Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona aksiyalarining birlamchi emissiyasi chog‘ida mehnat jamoasi a’zolarining huquqlarini himoya qilish



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə59/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
AJ togrisidgi qonun

116-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona aksiyalarining birlamchi emissiyasi chog‘ida mehnat jamoasi a’zolarining huquqlarini himoya qilish
Aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotgan davlat korxonasi mehnat jamoasi a’zolarining aksiyalarni sotib olishdan iborat huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan ta’minlanadi. Mehnat jamoasi a’zolari orasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalar ulushining miqdori har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
117-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining mas’uliyati
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, fond birjalari va boshqalarning mas’uliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni.
(117-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
118-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
223-I-son
Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin