Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə2/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
AJ togrisidgi qonun

2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo‘lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Banklar tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini ochish, ularni qayta rasmiylashtirish hamda yopish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomada belgilangan (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.).
Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko‘rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‘lishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Jamiyat o‘z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o‘z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o‘z belgi-alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab o‘tishga haqlidir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin