Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatlari



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə30/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
AJ togrisidgi qonun

65-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatlari
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:
jamiyat ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
jamiyatni qayta tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatni tugatish, tugatuvchini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
(65-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;
e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
jamiyatning ustav fondini ko‘paytirish;
jamiyatning ustav fondini kamaytirish;
o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish;
agar jamiyat ustaviga ko‘ra jamiyat ijroiya organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazo), uning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, ana shu masalalarni hal qilish;
jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvarag‘ini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
(65-moddaning birinchi qismi o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyat kuzatuv kengashining o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir, shu jumladan jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishiga doir hisobotlarini eshitish;
(65-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-son Qonuni asosida o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo‘llamaslik to‘g‘risida ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
(65-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
umumiy yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;
ushbu Qonunning 90-moddasida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning mol-mulk sotib olishi va mol-mulkni begonalashtirishi bilan bog‘liq yirik bitimlarni tuzish;
(65-moddaning birinchi qismi o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga berilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagilar bundan mustasno:
ushbu Qonunning 16 va 21-moddalariga muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav fondini ko‘paytirish bilan bog‘liq o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
ushbu Qonunning 86-moddasi o‘n birinchi qismiga muvofiq jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) to‘g‘risidagi masalani hal etish;
ushbu Qonunning 82-moddasi birinchi qismi o‘n birinchi xatboshisiga muvofiq yillik biznes-rejani tasdiqlash.
(65-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin