61-modda. Dividendlar to‘lanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat dividendlar miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
(61-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda) Oldingi tahrirga qarang. Agar mijozning topshirig‘iga binoan aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan boshqarilayotgan bo‘lsa, aksiyalarni saqlovchiga dividendlar investitsiya instituti haqini chegirib tashlagan holda to‘lanadi, bu haq mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda) 62-modda. Dividendlarni soliqqa tortish Dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida dividendlardan soliq olishda vaqtinchalik imtiyozlar belgilashi mumkin.
VII BO‘LIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI BOShQARUVChI ORGANLAR 63-modda. Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
64-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir.
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi.
(64-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilish hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va uni o‘tkazish tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) ro‘yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi namunaviy nizom.