Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berishni o‘tkazish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinadigan qarori



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə32/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
AJ togrisidgi qonun

67-modda. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berishni o‘tkazish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinadigan qarori
Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qarori yig‘ilishni o‘tkazmagan holda jamiyat ustavida belgilangan tartibda sirtdan ovoz berishni o‘tkazish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinishi mumkin.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha sirtdan ovoz berishni o‘tkazish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qaror qabul qilinishi mumkin emas.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilingan qarori, agar ovoz berishda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida yetmish besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar qatnashgan bo‘lsa, haqiqiy hisoblanadi.
Sirtdan ovoz berish ushbu Qonun 77-moddasining talablariga javob beradigan ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda o‘tkaziladi. Aksiyadorlarga ovoz berish uchun byulletenlar berish sanasi jamiyat byulletenlarni qabul qilishni to‘xtatadigan kundan kamida 30 kun oldin belgilanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilingan qaroriga veto qo‘yishga haqli.
(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
68-modda. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.
Aksiyadorning talabiga binoan jamiyat aksiyadorga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.
Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga o‘zgartirishlar mazkur reyestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni tuzishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin