Talaffuzdagi kamchiliklar xarakteriga ko’ra, ma’lum tovushlar guruhiga tegishli bo’lishiga ko’ra dislaliyaning turlari



Yüklə 51,95 Kb.
tarix21.01.2020
ölçüsü51,95 Kb.
#30257
Dislaliya 2 - копия


Dislaliya turlari

Talaffuzdagi kamchiliklar xarakteriga ko’ra, ma’lum tovushlar guruhiga tegishli bo’lishiga ko’ra dislaliyaning turlari;

Sigmatizm- grekcha ,,s’’-harfini bildiradi. Sirg’aluvchi ,,s’’ ,,z’’ ,,sh’’ ,,j’’ ,,ch’’ tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Parasigmatizm- boshqa tovushlar bilan almashtirilishi

Choynak-toynak



Rotatizm- grekcha,, ro’’.Nutqda ,,r’’ tovushining yo’qligi. Pararotatizm-,,r’’ tovushini boshqa tovushlar bilan almashtirilishi.

Raketa-yaketa



Lambatizm- grekcha ,,lambda’’ ,,L’’ tovushini bildiradi. Nutqda ,,L’’ tovushining yo’qligi. Paralambatizm-,, L’’ tovushining boshqa tovushlar bilan almashtirilishi.

Lola-yoya



Til orqa tovushlaridagi kamchiliklar:

Kappatizm-,,K’’ tovushining nutqda yo’qligi, parakappatizm- ,,k’’ tovushining almashtirilishi

Kitob-titob



Gammatizm-,,G’’ tovushining nutqda yo’qligi, paragammatizm-,,g’’ tovushining almashtirilishi.

Gul-dul


Xitizm-,, X’’ tovushining nutqda yo’qligi, paraxitizm-,,x’’ tovushining almashtirilishi.

Xat-tat


Yottatizm- ,,Y’’ tovushining nutqda yo’qligi, parayottatizm-,,y’’ tovushining almashtirilishi.

Yashil- lashil



Monomorf dislaliya-bir fonetik guruhga kiruvchi tovushlar talaffuzida kamchiliklar bo’lsa, masalan;- sirg’aluvchi ,,s’’ ,,z’’ ,,j’’ bo’lsa monoforf dislaliya deyiladi.

Polimorf dislaliya- ikki va undan ortiq artikulyatsiya guruhiga tegishli bo’lsa, masalan;- rotatizm, sigmatizm, kappatizm bo’lsa bu polimorf dislaliya deyiladi

Yüklə 51,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin