12-modda. Jamiyatning muassislari Aksiyadorlik jamiyatini tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyat muassislari jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat muassislarning uni tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo‘ladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi bo‘ladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom. Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-sonli “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom. Oldingi tahrirga qarang. Yopiq aksiyadorlik jamiyati muassislari o‘rtasida aksiyalarni taqsimlash ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)