Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə12/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
AJ togrisidgi qonun

22-modda. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish
Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini jamiyatning o‘zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aksiyalarning bir qismini sotib olish va muomaladan chiqarish orqali kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori jamiyatning ustaviga kiritilgan tegishli o‘zgartishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kuni belgilanadigan jamiyat ustav fondining eng kam miqdoridan qonun hujjatlarida belgilanganidan kamayib ketadigan bo‘lsa, jamiyat ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
Ustav fondini kamaytirish va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi.
Ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vaqtda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi fondni kamaytirish sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Ustav fondini kamaytirish vaqtida jamiyat tugatilganida nazarda tutiladigan aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish shartlariga rioya etilishi zarur.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 103-moddasi.
23-modda. Jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilgani to‘g‘risida kreditorlarni xabardor qilish
Ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan boshlab jamiyat kechi bilan 30 kun ichida bu qaror xususida o‘z kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini kamaytirish to‘g‘risida o‘zlariga xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin ijro etishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bog‘liq zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin.
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi — aksiyador deb e’tirof etiladi.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ularning egasiga dividendlar olish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular bo‘yicha dividendlar to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq jamiyat ustavida belgilanadi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin