Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Dividendlar to‘lash mumkin bo‘ladigan aksiyalar



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə28/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
AJ togrisidgi qonun

57-modda. Dividendlar to‘lash mumkin bo‘ladigan aksiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlarni e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar dividend olish huquqiga ega.
(57-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlang‘ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to‘la summasi bo‘yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi to‘lanishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
58-modda. To‘lanmagan va olinmagan dividendlar
Emitent aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi belgilagan muddatlarda dividendlarni o‘z aybi bilan to‘lamagan taqdirda to‘lanmagan va to‘liq olinmagan dividendlar yuzasidan Markaziy bank belgilagan takror moliyalash stavkalari bo‘yicha penya yoziladi.
Aksiyadorlik jamiyati e’lon qilgan dividendlarni to‘lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqlidir. Rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot bo‘lgan deb e’lon qilish tadbiri qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
60-modda. Dividendlar to‘lashdagi cheklashlar
Jamiyat:
jamiyat ustav fondining hammasi to‘lab bo‘linguncha;
agar dividendlar to‘lanadigan paytda jamiyatda to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari bo‘lsa yoki dividendlar to‘lash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo bo‘lsa;
jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam bo‘lsa, aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin