50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik Aksiyadorlik jamiyati, transfer-agent, markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda to‘g‘riligi uchun solidar javobgar bo‘ladi va o‘zlarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan aksiyadorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda) 51-modda. Qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchisi Oldingi tahrirga qarang. Qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari depozitariylardir.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi va “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat № 1911, 25.02.2009-y.). (51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda) 52-modda. Aksiyalarni saqlash Oldingi tahrirga qarang. Aksiyalarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida amalga oshiriladi.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda) VI BO‘LIM. DIVIDENDLAR 53-modda. Dividend Oldingi tahrirga qarang. Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan so‘ng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi kerak bo‘lgan qismidir.
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda) Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart.
Aksiyadorlar jamiyatining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan dividend pul mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to‘lanishi mumkin.
Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.