2003 yil 7 oktabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh a’zolari bilan uchrashdi.
2003 yil 15 noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Ta’sis S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi.
Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.