94-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimga qo‘yiladigan talablarga rioya etmaslik oqibatlari Oldingi tahrirga qarang. Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitim ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda tuzilgan bo‘lsa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 113—128-moddalari. (94-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda) Manfaatdor shaxs jamiyatga o‘zi yetkazgan zarar miqdorida jamiyat oldida javobgar bo‘ladi. Agar bir necha shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo‘ladi.
X BO‘LIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh 95-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish Oldingi tahrirga qarang. Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish va qayta tuzish tarzida amalga oshiriladi.
(95-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi. Yangi tuzilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, birlashtirish tarzida qayta tashkil etish bundan mustasno.
Jamiyat boshqa jamiyatga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etilganida davlat ro‘yxatga olish organi qo‘shilib yuborilgan jamiyat o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan e’tiboran qo‘shib yuborilgan jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning VI bo‘limi. Qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran jamiyat 30 kundan kechiktirmay o‘z kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni to‘xtatish yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararning o‘rnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabar berish yo‘li bilan talab qilishga haqlidir:
qo‘shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish haqidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzog‘i bilan 30 kun ichida;
bo‘lish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzog‘i bilan 60 kun ichida.
LexUZ sharhi Yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 — 52-moddalarida belgilangan. Agar bo‘linish balansi qayta tashkil etilayotgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar.