Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tugatish va bekor qilish



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#186055
3 mavzu



—58—
V bob.
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR
FAOLIYATINI TUGATISH VA BEKOR QILISH
Xo‘jalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlarini tugatish tushun-
chasi. Xo‘jalik huquqi subyektlarini tugatish asoslari va tartibi. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini o‘z xohishiga ko‘ra tugatish. Xo‘jalik
faoliyatini sud tartibida majburiy tugatish asoslari. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarni bekor qilish asoslari va tartibi.
Xo‘jalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlarini
tugatish tushunchasi
Respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
shakllanishi davrida turli mulk shakllarining mavjudligi xo‘jalik
yuritishning ham har xil ko‘rinishlarini vujudga keltirib, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatiga alohida e’tibor berishni taqozo
etmoqda. Ma’lumki, xo‘jalik yuritish subyektlarining samarasiz
faoliyat yuritishi davlat va jamiyat manfaatlariga sezilarli zarar
keltiradi. Har qanday davlat va jamiyat o‘z hududida faoliyat
ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlarining yaxshi ishlashi tarafdoridir.
Prezident I.A.Karimov «eng avvalo, istiqbolsiz korxona va
tashkilotlarni har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlash-
dek xato yo‘lga barham berish zarur. Zero bu yo‘l bozor talabiga
mutlaqo yot va ziddir... Samarasiz ishlaydigan korxonalar qarz-
dorlik girdobiga faqat o‘zlari g‘arq bo‘libgina qolmay, boshqa korxo-
nalarni ham ortidan tortib ketadi»
1
, deb haq gapni aytgan edi.
Ushbu vaziyatga mamlakatimizda to‘g‘ri baho berilib, qonunda
belgilangan tartib asosida hal qilish uchun maxsus qonun hujjatlari
va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining normalari yuridik shaxslarni tugatishning
fuqarolik-huquqiy tartibga solinishini to‘liq mujassamlashtirgan
asosiy huquqiy hujjat bo‘lsa, shu singari mustaqillikka erishgani-
mizdan buyon qabul qilingan qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini
1
Karimov I.A.
Barqaror taraqqiyotga erishish — ustuvor vazifa. — Ò.:
«O‘zbekiston». 1998. 29-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—59—
tartibga soluvchi qonunlar
1
da esa yuridik shaxsni tugatishda o‘ziga
xos xususiyatlari inobatga olinib huquq normalari belgilangan.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ixtiyoriy va
majburiy tartibda tugatish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida yuridik
shaxslarni 
ikki xil usulda
tugatish mumkinligi belgilangan.
Birinchisi 
ixtiyoriy usul
bo‘lib, u muassislar (ishtirokchilar)
yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs
organining qaroriga muvofiq:
yuridik shaxsning faoliyat yuritish muddatining tugashi;
uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi
munosabati bilan;
yuridik shaxsni tashkil etish chog‘ida qonun hujjatlari buzilishiga
yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib
bo‘lmasa, sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas
deb topganda;
muassislar (ishtirokchilar) yoki yuridik shaxs organi tomo-
nidan tashkilotni tugatish uchun yetarli bo‘lgan boshqa sabablarni
tan olishi bilan tugatiladi.
Ikkinchisi, 
majburiy usulda
tugatiladi:
faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilganda;
qonun bo‘yicha taqiqlab qo‘yilgan faoliyatni amalga oshirgan
yoki qonun yoki huquqiy aktlarni bir necha marta va qo‘pol ravishda
buzganda, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda
sudning qaroriga muvofiq
2
tugatiladi.
Bozor munosabatlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik
chuqurroq kirib borgan sari o‘z faoliyatini samarasiz olib bora-
yotgan yuridik shaxslarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli 6
oy mobaynida (savdo vositachilik korxonasi esa uch oy mobaynida)
1
Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy
hujjatlar to‘plami. —Ò.: «Sharq» 1998. 315-b.

Masalan, bankrotlik holatida, mulk huquqining bekor bo‘lishi (197-
modda), mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (198-modda), mol-mulkni
musodara qilib olib qo‘yish (199-modda), natsionalizatsiya (milliylashtirish)
(202- modda) bo‘lishi, zarar yetkazishning oldini olish maqsadida (986-modda)
amalga oshirilishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—60—
bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan
bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirilmagan (dehqon va
fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) va (yoki) davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida ustav fondi ta’sis
hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda ham
uning tugatilishiga olib kelishi haqidagi norma Fuqarolik kodeksida
mustahkamlab qo‘yildi.
1
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul
qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan
olti oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan
taqdirda korxona tugatiladi va soliq organlarining taqdimnomasiga
binoan, sud qaroriga asosan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda davlat hokimiyati
mahalliy organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
reyestridan chiqariladi. Majburiy usulda yuridik shaxs sud tartibida
yoki maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organi qarori bilan
tugatiladi. Yuridik shaxslar birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari),
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining uyushmaga kirgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatiga raqobatni cheklaydigan
yoxud cheklashi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi.
Ushbu talabni buzish monopoliyaga qarshi davlat organi (o‘z
vakolatlari doirasida hududiy organ)ning da’vosiga binoan yuridik
shaxslar birlashmasi (ittifoqi, uyushmasi)ning, xo‘jalik shirkati va
jamiyatining sud qarori orqali tugatishiga asos bo‘lishi mumkin.
«Yuridik shaxsni tugatish — murakkab va ko‘p vaqt talab qiluvchi
ish»
2
hisoblanadi. Shuning uchun yuridik shaxsni tugatish jarayoni
bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi.
Yuridik shaxs uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis
hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining
qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Odatda, muassislar ham,
ishtirokchilar ham o‘z ixtiyorlari bilan har qanday vaqtda tugatish
1
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. «Xalq
so‘zi», 1999-yil 17-sentabr.

Ãðàæäàíñêîå ïðàâî. Òîì 1: Ó÷åáíèê / Îòâ. påä ïðîô. Ý.A.Ñóõàíîâ. —
2 é èçä., ïåðåðàá, è äîï. — Ì.: Èç-âî «BÅÊ», 1998. Ñ. 203.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—61—
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishlari mumkin. Bu ularga berilgan
huquqdir. Lekin, shu bilan birgalikda tugatish to‘g‘risidagi qaror
qabul qilish ular uchun burchni ham keltirib chiqaradi. O‘zbe-
kiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida sud tartibida tugatish
ikki asosda — umumiy va maxsus asoslarda amalga oshirilishi
nazarda tutiladi.
Umumiy asos barcha turdagi yuridik shaxslarga, maxsus asos
esa alohida turdagi yuridik shaxslarga taalluqlidir. Umumiy asoslarga
ko‘ra o‘z faoliyatini ruxsatnoma (litsenziya)siz amalga oshirayotgan
yoki qonun tomonidan taqiqlangan faoliyat bilan shug‘ul-
lanayotgan yuridik shaxslarga nisbatan yoki Fuqarolik kodeksida
nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq
qo‘llaniladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tugatish asoslari va tartibi
Maxsus asosga ko‘ra tugatiladigan alohida turdagi yuridik
shaxslar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi qonuniga binoan o‘z
huquqiy maqomini olib, maxsus huquq layoqatiga ega bo‘lgan
qishloq xo‘jalik korxonalari kiradi. Odatda, har bir qishloq xo‘jalik
korxonasining huquqiy maqomini o‘ziga xos xususiyatlari inobatga
olinadi. Masalan, fermer xo‘jaligi xo‘jalik faoliyatini davom
ettirish istagida bo‘lgan bironta ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r
qolmagan bo‘lsa:
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz ke-
chilganda;
yer uchastkasining ijaraga berilgan muddati tugaganda va yerdan
foydalanish huquqini tiklashning imkoniyati bo‘lmaganda;
yerdan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanilmaganda,
olingan hosildorlik normativ kadastr bahosidan muttasil (uch
yil maboynida) past bo‘lganda;
yerlarning ekologik holati yomonlashganda;
yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganda; fermer
xo‘jaligi bankrot deb e’lon qilinganda; ijara haqi belgilangan
muddatlarda muttasil to‘lanmay kelinganda; fermer xo‘jaligi
yer olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida xo‘jalik ishlab
chiqarish faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa;
www.ziyouz.com kutubxonasi


—62—
fermer xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari
bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda
buzilganda;
shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan yerni ijaraga
olish shartnomasi bekor qilingan hollarda tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»

gi
Qonunida 11 ta asosda fermer xo‘jaligining faoliyati to‘xtatilsa,
dehqon xo‘jaligi faoliyatini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) asoslari
6 ta qilib ko‘rsatilgan.
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi
2
O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 27-moddasiga binoan, dehqon xo‘jaligi quyidagi
hollarda: xo‘jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta
ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa;
tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod
egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
tomorqa yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib
qo‘yilganda; belgilangan soliqlar muttasil to‘lanmaganda;
agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa,
yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan bir yil mobaynida
foydalanishga kirishmagan taqdirda;
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjat-
lari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilganda
tugatiladi.
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga
kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik
shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga
oshirilishini inobatga olgan holda, agar yuridik shaxs tashkil etib,
faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, uning faoliyati tugatiladi. Yuridik
shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotganda esa dehqon xo‘jalik-
larining faoliyati to‘xtatiladi. Yuqoridagilarga ko‘ra, bozor sharoitida
yuridik shaxslarning faoliyatini to‘xtatish va tugatish shartlari va
usullari har xildir.
1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1998-yil, 5,
6-son, 86-modda.
2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1998-yil,
5-son, 88-modda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—63—
Òadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida mas’uliyati cheklangan
va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar fuqarolik huquqiy maqomiga
ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul
qilingan «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli
jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunda jamiyatning tashkil etilishi, faoliyat
olib borishi va tugatilishi to‘g‘risidagi qoidalar belgilangan. Jamiyat
ushbu qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda
qonunlarda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin.
Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra sudning
qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin. Jamiyatni tugatish uning
huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga
o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab bo‘ladi. Jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda
tugatish hamda tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risidagi qarori
jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki ishtirok-
chisining taklifiga binoan qabul qilinadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yig‘ilishi jamiyatni tugatish va yuridik shaxslarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishgan holda tugatish
komissiyasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Òugatish
komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini
boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi. Òugatish
komissiyasi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni
tugatishda tugatish komissiyasining tarkibiga davlat mulkini
boshqaruvchi organning vakili kiritiladi. Mazkur talab bajarilmagan
taqdirda, jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ tugatish
komissiyasi tayinlanishiga rozilik berishga haqli emas.
Yuridik shaxsning tugatilishini oshkoralikda amalga oshirish
tugatish jarayonini huquqiy jihatdan aniq va kamchiliklarsiz
yakunlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respub-
likasi Fuqarolik kodeksining 54-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxsni
tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilgan uning muassislari va
ishtirokchilari yoki vakolat berilgan organ bu haqda yuridik
shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yozma tartibda
xabar berishlari lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ mana
shu xabarga asosan yuridik shaxs tugatilish jarayonida ekanligi
haqidagi ma’lumotlarni yagona davlat reyestriga kiritadi. Ma’lu-
motlar kiritilgandan so‘ng yuridik shaxsning firma nomiga albatta
«tugatilishda» degan so‘z qo‘shib qo‘yiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—64—
Bundan tashqari, bu haqda soliq organlarini ham xabardor
qilib qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Chunki har qanday xo‘jalik
yurituvchi subyekt tashkil etilgan paytda soliq to‘lovchi sifatida
davlat soliq organlarida ro‘yxatga olinadi. Soliq kodeksining 41-
moddasida yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq
to‘lovchidan kamroq bo‘lgan davr uchun hisobotlar, xabarnoma
topshirish yo‘li bilan talab qilishi mumkin bo‘lib, xabarnomada
buning sababi va hisobotlar taqdim etilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul
qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) besh kunlik
muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi.
Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilingandan so‘ng
soliq to‘lovchi o‘n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq
bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Daromad (foyda)
solig‘i bo‘yicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida
belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi. Shuningdek, korxona
tugatilganda soliqqa tortish masalalari ma’lum idoraviy yo‘riqnoma
asosida hal etilishi mumkin.
1
Shu bilan birga, yuridik shaxsning
tugatilishi to‘g‘risida pensiya fondlari hamda sug‘urta jamg‘armalarini
ogohlantirib, o‘zlarining hisob raqamlarini yopish choralarini
ko‘rishi lozim.
Òugatishda mazkur yuridik shaxs faoliyati to‘liq bekor qilinib,
uning ishi to‘xtatiladi va mol-mulki tugatiladi. Bunday holatda
tugatish komissiyasi tuziladi. Hozirgi vaqtda tugatish tadbirlarini
amalga oshirish maqsadida tugatish komissiyasi tuzilishi yoki
shunday harakatlarni bajaruvchi tugatuvchi tayinlanishi o‘zining
qonuniy asosiga ega. Bu xatti-harakatlar tugatish to‘g‘risidagi qaror
qabul qilgan shaxslar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi
organ bilan kelishilgan holda hal qilinadi. Davlat korxonalarini
tugatishda tugatish komissiyasi tarkibini iqtisodiy nochorlik bo‘yicha
boshqarma, O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralari
vakillari, mahalliy ijroiya organlari mutaxassislari va boshqalar
tashkil qilishi mumkin. Shunday qilib, qoidaga ko‘ra, amaliyotda
tugatish komissiyasi tarkibiga muassislar (ishtirokchilar) tuga-
tilayotgan tashkilot ma’muriyati vakillari kiradi.
Shuningdek, ular tugatish komissiyasi yoki tugatuvchining
asosiy vazifalarini aniqlashtirish bilan bir vaqtda O‘zbekiston
1
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi
tomonidan belgilangan «Yuridik shaxslar daromadi (foydasi) soliqni hisoblash
va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi 2002-yil 14-yanvarda qabul qilingan 1109-
sonli Yo‘riqnoma.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—65—
Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tugatish tartibini hamda
muddatini belgilab oladilar. Òugatish komissiyasi matbuot
organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlari
tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar
e’lon qiladi. Kodeksning 55-moddasiga muvofiq bu muddat tugatish
haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab «ikki oydan kam
bo‘lishi mumkin emas». Undan oldin qabul qilingan qonun
hujjatlarida esa bu muddat ikki oygacha deb ko‘rsatilar edi. Lekin,
amaliyotda bir oy ko‘rsatilib e’lon qilinar edi. «Ikki oydan kam
bo‘lishi mumkin emas» deb ko‘rsatilgan Kodeksda o‘rnatilgan
imperativ norma kreditorlarning huquqlarini himoya qilish uchun
tegishli kafolat yaratishga qaratilgan.
Òugatish komissiyasi tasdiqlangan kundan boshlab yuridik
shaxsning ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlari uning ixtiyoriga
o‘tadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur komissiya
tugatuvchi mustaqil huquq subyekti bo‘lib hisoblanmaydi. U faqat
tugatish jarayonida kreditorlar, qarzdorlar, davlat hokimiyati
organlari va boshqa shaxslar bilan munosabatga kirishib, tugatila-
yotgan yuridik shaxs nomidan harakat qiladi.
Òugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda
ishtirok etadi. Òugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs
hisobvaraqlari ochilgan bankka tugatish komissiyasining ruxsatisiz
hisobdan foydalanmaslik to‘g‘risida ariza yuboradi. Mana shu arizaga
ko‘ra bank tugatilayotgan korxona hisobi bo‘yicha keyinchalik
yuborilayotgan ijro va boshqa hujjatlarni qabul qilishni to‘xtatadi.
Òugatish komissiyasi barcha kreditorlarni aniqlash va debitorlik
qarzlarini undirish, shuningdek, yuridik shaxs tugatilayotganligi
haqida kreditorlarni yozma xabardor qilish choralarini ko‘rish lo-
zim. Debitorlik qarzlarini undirish maqsadida qarzdorlarga talab
qo‘yishlari zarur. Agar qarzlarni qaytarish rad qilinsa tegishli da’vo
bilan sudga murojaat etish kerak. O‘zbekiston Respublikasi
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 21-moddasiga mu-
vofiq yuridik shaxs tugatilayotgan taqdirda moliyaviy hisobot tuziladi.
1
Agarda, yuridik shaxs sud tartibida tugatilayotgan bo‘lsa, sud uning
muassislari va ishtirokchilari yoki vakolatli organga o‘z burchlarini
to‘g‘ri bajarish mas’uliyatini yuklaydi. Ularning burchlari tugatishni
sud qarorida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirishi lozim.
Lekin, sud qarori to‘g‘ri va lozim darajada bajarilmagan bo‘lsa, sud
1
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 1996-yil 3-avgustda qabul qilingan Qonun.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1996-yil, 9-son, 142-modda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—66—
tugatish komissiyasini tuzadi yoki tugatuvchini tayinlab, unga
tugatishni amalga oshirish vazifalarini yuklaydi. Masalan, yetkazilgan
zarar zarar yetkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan
foydalanish yoki boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bo‘lsa,
sud javobgarga zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni to‘xtatib
turish yoki tugatish majburiyatini yuklashga haqli (Fuqarolik kodeksi
986-moddasining 2-qismi). Bu chora-tadbirlar tugatish jarayonining
boshlang‘ich, 
birinchi bosqichini 
tashkil etadi.
Òugatish jarayonining avvalida tugatish komissiyasi (tugatuvchi)
yuridik shaxsning barcha kreditorlarini aniqlash ishlarini olib boradi.
Uning asosiy mazmunini kreditorlarning mavjud talablarini
aniqlash va ularni qondirish tashkil etadi. Buning uchun yuridik
shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs
muassislari (ishtirokchilari) yoki vakolatli organ bu haqda yuridik
shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga darhol yozma
xabar berishi lozim. Shuningdek, yuridik shaxs o‘zining tugatilayot-
ganligi haqida matbuot organlari orqali e’lon qilib, unda kreditorlari
tomonidan talablarini bayon qilish tartibi va muddatini belgilab
qo‘yadi. Bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan
boshlab ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas. Yuqorida aytib
o‘tilgan tadbirlar ham, avvalo, kreditorlar manfaatlarining himoya-
siga qaratilgan. Chunki yuridik shaxs tugatilgach, qolgan mol-mulk
uning ta’sischilari va a’zolari o‘rtasida taqsimlanib, ularning xususiy
mulkiga aylanishi mumkin.
Kreditorlar talablarini qanoatlantirish tugatishning muhim bir
bosqichlaridan hisoblanadi. Shuning uchun, Fuqarolik kodeksining
55-moddasida tugatish komissiyasining vazifasi sifatida 
ikkinchi
bosqichda
kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish
choralarini ko‘rish, shuningdek, kreditorlarni yuridik shaxsning
tugatilishi haqida yozma xabardor qilishi kerakligi mustahkamlangan.
Amaliyotda qarzdorning majburiyatini bajarish muddati
boshlanmagan bo‘lsa, ular o‘rtasida muammo paydo bo‘lishi
mumkin. Mazkur holatda tugatiluvchi yuridik shaxs o‘zining
tugatilayotganligini asos qilgan holda, qarzdorlaridan o‘z
majburiyatlarini bajarishlarini talab qilishga haqli emas. Ular bu
majburiyatni tugatish muddatini belgilash chog‘ida hisobga olishlari
kerak. Mavjud vaziyatdan qutulishning birdan bir yo‘li tugatiluvchi
yuridik shaxs qarzdori bilan kelishuvga erishib, unga nisbatan
qo‘yiluvchi talabni boshqa shaxs hisobiga bajarishi haqida kelishuvga
erishish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—67—
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan
muddat tamom bo‘lganidan keyin yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida
qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari va ishtirokchilari hamda
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda, tugatish
komissiyasi oraliq tugatish balansini tuzadi. Balansda tugatilayotgan
yuridik shaxs mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar
ro‘yxati, shuningdek, ularni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar qayd etiladi.
Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror
qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ
tomonidan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ
bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi
organ balansning to‘g‘riligini, asoslantirilganligini nazorat qilishi
zarur. Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari)
ixtiyoridagi pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish
uchun yetarli bo‘lmasa, tugatish komissiyasi yuridik shaxsning
mol-mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish
uchun belgilangan tartibda sotadi va qarzlarini to‘lash uchun
ishlatadi. Ya’ni qarzlarni to‘lash bo‘yicha kreditorlar talablari endi
mazkur yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Bu
tugatish jarayonining 
uchinchi bosqichiga 
xos xususiyatdir.
Agarda, oraliq balansini belgilash chog‘ida tugatiluvchi
korxonaning mol-mulki yetarli emasligi aniqlansa, bunday yuridik
shaxs faqat bankrotlik yo‘li bilan tugatiladi. Bankrotlik chora-
tadbirlari majmuasi barcha tijorat va notijorat tashkilotlari uchun
tatbiq etilishi mumkin. Òugatish jarayoni olib borilayotgan vaqtda
ham, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi tomonidan yuridik
shaxsning nochorligi (bankrotligi) aniqlansa, unga nisbatan bankrot
bo‘lganlikka doir ish yuritishni qo‘zg‘atishga asos bo‘ladi. Uning
tugatilish jarayonida ekanligi ish yuritishni qo‘zg‘atishga to‘sqinlik
qila olmaydi. Bankrotlikka uchragan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni
tugatish tartibi va xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-
yil 24-aprelda qabul qilingan «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonuni
bilan belgilanadi. Ushbu qonunning 4-moddasiga ko‘ra qarzdorning
pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va
(yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga
qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar
majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida
qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alo-
matlari, deb e’tirof etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—68—
Keyingi, 
to‘rtinchi bosqichda
tugatish komissiyasi oraliq tugatish
balansiga binoan to‘lovlarni tayyorlaydi. Kreditorlarning talablarini
qondirish navbati Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan
bo‘lib, birinchi navbatda, fuqarolarning mehnatga oid huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan talablari qondiriladi. Mazkur
qoidani belgilashda mamlakatimizda fuqarolar mehnatini muhofaza
qilish va Mehnat kodeksi normalari inobatga olingan.
1
Ikkinchi navbatda, alimentlarni undirishdan va mualliflik
shartnomalari bo‘yicha mualliflik haqi to‘lash haqidagi talablar,
uchinchi navbatda esa tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo‘lgan
fuqarolarning hayotiga va sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun
berilgan talablari tegishli vaqtbay to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li
bilan qanoatlantiriladi. Mana shunday hayot va sog‘liqqa yetkazilgan
zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik
shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to‘lovlar ularni qonun hujjatlarida
belgilangan qoidalarga ko‘ra jabrlanuvchiga to‘lash uchun kapital-
lashtirilishi lozim.
Òugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yo‘qligi yoki yetarli
emasligi sababli to‘lovlarni kapitallashtirish mumkin bo‘lmagan
hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan
qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi (Fuqarolik kodeksining
1015-moddasi). Har bir navbatdagi talab-moddasi oldingi
navbatdagi talablar qanoatlantirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda qanoatlantiriladi (Fuqarolik kodeksining 56-
moddasi). Yuqorida qayd etilgan fuqarolarning talablari to‘liq qon-
dirilgandan keyin, qolgan mol-mulk quyidagi tartibda taqsimlanadi:
birinchidan, shu mol-mulk qiymatidan sud qarorida kimning
talabi birinchi bo‘lib qondirilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, shu kreditor-
larning qarzlari to‘lanadi;
ikkinchidan, qolgan mol-mulk qiymatidan talabnoma taqdim
etish muddati o‘tib ketgandan so‘ng, berilgan talablar qondi-
rilishi mumkin.
1
Chunonchi, Germaniya fuqarolik qonunchiligida ham yuridik shaxs
tugatilayotganda, birinchi navbatda, fuqarolarning mehnatga oid munosabat-
laridan kelib chiqadigan talablari qondiriladi. So‘ngra soliq huqiqiy munosa-
batlardan kelib chiqadigan talablar qondiriladi. Ãåðìàíñêîå ïðàâî. ×àñò II.
Ãåðìàíñêîå òîðãîâîå óëîæåíèå è äðóãèå çàêîíû. —M.: 1996. ñ. 389.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—69—
Barcha kreditorlar bilan hisob-kitob ishlari nihoyasiga yetkazilgandan
so‘ng, 
tugatishning yakunlovchi bosqichi
boshlanadi.
Òugatish komissiyasi muassislar va ishtirokchilar bilan kelishib,
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan
tugatish balansini tuzadi.
1
Yuridik shaxsning kreditorlari talablari
qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk uning shu mol-mulkka
ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majbu-
riy huquqlarga ega bo‘lgan muassislariga va ishtirokchilariga topshi-
riladi. Shundan so‘ng yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv
yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilib, yuridik
shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning maxsus huquq
layoqati esa tugagan hisoblanadi.
Mazkur yuridik shaxsni tugatish bosqichlari bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq, biri ikkinchisini to‘ldirib boradi. Birontasining
to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor berilmasa, tugatish jarayonining aniq
va izchil amalga oshirilishiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlar to‘liq topshirilgan
taqdirdagina yuridik shaxs yagona davlat reyestridan o‘chirilishi kerak:
tugatish komissiyasining yuridik shaxsni davlat reyestridan chiqarish haqidagi
arizasi;
muassislar umumiy yig‘ilishi bayonnomasi bilan birga yuridik shaxsni tugatish
va tugatish komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi matbuotda e’lon berilgan nashr;
tasdiqlangan tugatish balansi;
soliq organlari va pensiya, aholini ish bilan ta’minlash fondlari hisobidan
chiqilganlik haqida ma’lumot;
qonunda belgilangan tartibda auditor xulosasi;
banklardan hisobvaraqalarini yopilganligi haqida ma’lumotnoma;
Statistika idorasidan klassifikatsion kodni bekor qilish haqidagi xat;
kreditorlar bilan hisoblashgandan so‘ng, qolgan mol-mulkini ishtirokchilar
o‘rtasida taqsimlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma;
Ichki ishlar bo‘limidan yuridik shaxs muhri va shtampini yo‘q qilishga
topshirilganligi haqida ma’lumotnoma.
Nazorat savollari
1. Xo‘jalik huquqi subyektlari qanday asoslar bo‘yicha tugatilishi mum-
kin?
2. Xo‘jalik huquqi subyektlarini ixtiyoriy tugatish tartibini tushuntiring.
3. Xo‘jalik faoliyatini majburiy tugatish asoslarini sanab bering.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bekor qilish deganda nimani
tushunasiz.
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


—70—
VI bob.
BANKROTLIK
Bankrotlik tushunchasi. Majburiy to‘lovlarni to‘lashga qodirsizlik
tushunchasi. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik. Bankrotlikka oid
sud jarayoni. Sanatsiya tushunchasi. Òashqi boshqaruv va kuzatuv
tushunchasi hamda uni qo‘llash tartibi. Yakka tartibdagi tadbirkor
bankrotligi tushunchasi.
Bankrotlik qonunchiligi va tushunchasi
Bankrotlik instituti xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi
munosabatlar amaliyoti va huquqiy tartibga solish tizimida nisba-
tan yangi institutdir. O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik
to‘g‘risida»gi Qonuni birinchi marta 1994-yil 5-mayda qabul qi-
lingan. Ushbu qonunning yangi tahriri Oliy Majlis tomonidan
1998-yil 28-avgustda qabul qilingan va shu yil 1-noyabrdan kuchga
kirgan. Bundan tashqari, 1999-yil 20-avgustda Oliy Majlisning
navbatdagi sessiyasida ushbu qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritildi. Hozirgi paytda 2003-yil 24-aprelda yangi tahrirda qabul
qilingan mazkur qonun qo‘llanilmoqda.
«Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunning bir yo‘sinda qo‘llanili-
shini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘-
jalik sudi Plenumi tomonidan 1999-yil 16-iyulda «O‘zbekiston
Respublikasi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunini xo‘jalik sudlari
tomonidan qo‘llashning ba’zi bir masalalari to‘g‘risida»gi 78-sonli
qaror qabul qilindi. Shuningdek, vakolatli davlat organlari tomo-
nidan bu borada o‘nga yaqin normativ hujjatlar ham qabul qilinib,
tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘y-
xatdan o‘tkazilgan.
Yangi tahrirdagi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonun 1994-yildagi
va 1998-yildagi qonunlardan sezilarli darajada o‘ziga xos qo‘shimcha
va o‘zgartirishlar bilan farqlanadi. Amaldagi qonun 192 ta moddadan
iborat, 1998-yildagi qonun 133 ta moddadan tashkil topgan bo‘lsa,
eski tahrirdagisida esa atigi 35 ta moddadan iborat edi. Bankrotlikning
asosiy belgilari o‘zgardi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbir-
www.ziyouz.com kutubxonasi


—71—
korlarning nochorligi tushunchalari bir-biridan farqlandi. Mazkur
o‘zgartirishlarni iqtisodiyotda ro‘y berayotgan islohotlar taqozo
etmoqda. Shuning uchun bankrotlik instituti bozor iqtisodiyotiga
o‘tayotgan har qanday mamlakatning davlat huquqiy tuzilishining
uzviy bo‘g‘ini ekanligi tabiiydir.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini
qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini
bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov
majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida
qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uni bankrotlik alomati,
deb e’tirof etiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan
taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng
kam ish haqining besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor
yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqining kamida
o‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, xo‘jalik sudi tomonidan
qo‘zg‘atilishi mumkin.
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan qarzdor,
kreditor va prokuror pul majburiyatlari bajarilmagan hollarda
murojaat etish huquqiga ega. Majburiy to‘lovlar majburiyati
bajarilmaganligi natijasida esa ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish
huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa
vakolatli organlar ega.
Qarzdorda bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lsa, o‘zini bankrot
deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etishga
haqli. Shuningdek, qarzdor, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi
xo‘jalik sudiga ariza berishga majbur bo‘lgan hollar mavjuddir. Unga
ko‘ra, qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor bir
yoki bir necha kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning
boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy
to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishini imkonsiz
qilib qo‘yishga olib keladigan; qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq
qarzdorni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan
qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan
xo‘jalik sudiga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan; qarzdor
unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan
qarzdorning arizasi bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan, undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda
www.ziyouz.com kutubxonasi


—72—
bunday undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib
qo‘yadi, deb hisoblashga asos bo‘lgan holatlar shular jumlasiga kiradi.
Òugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs tugatilayot-
ganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirish imkon-
sizligini aniqlaganda, qarzdorning arizasi bilan xo‘jalik sudiga
murojaat etishi shart.
Ariza yuqorida qayd etilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan
e’tiboran bir oydan kechiktirilmay xo‘jalik sudiga yuborilishi kerak.
Ariza ushbu muddatda taqdim etilmaganda, muddat tugaganidan
keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majbu-
riyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining,
tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar
javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Bankrotlik taomili qo‘llanilayotganda barcha kreditorlarning
manfaatlarini qonunga muvofiq tashkil etiladigan kreditorlarning
yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi hal qiladi va qarzdorga nisbatan
sodir etiladigan harakatlarning hammasini amalga oshiradi.
Òashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar
xo‘jalik sudlari tomonidan Xo‘jalik protsessual kodeksida nazarda
tutilgan qoidalar bo‘yicha va bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda
belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ko‘riladi.
Sud boshqaruvchisi huquq va majburiyatlari doirasida faoliyat
yuritishi lozim bo‘ladi. U tomonidan zimmasiga qonun bilan
yuklangan vazifalarning qarzdorga yoki kreditorga zarar yetkazilishiga
olib kelgan tarzda bajarganda yoki lozim darajada bajarmaganda
vazifasidan ozod etishga asos bo‘ladi. Bunda qarzdor, kreditorlar
yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va bankrotlik
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi bankrotlik sohasini davlat
tomonidan tartibga solib borilishini ta’minlaydi. Shu bilan bir
qatorda, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Òoshkent shahar
hududiy boshqarmalari o‘zlarining vakolatlari doirasida bu boradagi
faoliyatni tartibga soladilar.
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, kelishuv bitimi, tashqi boshqaruv va
tugatishga doir ish yuritish yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi
ish ko‘rilayotganda amalga oshiriladigan taomillar hisoblanadi. Yakka
tartibdagi tadbirkorning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda
www.ziyouz.com kutubxonasi


—73—
esa faqatgina kelishuv bitimi va tugatishga doir ish yuritish kabi
taomillar qo‘llaniladi. Sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni
ixtiyoriy ravishda tugatish suddan tashqari bajariladigan taomillar
jumlasiga kiradi.
Sudgacha sanatsiya qilish
qarzdorning bankrotligi to‘g‘risidagi
ish yuritish qo‘zg‘atilgunga qadar amalga oshiriladi hamda
qarzdorning to‘lov qobiliyatini, iqtisodiy jihatdan qodirligini
tiklash hamda kelgusida samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit
yaratilib berilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari,
boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulkining egasi bankrot deb
topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga taqdim etilgunga qadar
qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ko‘radi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan
kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko‘rilishi mumkin.
Bunday chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman
sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab
qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini
davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;
qarzdorning faoliyatini davom ettirishi uchun qarzdor bilan
kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini
kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan
siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
majburiy to‘lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qayta-
rishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan
holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga
oshiriladi va u o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha joriy etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—74—
Sanatsiya
Sanatsiya — «sog‘lomlashtirish» degan ma’noni anglatadi.
Iqtisodiy nochor avholda qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektni davlat
tomonidan mablag‘ ajratgan holda unga korxonani qayta oldingi
holatiga qaytarish tushuniladi.
Sud sanatsiyasi
— xo‘jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik
shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar
oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish
vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda
qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirok-
chilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek, uchinchi
shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma
bilan kreditorlar yig‘ilishiga yoki bevosita xo‘jalik sudiga murojaat
qilishga haqli.
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosno-
masiga sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni
uzish jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi
ilova qilinmog‘i lozim.
Xo‘jalik sudi tomonidan sud sanatsiyasi joriy etish to‘g‘risida
ajrim chiqariladi. Unda sud sanatsiyasining muddati, sud tomonidan
tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish
ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori
va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga
to‘lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Mazkur ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi ham mumkin.
Sud sanatsiyasi ko‘pi bilan yigirma to‘rt oylik muddatga joriy
etiladi, bu muddat majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan
shaxslar kreditorlarning talablarini qondirish uchun xo‘jalik sudi
tomonidan ko‘pi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasini joriy etish qonunda belgilangan quyidagi
oqibatlarga olib keladi:
kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari qabul
qilingan choralar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning
o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini
boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy
etilishi mumkin;
www.ziyouz.com kutubxonasi


—75—
sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va
majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik uchun neustoyka va boshqa iqtisodiy
sanksiyalar, to‘lanishi lozim bo‘ladigan foizlar qo‘llanilmaydi.
Sud sanatsiyasi joriy etilganda kuzatuvdagi singari qarzdor va
uning boshqaruv organlari qonunda belgilangan ayrim bitimlarni
tuzishga va boshqa harakatlarni qilishga haqli emas.
Sud sanatsiyasi joriy qilinganda xo‘jalik sudi tomonidan sanatsiya
qiluvchi boshqaruvchi tayinlanadi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruv-
chining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan.
Sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanishi yoki tugati-
lishi mumkin. Ular bir-biridan farq qiladi. Kreditorlarning qarzni
uzish jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasining
belgilangan muddati o‘tishidan oldin qarzdor tomonidan
qanoatlantirilganda qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi muddatidan
ilgari tamomlanganligi haqida xo‘jalik sudiga hisobot taqdim etadi.
Xo‘jalik sudi mazkur hisobotni va kreditorlarning shikoyatlarini
ko‘rib chiqib, agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan,
kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan bo‘lsa, qarzdor
rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish
yuritishni to‘xtatadi. Agar uzilmagan qarz borligini aniqlagan va
kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, qarzdor
rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda bular haqida
shikoyat (protest) qilinishi mumkin bo‘lgan ajrim chiqaradi.
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish uchun esa
quyidagilar asos bo‘ladi:
kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni uzish jadvalida
belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor
tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir
oydan ortiq muddatga) buzilganligi;
qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarishga qodir emasligidan
dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.
Xo‘jalik sudiga sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatib, tashqi
boshqaruvni joriy etish yoki qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan
kreditorlar yig‘ilishiga murojaat qilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi, shuningdek, belgilangan muddat tugashi
munosabati bilan ham tamomlanadi. Sud sanatsiyasining
www.ziyouz.com kutubxonasi


—76—
tamomlanishi to‘g‘risidagi masala sud majlisida ko‘rib chiqiladi va
bu haqda xo‘jalik sudining tegishli sud hujjati qabul qilinadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda majburiyatlarning ta’minot
bergan shaxslar tomonidan bajarilishi, ta’minotdan kelib
chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari to‘g‘risidagi hisobot
hamda ta’minot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi
oqibatlari ham batafsil yoritilgan.
Òashqi boshqaruv va kuzatuv institutini qo‘llash tartibi
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonu-
niga kuzatuv va sud sanatsiyasi kabi yangi institutlar alohida boblarda
kiritilgan.
Kuzatuv 
institutining joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad kre-
ditorlar manfaatlarini himoya qilish, qarzdor mol-mulkini talon-
taroj qilinishining oldini olish va qonunda belgilangan vakolatlarni
amalga oshirishdan iborat. Kuzatuv bankrotlik to‘g‘risidagi ish
qo‘zg‘atilganda xo‘jalik sudi qarzdorni bankrot deb topish
to‘g‘risidagi arizani ish yuritishiga qabul qilingan sanadan e’tiboran
joriy etiladi va bu haqda sud ajrimida ko‘rsatiladi.
Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab mulkiy undiruvlar
bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish qonunda belgilangan tartibda
to‘xtatib turiladi; qarzdor yuridik shaxsning muassis (ishtirokchi)lari
uning tarkibidan chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-
mulkidan ulush (pay)ni ajratish haqidagi talablarini qondirish va
emissiya qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa to‘lovlar
to‘lash taqiqlanadi; muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yo‘li
bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatishga, basharti bunda
kreditorlarning talablarini qondirish navbati buzilsa, yo‘l qo‘yil-
maydi.
Kuzatuv joriy etilganda qarzdor boshqaruv organlarining
qonunda belgilangan ayrim vakolatlari cheklanadi. Masalan,
qarzdorning boshqaruv organlari ko‘chmas mol-mulkni ijaraga,
garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf
etish va qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans
qiymatining o‘n foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadigan mol-mulkini
tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlarni, zayomlar (kreditlar) olish
www.ziyouz.com kutubxonasi


—77—
va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish
huquqlaridan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa
shaxsga o‘tkazish, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini ishonchli
boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bitimlarni faqat
muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishlari
mumkin. Shuningdek, ular qarzdorni qayta tashkil etish va tugatish,
yuridik shaxsni tuzish yoki boshqa yuridik shaxsning ishtiroki,
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, dividendlar to‘lash
yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassislari (ishtirok-
chilari) o‘rtasida taqsimlash, qarzdor tomonidan obligatsiyalar va
boshqa emissiya qog‘ozlarini (aksiyalardan tashqari) joylashtirish, ilgari
chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotib olish to‘g‘risidagi
qarorlarni qabul qilishga haqli emas.
Kuzatuv joriy etilishi munosabati bilan xo‘jalik sudining ajrimi
bilan muvaqqat boshqaruvchi tayinlanadi. Uning huquq va
majburiyatlari qonunda aniq belgilab qo‘yilgan. Jumladan, muvaqqat
boshqaruvchi qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash
choralarini ko‘rishi, uning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi, kredi-
torlarni aniqlashi, kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi,
qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilgani haqida kreditorlarni
xabardor qilishi, kreditorlarning birinchi yig‘ilishini chaqirishi va
o‘tkazishi shart.
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi vakolatiga quyidagi qarorlarni
qabul qilish kiradi:
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, yoxud
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni
boshlash haqida iltimosnoma bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilish;
kreditorlar qo‘mitasining miqdoriy tarkibi, uning a’zolarini
saylash;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining
yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini ma’qullash
to‘g‘risidagi qarorlar.
Xo‘jalik sudi tomonidan qarzdor bankrot deb topilganda va
tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi, yoxud
tashqi boshqaruv joriy etilgan, yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan
paytdan e’tiboran kuzatuv tugatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—78—
Òashqi boshqaruv 
— xo‘jalik sudi tomonidan yuridik shaxsga
nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning
ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan
holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat
ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar
bo‘yicha davlat organining arizasi asosida qarzdorning to‘lov
qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyatlari aniqlangan hollarda
xo‘jalik sudi tomonidan 
o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha
bo‘lgan
muddatga joriy etildi.
Òashqi boshqaruv joriy etish taomilining o‘ziga xos xususiyati
shundan iboratki, shu paytdan boshlab qarzdorning rahbari o‘z
vazifalarini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini
boshqarish tashqi boshqaruvchining zimmasiga yuklatiladi,
qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Kreditor-
larning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari ko‘rilgan chora-
tadbirlar bekor qilinadi, qarzdorning mol-mulkini xatlash va
qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish
borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik
taomili doirasida qo‘llaniladi, qarzdorning pul majburiyatlari va
(yoki) majburiy to‘lovlar yuzasidan kreditorlar talablarining
qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy qilinadi.
Òashqi boshqaruvchi xo‘jalik sudi tomonidan tashqi boshqaruvni
joriy etish bilan bir paytda tayinlanadi va bu to‘g‘risida ajrim
chiqariladi. Buning imkoni bo‘lmasa, xo‘jalik sudi tashqi boshqa-
ruvchini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran bir oylik
muddat ichida tayinlaydi. Òashqi boshqaruvchi tayinlanganidan bir
oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib,
tasdiqlash uchun kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etadi.
Xo‘jalik sudi kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv rejasini
tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinib, unda belgilangan tashqi
boshqaruv muddati dastlabki muddatdan ortiq bo‘lganda, agar
tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning
tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdor to‘lov qobiliyatining
tiklanishiga olib kelishiga yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda tashqi
boshqaruv muddatini uzaytirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Òashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash
yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


—79—
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
debitorlik qarzlarini undirish;
qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish;
uchinchi shaxslarning qarzdorning majburiyatlarini bajarishi;
qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish;
qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida
sotish;
qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish.
Òashqi boshqaruvchining kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ko‘rib
chiqilgan hisoboti va kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan keyin besh kundan kechik-
tirilmasdan xo‘jalik sudiga yuboriladi. Hisobot va bu yuzasidan
kreditorlarning shikoyatlari xo‘jalik sudi tomonidan majlisda ko‘rib
chiqiladi.
Xo‘jalik sudi kreditorlar yig‘ilishining qarzdorni bankrot deb
topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi
iltimosnomasi bo‘lganda, shuningdek, tashqi boshqaruvchining
hisobotini tasdiqlash rad etilganda yoki hisobot tashqi boshqa-
ruvning belgilangan muddati tugagan paytdan e’tiboran bir oylik
muddat ichida taqdim etilmaganda yoxud hisobotni ko‘rib chiqish
natijalari yuzasidan sud tomonidan biror-bir qaror qabul
qilinmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir
ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu qarorda,
shuningdek, tashqi boshqaruvchini tayinlagan tartibda tugatish
boshqaruvchisini tayinlaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining
xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonu-
niga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining asosiy belgisi
bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, yakka tartibdagi
tadbirkorga nisbatan jami talablar eng kam ish haqining o‘ttiz
karrasini tashkil etishi va ushbu majburiyat vaqti kelgandan keyin
3 oy muddat ichida amalga oshirilmaganligidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—80—
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish
to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga qarzdor, yakka tartibdagi tadbirkor,
kreditor, prokuror, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari va
boshqa vakolatli organlar tomonidan berilishi mumkin.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish
to‘g‘risida ariza berish huquqiga kreditorlar ham ega, hayoti yoki
sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi,
alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablar, shuningdek, shaxsiy
xususiyatdagi boshqa talablar qo‘yadigan kreditorlar bundan
mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish taomili
amalga oshirilayotgan paytda hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan
zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi
talablarni, shuningdek, shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablarni
qo‘yayotgan kreditorlar o‘z talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur
kreditorlarning talablari, agar ular bankrotlik taomili qo‘llanilayot-
ganda bildirilmagan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor-
ning bankrotligi taomili tugaganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab
qoladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrot deb topish
to‘g‘risidagi arizasiga qarzlarni to‘lash rejasi ilova qilinishi mumkin,
rejaning nusxalari kreditorlarga va ishda ishtirok etayotgan boshqa
shaxslarga jo‘natiladi.
Kreditorlarning e’tirozi bo‘lmasa, xo‘jalik sudi qarzlarni uzish
rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa bankrotlik to‘g‘risidagi ish
yuritilishini uzog‘i bilan ikki oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib
turish uchun asos bo‘ladi.
Qarzlarni uzish rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
rejani amalga oshirish muddati;
qarzdor yoki uning oila a’zolariga iste’moli uchun har oyda
qoldiriladigan summa miqdori;
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun har oyda
yuborish mo‘ljallanayotgan summa miqdori.
Xo‘jalik sudi bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan
shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzlarni
to‘lash rejasini o‘zgartirishi, shu jumladan, uni amalga oshirish
muddatini uzaytirishi yoki qisqartirishga, qarzdor yoki uning oila
www.ziyouz.com kutubxonasi


—81—
a’zolari iste’moli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdorini
ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqlidir.
Agar, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qarzlarni uzish rejasini
bajarishi natijasida kreditorlarning talablari to‘la hajmda qanoat-
lantirilgan bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatilishi
kerak.
Qarzdor bankrot deb topilgan taqdirda tugatishga doir ish
yuritish boshlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tugatish
massasiga qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin
bo‘lmagan mol-mulklar kiritilmaydi. Xo‘jalik sudi qarzdorning
hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa
shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan yakka tartibdagi
tadbirkorning qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish
mumkin bo‘lgan, nolikvid mol-mulklarni yoki realizatsiya qilingan-
da tushgan daromad kreditorlarning talablarini qondirishga mohi-
yatan ta’sir etmaydigan mol-mulkini tugatish massasidan chiqa-
rishga haqli. Yakka tartibdagi tadbirkorning tugatish massasidan
chiqariladigan mol-mulkining umumiy qiymati eng kam ish
haqining ellik baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday mol-
mulkning ro‘yxati xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlanib, bu haqda
ajrim chiqariladi.
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga
berilganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z mol-mulkini
tasarrufidan chiqarish yoki boshqa manfaatdor shaxslarga berish
bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan
bitimlar hisoblanadi.
Xo‘jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish
to‘g‘risidagi arizani qabul qilish bilan bir paytda yakka tartibdagi
tadbirkorning mol-mulkini xatlab qo‘yadi, qonun hujjatlariga
muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk bundan
mustasno. Qarzdorning pul majburiyatlari bajarilishi xususida
uchinchi shaxslar tomonidan asoslantirilgan kafillik berilgan yoki
boshqa kafolatlangan ta’minot taqdim etilgan taqdirda xo‘jalik sudi
yakka tartibdagi tadbirkorning iltimosnomasiga binoan yakka
tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini (mol-mulkining bir qismini)
xatlovdan chiqarishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga binoan xo‘jalik sudi
yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi


—82—
kelishuv bitimiga erishishi uchun bankrotlik to‘g‘risidagi ishni
ko‘rishni uzog‘i bilan bir oy muddatga keyinga qoldirishi mumkin.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganligi to‘g‘risidagi dalillar yoki
kelishuv bitimi taqdim qilinmagan taqdirda, sud yakka tartibdagi
tadbirkorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni
boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb topilgan vaqtdan
boshlab:
qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddati boshlangan
deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha majburiyatlari bo‘yicha neustoyka (jarima,
penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksi-
yalar bekor qilinadi;
qarzdordan barcha ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvlar ham bekor
qilinadi, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha,
shuningdek, hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini
qoplash to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha ijro hujjatlari bundan
mustasno.
Yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga
doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorni xo‘jalik sudi
aniqlangan barcha kreditorlarga ular o‘z talablarini taqdim etadigan
muddatni ko‘rsatgan holda jo‘natadi, bu muddat ikki oydan
oshmasligi kerak. Xo‘jalik sudining ana shunday qarorini yuborish
yakka tartibdagi tadbirkor hisobidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish
to‘g‘risida qaror qabul qilgan paytdan boshlab uning yakka tartibdagi
tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qo-
tadi, shuningdek, faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish
uchun unga berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatiladi.
Xo‘jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish
to‘g‘risidagi qaror nusxasini ayni shu shaxsni yakka tartibdagi
tadbirkor sifatida ro‘yxatga olgan organ va litsenziyalovchi organga
yuboradi. Xo‘jalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori hamda
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro
varaqasi qarzdorning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun
sud ijrochisiga yuboriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


—83—
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ko‘chmas mol-mulkini
yoki qimmatli ko‘char mol-mulkini doimiy boshqaruv zarur
bo‘lganda xo‘jalik sudi mazkur maqsadlar uchun tugatish
boshqaruvchisini tayinlaydi va unga to‘lanadigan haq miqdorini
belgilaydi. Bu hollarda, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning
mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotiladi. Qarzdor-
ning mol-mulkini sotishdan tushgan, shuningdek, mavjud naqd
pul mablag‘lari yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan xo‘jalik sudining depozitiga
kiritiladi.
Kreditorlarning bildirilgan talablari asosida xo‘jalik sudi
kreditorlarning talablarini qondirish tartibi va miqdori to‘g‘risida
ajrim chiqaradi. Avval bankrotlik ishini ko‘rish va xo‘jalik sudining
yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorini
bajarish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi, keyingi o‘rinda budjetga
majburiy to‘lovlar, garov bilan ta’minlangan talablar va boshqalar
qoplanadi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tugaganidan
keyin sud harakatlari amalga oshirilayotgan paytda kreditorlar
tomonidan qo‘yilgan talablardan ozod etiladi. Hayot yoki sog‘liqqa
zarar yetkazish, aliment undirish to‘g‘risidagi talablar bankrotlik
ishi tugatilgandan keyin ham qo‘yilishi mumkin. Agar qarzdor
mulkini yashirganligi yoki uni noqonuniy ravishda uchinchi
shaxslarga berganligi fakti aniqlansa, sud harakatlari davomida
talablari qondirilmagan kreditorlar undiruvni ushbu mol-mulkka
qaratilishini so‘rab murojaat qilishga haqli.
Nazorat savollari
1. Bankrotlik nima va uning qanday bålgilari mavjud?
2. Sud sanatsiyasi nima?
3. Tashqi boshqaruvni qo‘llashdan maqsad nima?
4. Tashqi kuzatuv qachon joriy qilinadi?
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin