Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə10/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
AJ togrisidgi qonun

18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning jamiyatni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir 17-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi uchinchi shaxslar uchun ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, ushbu Qonunda belgilangan hollarda esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor etilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
III BO‘LIM. JAMIYATNING USTAV FONDI. JAMIYATNING AKSIYALARI, OBLIGATSIYALARI VA BOShQA QIMMATLI QOG‘OZLARI. JAMIYATNING SOF AKTIVLARI
19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari
Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o‘z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning V bo‘limi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
(19-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin