Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Aksiyadorlarning huquqlari



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə14/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
AJ togrisidgi qonun

27-modda. Aksiyadorlarning huquqlari
Aksiyadorlar:
tegishli aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari reyestriga kiritilish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zi haqida depozitariydagi depo hisobvarag‘idan ko‘chirma olish;
(27-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish;
aksiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va to‘g‘ri axborot olish;
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o‘z huquqlarini himoya qilish;
(27-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlarning uquvsiz yoki g‘arazli xatti-harakatlari tufayli ko‘rgan zararning to‘lanishini talab qilish;
(27-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
qimmatli qog‘ozlar sotib olish vaqtida zarar ko‘rish va (yoki) foydaning bir qismini yo‘qotish ehtimoli bilan bog‘liq tavakkalchilikni sug‘urtalash huquqiga ega.
Aksiyadorlar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladilar.
28-modda. Oddiy (odatdagi) aksiyalar egalari bo‘lmish aksiyadorlarning huquqlari
Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aksiyasi uning egasi bo‘lmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi.
Oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida mazkur yig‘ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin