Talabalik davridagi emotsiyalar va ularni boshqarish
Emotsiya
Emotsiyalar – ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma‘noni anglatadi (qo’rquvdan titrash va h.k.).
Emotsiyalar atrofimizda sodir boʼlayotgan xodisalar, bizni oʼrab turgan odamlar va ularning xatti-qarakatlarini ruqan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan qissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz boʼlib, ular ayni vaziyatlardagi real xolatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
His-tuyg’ular
His-tuyg’uni boshdan kechirishning turli shakllari: emotsiya-hissiyot, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) kiradi.
Kishini tez chulg’ab oladigan va shiddat bilan o’tib ketadigan jarayonlar affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o’zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o’z-o’zini idrok qila olmasligi bilan ajralib turadi.
Kayfiyatlar – ancha vaqt davomida kishining butun xatti- harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifodalaydi. U shodlik, qayg’u, jizzakilik yoki muloyimlik tarzida bo’ladi. Kayfiyatlar odatda o’ziga-o’zi hisob bermasligi va sust namoyon bo’lishi bilan belgilanadi.
Asosiy hissiyotlar stress holati – inglizcha stress – tazyiq ko’rsatish, zo’riqish degan so’zdan olingan qiziqish (emotsiya tarzida) – malaka va ko’nikmalarning rivojlanishiga, ta‘lim olishiga moyillik tug’diradigan bilimlarni egallashga yordam beradigan hissiy holatdir.
Asosiy hissiyotlar stress holati – inglizcha stress – tazyiq ko’rsatish, zo’riqish degan so’zdan olingan qiziqish (emotsiya tarzida) – malaka va ko’nikmalarning rivojlanishiga, ta‘lim olishiga moyillik tug’diradigan bilimlarni egallashga yordam beradigan hissiy holatdir.
Quvonch - qiziqish, hayratlanish, iztirob chekish, g’azablanish, nafratlanish, jirkanish, qo’rquv, uyalish – bular hissiyotning asosiy belgi va ko’rinishlaridir. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg’u ehtiros deb ataladi.
Muhabbat – hissiy ijobiy munosabatning ob‘yektini boshqalarga qaraganda ajratib ko’rsatadigan, hamda uni sub‘yektining barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo’yadigan yuksak darajasidir.
Iroda – bu kishining oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir.
Ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimi
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob‘yektiga aloqador bilimlar, g’oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent - ustnovka ob‘yektiga nisbatan sub‘yekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
D. Harakat komponenti - sub‘yektning ob‘yektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish).
Talabalarni o’z kasbi va hayotida muvaffaqiyatga erishishga ko’maklashuvchi strategiyalar
O'qishingizga ahamiyatli bo’ling
Emotsional xafagarchilikni bartaraf etish uchun o'quvchilarga maktabda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini bering
Talabalarga ijobiy tengdosh munosabatlarini o'rnatishga yordam bering
O'qituvchilar sinfdoshlar jamoatchiligi tuyg'usini uyg'otadigan tartiblarni tuzish orqali tengdoshlar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash
Xulq-atvorni va hissiyotni boshqarish ko'nikmalarini o'rgating