Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə1/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
AJ togrisidgi qonun


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Qishloq xo‘jaligi, bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 49-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi qonunlari. Shuningdek qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi PF-1939-sonli “Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin