Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə11/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
AJ togrisidgi qonun

20-modda. Ustav fondining miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha to‘rt yuz ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi kerak.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi O‘RQ-206-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 176-modda)
Jamiyat ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
21-modda. Jamiyatning ustav fondini ko‘paytirish
Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavida yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Qo‘shimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki bunday qaror qabul qilish huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan bo‘lsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha oddiy (odatdagi) aksiyalarning va e’lon qilingan miqdorlari (ulushlari) doirasida har bir turdagi imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari, shu jumladan mazkur qonunga muvofiq joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega bo‘lgan aksiyadorlar uchun jamiyatning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish bahosi belgilangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondini qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida qayd etiladi. Bunda e’lon qilingan muayyan toifa va turdagi aksiyalarning miqdori joylashtirilgan ana shu toifa va turlardagi aksiyalarning soniga qisqartirilishi kerak.
(21-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin