Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning jamiyat tomonidan sotib olinishidagi cheklashlar



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə22/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
AJ togrisidgi qonun

42-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning jamiyat tomonidan sotib olinishidagi cheklashlar
Jamiyat:
jamiyatning butun ustav fondi batamom to‘languniga qadar, agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatda bankrotlik belgilari bo‘lsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni sotib olganligi natijasida paydo bo‘lsa;
agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatga qarashli sof aktivlarning qiymati uning ustav fondidan, zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning ustavda belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatdan ortiq qismidan kam bo‘lsa yoxud aksiyalarni sotib olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, oddiy aksiyalarni sotib olishga haqli emas.
Ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olish to‘g‘risida talab qo‘yilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmagunicha jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishga haqli emas.
43-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish huquqiga ega bo‘lib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning e’lon qilingan aksiyalarining nominal qiymati va soniga doir tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalash huquqiga ega bo‘lib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari nominal qiymati va soniga doir tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
44-modda. Aksiyadorlar talabiga binoan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishi
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar:
jamiyat qayta tashkil etilganda yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan ushbu Qonunning 90-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qabul qilingan qarorga binoan yirik bitim amalga oshirilganda, basharti aksiyadorlar qayta tashkil etish yoki ko‘rsatib o‘tilgan bitimni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsalar yoxud bu masalalar bo‘yicha ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsalar;
jamiyat ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilganda yoki jamiyatning ustavi ularning huquqlarini cheklaydigan tarzda yangi tahrirda tasdiqlanganda, basharti aksiyadorlar tegishli qarorlar qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsalar yoki ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsalar, o‘zlariga qarashli aksiyalarning hammasi yoki muayyan qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zlariga tegishli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar kun tartibiga kiritilgan umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat aksiyalarni bozor qiymati bo‘yicha qaytarib sotib oladi, bu qiymatni aniqlash chog‘ida jamiyatning aksiyalarni baholashni va qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan harakati natijasida uning qiymati o‘zgarishi hisobga olinmaydi.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin