • davlat tadbirkorligi;

  • aralash tadbirkorlik-yuridik shaxs hamda fuqarolar tomonidan mol-mulkni qo‘yish yo‘li bilan olib boriladi.

  • tadbirkorlikning tashkiliy shakllari g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ularning birontasi ham muvaffaqiyatga oldindan kafolat bermaydi.

  • tadbirkorlikning qaysi shaklini tanlanishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:

  • ishni oson boshlash imkoniyati;

  • uni boshlashda duch keladigan qonun-qoidalar:

  • ishning pul bilan ta’minlanishi;

  • ishning hajmi va miqdori;

  • to‘lanadigan soliqlar stavkalari.

Yakka tadbirkorlik
Agarda ishni bir shaxsning o‘zi tashkil etib olib borsa, u yakka xususiy tadbirkor hisoblanib, mulkka yolg‘iz o‘zi egalik qiladi va tushgan daromadni bir o‘zi o‘zlashtiradi.
AfzalliklariKamchiliklari1) tadbirkor o‘z faoliyatini hech bir shartnomasiz, faqat o‘z qaroriga ko‘ra boshlashi mumkin;
2) hech bir yuqori kengashga bog‘liq bo‘lmay qaror qabul qiladi;
3) u faqat o‘z qaroriga javob beradi va shunga asoslanib ish tutadi;
4) korporatsiyalardagi kabi vaqti-vaqti bilan hech kimga hisobot bermaydi;
5) o‘z faoliyatini hohishiga ko‘ra istagan joyda amalga oshiradi.
1) behisob shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi;
2) ishi barbod bo‘lsa, mol-mulkini butunlay yo‘qotishi mumkin;
3) u sherikchilikning qo‘shimcha mablag‘iga suyana olmaydi;
4) aksiya yoki boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish kabi moliyaviy usullardan foydalana olmaydi;
5) uning faoliyati faqat o‘ziga bog‘liq bo‘lib mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsa, ishlari susayib cheklanib qoladi, vafot etsa umuman to‘xtaydi;
6) shundan kelib chiqib boshqa kompaniyalar u bilan iqtisodiy aloqani istamayroq amalga oshiradilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shakliga etikdo‘z, repetitor, tikuvchi kabilar misol bo‘la oladi. 


Shirkat
Ikki va undan ortiq kishining foyda olish maqsadida kelishuv (shartnoma) asosida o‘z mablag‘larini birlashtirgan holdagi tadbirkorlik faoliyati shaklidir.
Shirkatlar ikkita ko‘rinishga bo‘linadi:

  1. to‘la yoki oddiy shirkatlar - to‘la shirkatda uning barcha a’zolari teng huquqqa ega bo‘ladilar.

  2. mas’uliyati cheklangan shirkatlar - mas’uliyati cheklangan shirkatda uning bir a’zosi to‘la huquqqa ega bo‘lib, qolganlarning huquqlari cheklangan bo‘ladi va shirkatning qarzlari uchun javobgar bo‘lavermaydi, moliyaviy hujjatlarga ham imzo qo‘ya olmaydi.

Shirkatning huquqiy asosi uning a’zolari o‘rtasida tuzilgan bitim hisoblanadi va u quyidagi bandlardan iborat bo‘ladi:

  • har bir hamkorning vakolati;

  • bitimning muddati;

  • har bir a’zoning umumiy ishga qo‘shgan mablag‘lari hajmi (ayrim hollarda ba’zi a’zolar mablag‘ qo‘shmay intellektual bilimlari hisobidan baholanib ulush olishlari mumkin).

  • uyushma mablag‘idan har bir a’zoning olishi mumkin bo‘lgan aniq, belgilangan pul hajmi;

  • amalga oshirilishi zarur bo‘ladigan moliyaviy tartibi bayoni;

  • yangi hamkorlar (a’zolar) qabul qilish tartibi;

  • shirkatni tarqatib yuborish tartibi.

Shirkat o‘zi ishlab chiqqan nizom asosida faoliyat yuritadi. Shirkatning ham afzallik va kamchilik tomonlari mavjud:
AfzalliklariKamchiliklari1) moliyaviy jihatdan yakka egalik firmaga nisbatan ancha kuchli bo‘ladi;
2) harakatdagi tezkorligi;
3) menejerlikda qo‘shimcha imkoniyatiga ega, ya’ni a’zolari bir-birini kamchiligini to‘ldirgan holda birlashadilar.
1) shirkatning har bir a’zosi boshqa sherigining xatti-harakati uchun javobgar bo‘ladi;
2) sheriklar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik paydo bo‘lishi mumkin;
3) shirkat omadsizlikka uchrasa va biron a’zosining mablag‘i qarzni to‘lashga etmasa, boshqa a’zolari to‘lashlari shart bo‘ladi;
4) shirkat a’zolari shaxsiy jihatlarining juda katta ahamiyatga egaligi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga “Sharq Kredit”, “Beeline” va “Artfam Invest” kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlari misol bo’la oladi.
Jamoa (korporatsiya) shaklidagi shirkat
Bu shakldagi korporatsiyalar (ingliz tilida public company deyiladi) yakka shaxslar, muassasalar, tashkilotlar, korxonalar xohishlari va o‘zaro kelishuvlari asosida biron maqsadni ko‘zlab tuzilgan tadbirkorlik faoliyati. Unda xo‘jalik faoliyati hissadorlarning aksiya yoki paychilik shaklidagi qo‘shgan mablag‘lari asosida tashkil etiladi.

Korporatsiyaning afzalligi:



  • muddatsiz ravishda faoliyat ko‘rsatishi mumkin;

  • korporatsiya singan taqdirda uni boshqaruvchilar o‘z mol-mulkidan ajralib xonavayron bo‘lmasligi mumkin.

  • bir vaqtda turli-tuman sohalarda baravar faoliyat yurita olishi mumkin.

Jamoa korporatsiyalariga “Apple”, “Google” va “Microsoft” kabi korporatsiyalar misol bo’la oladi.
Tadbirkorlikning asosiy maqsadi-foyda olish. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, olinadigan foyda miqdori cheklanmaydi. Tadbirkor olgan foydasini mustaqil, o‘z xohishiga ko‘ra ishlatish huquqiga ega.
Tadbirkorlik xatti-harakatlari tufayli kimgadir moddiy yoki ma’naviy zarar etkazgan bo‘lsa, u buning uchun mulkiy javobgar hisoblanadi. Shuningdek, tadbirkor o‘z faoliyatida boshqa xo‘jalik yurituvchi shaxs bilan shartnoma asosida munosabatga kirishadi. Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga va shartlariga muvofiq u mulkiy javobgar bo‘ladi. Demak, tadbirkor boshqa sub’ektga zarar etkazgan hisoblanadi.
Shunday qilib, tadbirkorlik har tomonlama faoliyat turlari bo‘lib, o‘z ichiga yangi tovarlarni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy etish, tovarlarni sotish uchun yangi-yangi bozorlarga kirib borish, yangi iste’molchilar doirasini kengaytirish, yangi ishlab chiqarishga yangi resurslarni, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va shakllarini jalb qilish, tashkiliy-boshqaruv yangiliklarini o‘tkazish, yangi sherikchilik munosabatlar, shu jumladan, xalqaro munosabatlarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
@BiznesKlubUz kanali uchun
Yüklə 400,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin