Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Dividendlarni to‘lash muddatlari



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə27/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
AJ togrisidgi qonun

54-modda. Dividendlarni to‘lash muddatlari
Jamiyat yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qaror qabul qilishga (e’lon qilishga) haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 55-moddasi to‘rtinchi qismi va 60-moddasi.
(54-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
55-modda. Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror
Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar (yilning har bir choragi, yarim yilligi, yilligi bo‘yicha) to‘lash, dividendning miqdori hamda uni to‘lash shakli to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya etgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning muayyan turlari bo‘yicha dividendlar to‘lamaslik to‘g‘risida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qo‘yilgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan miqdorda dividendlar to‘lash haqida qaror qabul qilishga haqli.
Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarorda dividendlar to‘lash boshlanadigan va tugaydigan sanalar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Yilning har bir choragi, yarim yilligi bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror (e’lon) tegishli davr tugaganidan so‘ng ikki oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Agar dividendlar to‘lash oqibatida aksiyadorlik jamiyatining moliya-xo‘jalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan bo‘lsa, dividendlar to‘lash taqiqlanadi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
56-modda. Dividendlarni to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlar jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydadan va (yoki) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan to‘lanishi mumkin.
(56-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlar to‘lash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech bo‘lmasligi lozim.
(56-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Dividendlar to‘lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarni saqlovchilarga dividendlar to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to‘lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmasa yoki zarar ko‘rib ishlagan bo‘lsa, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira fondi hisobidan va ana shu fond doirasidagina to‘lanishi mumkin. Egasi yoki uning qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri da’vo qilish uchun belgilangan muddatda talab qilib olmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan jamiyat ixtiyorida qoladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasiga muvofiq umumiy da’vo muddati — uch yil.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining norezident aksiyadorlari tomonidan olingan dividendlarni erkin almashtiriladigan valyutaga ayirboshlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan “Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
(56-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Aksiyadorlar reyestridan olingan, emitent tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmalar hamda to‘langan dividendlar summasi va ular yozilgan sana to‘g‘risida aksiyadorlar jamiyati buxgalteriyasi bergan ma’lumotnoma ayirboshlash uchun asos bo‘ladi.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin