Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish", "istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat ‘ul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu ‘ul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi ‘ul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – ‘ul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.