Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Jamiyatning aksiyadorlarga axborot taqdim etishi



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə55/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
AJ togrisidgi qonun

107-modda. Jamiyatning aksiyadorlarga axborot taqdim etishi
Jamiyat ushbu Qonun 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlar foydalana olishlari uchun imkoniyat ta’minlab beradi, buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlar va jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarining bayonnomalari bundan mustasno.
Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning nusxasini haq evaziga berishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning nusxalarini tayyorlashga ketadigan xarajatlar qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali jo‘natish xarajatlaridan ortib ketmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
108-modda. Axborotni e’lon qilishning shartligi
Aksiyadorlik jamiyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda axborotni oshkor qilishi shart.
Aksiyadorlik jamiyati, shu jumladan yopiq aksiyadorlik jamiyati emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirgan taqdirda, bu xususdagi axborotni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilagan hajmda va tartibda e’lon qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotni ochish to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1127, 18.04.2002-y.)
Aksiyadorlik jamiyatining ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotini e’lon qilishni ommaviy axborot vositalari tomonidan asoslantirilmagan ravishda rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ davlatga tegishli aksiyalar realizatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
(108-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
109-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari to‘g‘risidagi axborot
Shaxs qonun hujjatlariga muvofiq affillangan deb hisoblanadi.
Jamiyatning affillangan shaxslari jamiyatning o‘zlariga qarashli aksiyalari to‘g‘risida ularning soni va turlarini ko‘rsatgan holda aksiyalar sotib olingan sanadan e’tiboran kechi bilan 10 kun ichida jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Agar affillangan shaxsning aybi bilan mazkur axborotning taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, affillangan shaxs jamiyat oldida o‘zi yetkazgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat o‘zining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular to‘g‘risida qonun hujjatlarining talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Ochiq aksiyadorlik jamiyati affillangan shaxslar ro‘yxatini ularga tegishli aksiyalar soni va turlarini ko‘rsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili e’lon qilishi shart.
(109-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
LexUZ sharhi
Affilangan shaxslar tushunchasi va aksionerlik jamiyatlarida ularni hisobini yuritish va ma’lumotlarni oshkor qilish tartibi “Aksiyadorlik jamiyatlarida affillangan shaxslar, ularning hisobini olib borish va axborotlarni oshkor qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi bilan belgilangan (ro‘yxat № 1212, 29.01.2003-y.).

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin