Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini ta’minlash



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə20/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
AJ togrisidgi qonun

39-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini ta’minlash
Agar jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan to‘lanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirsa, jamiyat ustavida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo‘lmish aksiyadorlar bunday qimmatli qog‘ozlarni o‘zlari ega bo‘lgan ovoz beruvchi aksiyalar soniga mutanosib miqdorda imtiyozli sotib olishga haqli ekanligi nazarda tutilishi mumkin.
Aksiyalar va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar haqi pul bilan to‘langan ochiq obuna vositasida joylashtirilgan taqdirda imtiyozli sotib olish huquqini qo‘llamaslik to‘g‘risidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin.
Aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini qo‘llamaslik to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorida belgilangan muddat davomida, ammo bunday qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan bir yil davomida amal qiladi.
Aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati ushbu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Ushbu moddaning qoidalari ushbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq jamiyatning ovoz berish huquqini olgan imtiyozli aksiyalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan to‘lanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtira boshlaydigan kundan kamida 30 kun oldin jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo‘lmish aksiyadorlar ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan o‘z huquqlarini amalga oshirishlari mumkinligi haqida xabardor qilinishi lozim.
Xabarnomada aksiyalarning va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilayotgan miqdori, ularni joylashtirish bahosi (shu jumladan, agar jamiyat aksiyadorlari o‘zlarining bunday qimmatli qog‘ozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirsalar, ularni jamiyatning aksiyadorlariga joylashtirish bahosi), har bir aksiyador sotib olishga haqli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bunday huquqi amal qiladigan muddat va huquqni ro‘yobga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Aksiyador aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishi to‘g‘risida o‘zining ismi (nomi) va yashash manzili (joylashgan manzili), sotib oladigan qimmatli qog‘ozlarning soni ko‘rsatilgan yozma ariza va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni jamiyat nomiga yuborib, o‘zining imtiyozli huquqini to‘la yoki qisman ro‘yobga chiqarishga haqlidir. Bunday ariza ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qo‘shimcha aksiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish boshlanadigan sanadan kechi bilan bir kun oldin jamiyat nomiga yuborilishi lozim.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin