77-modda. Ovoz berish byulleteni Oldingi tahrirga qarang. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kun tartibi masalalari bo‘yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
(77-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda) Oldingi tahrirga qarang. (77-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda) Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ovoz berish byulleteni umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning to‘liq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va vaqti, ovoz berishga qo‘yilgan har bir masalaning ta’rifi va uni qarab chiqish navbati, ovoz berishga qo‘yilgan har bir masala bo‘yicha “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan mazmundagi so‘zlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari, ovoz berish byulleteni aksiyador tomonidan imzolanishi lozimligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang. Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a’zosini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi masala yuzasidan ovoz berish o‘tkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod to‘g‘risidagi ma’lumot aks ettirilgan bo‘lib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi lozim.
(77-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) 78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bo‘yicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bo‘lsa, o‘sha masala bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda to‘ldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qo‘yilgan bir necha masala aks ettirilgan bo‘lsa, bir yoki bir necha masalaga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb hisoblanishiga sabab bo‘lmaydi.