Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə13/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
AJ togrisidgi qonun

241-modda. Oltin aksiya
“Oltin aksiya” — ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
“Oltin aksiya” qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi hamda garovga qo‘yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
“Oltin aksiya” ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin. Davlatning “oltin aksiya”dan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
“Oltin aksiya” aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi, yettinchi, sakkizinchi, o‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi xatboshilarida, shuningdek 82-moddasi birinchi qismining yettinchi, yigirma ikkinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha veto qo‘yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo‘yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
(241-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
25-modda. Aksiyalarning nominal qiymati
Aksiyalarning nominal qiymati yuz so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Aksiya bo‘linmasdir.
26-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va e’lon qilingan aksiyalari
Jamiyatning ustavida aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilab qo‘yilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qo‘shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo‘lgan e’lon qilingan (qo‘shimcha) aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
(26-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bog‘liq o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan (qo‘shimcha) aksiyalarning soni ushbu qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bo‘lmasligi lozim.
(26-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar erkin ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin