Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida


-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari



Yüklə 132,97 Kb.
səhifə40/59
tarix12.05.2023
ölçüsü132,97 Kb.
#111850
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
AJ togrisidgi qonun

82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasining o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibini tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanani belgilash;
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;
ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni hal etishni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga kiritish;
aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish orqali yoki e’lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini ko‘paytirish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo‘lsa;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
(82-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni olish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 41, 42, 44 va 45-moddalari.
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo‘lsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan bo‘lsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash;
korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bo‘lsa;
(82-moddaning beshinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni asosida beshinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bo‘lsa yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo‘lsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini ma’qullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay ma’qullanishi lozim;
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;
(82-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ–104-sonli Qonuni asosida o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning a’zolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin;
agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo‘lsa, ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;
jamiyat taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) to‘lanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;
aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori va ularni to‘lash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash;
jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish;
jamiyatning shu’ba va tobe korxonalarini tashkil etish;
ushbu Qonunning VIII bo‘limida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni olish va mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq yirik bitimlar tuzish;
agar bitimlar tuzishdan manfaatdorlik bo‘ladigan bo‘lsa, ushbu Qonunning IX bo‘limida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlik jamiyatining boshqa xo‘jalik jamiyatlaridagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlar tuzish;
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-135-sonli Qonuni asosida yigirma to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etish.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga o‘tkazilishi mumkin emas.
(82-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 132,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin