Ta'lim sifatini tubdan yaxshilashimiz lozimligi ham prezidentimiz tomonidan alohida ta'kidlab o'tildi. Bundan kelib chiqadiki biz pedagoglar oldida kelgusida katta vazifalar turibdi



Yüklə 15,75 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü15,75 Kb.
#170621
4-mavzu


Ta'lim sifatini tubdan yaxshilashimiz lozimligi ham prezidentimiz tomonidan alohida ta'kidlab o'tildi. Bundan kelib chiqadiki biz pedagoglar oldida kelgusida katta vazifalar turibdi.
Shunday ekan Musiqa darslarini jismoniy harakatlar uyg'unligida tashkil etishning o'ziga hos uslublarini ishlab chiqishni davr taqozo etmoqda. Bu esa musiqa darslarini yanada mazmunli bo'lishida uning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil bo'lib hisoblanadi.
Umumta'lim maktablarida o'qitiladigan "musiqa madaniyati,' o,quv predmetiga tashkiliy uslubiy tuzilishi, mazmuniva mohiyatiga ko,ra o,zida bir necha fanlar mushtarakligini mujassamlashtiradi.
Hususan, ona-tili va adabiyot, tarix, jismoniy tarbiya, tasviriy san'at bilan bevosita bogliq bo,lgan musiqa nazaiyasi va metodikasi, musiaqa tarixi, dirijiorlik, vokal, cholg,u ijrochiligi, solfedjio kabi fanlar aloqadorligi imkoniyatlaridan o'z o'mid.a o,rinli fovdalanish orqali dars samaradorligi va to'laqonliligiga erishish mumkin. Bizga ma'lumki, umumta'lim maktablarining boshlangich sinflarida musiqa darslari besh tashabbus negizida tashkil etiladi va ular tarkibidasi \ "Musiqaga mos ritmik va raqs harakatlarini bajarish" faoliyati jismoniy va musiqali raqs harakatlari uyg'unlugida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat asosan, darsni qiziqarli o'tishi o'quvchilarni diqqatini, ruhan tetikligini, ijodiy faolligini rivojlantirish maqsadida qo'llaniladi.
Bu esa o'z navbatida musiqa o'qituvchisidan ham ijodiy izlanuvchanlikni, raqs va jismoniy madaniyatga oid ritmik harakatlardan yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishlikni talab qiladi.
Dars jarayonida musiqali-ritmik harakatlami bajarish davomida bolalarning xar-xil harakterdagi asarlarni idrok etish, asar dinamikasiga, registrlarga mos harakat qilish, temp o'zgarishlarini ilg'ash, kuchli-kuchsiz hissalarni aniqlash, asar ritmiga mos chapak chalish, qadam tashlash, xarakatlarini ikki, uch qismli shaklga va musiqa frazalariga muvofiq o'zgartirish kabi malaka va ko'nikmalari rivojlantirib boriladi. Raqs harakatlarini bajarish davomida qo'l, oyog, gavda, bosh, yuz a'zolarini egiluvchanligi, chaqqonligi, tekis va chiroyli bo'lishi bevosita jismoniy harakatlar, mashqlar uyg'unligini talab qiladi.
Qo'shiqlar kuylashda unung mazmuniga mos raqs-o'yin harakatlari asarning badiiy-estetik ta'sirchanlik kuchini oshiradi. Xalqimizning boy musiqa me'rosida juda ko'plab qo'shiqlar, ayniqsa bolalar folklor qo'shiqlari o'zining ijrochilik an'analariga ko'ra o'ziga xos raqs va o,yin harakatlati uyg'unligida ijro etib kelingan.
Boshlang'ich sinf musiqa darslarida, ommaviy-madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish, badiiy havaskorlik to'garaklari mashg'ulotlarida bunday qo'shiqlarni o'rganish va kuylashda ularni an'anaviy ijrochilik uslublarigatayanib ish tutish yoki uning yangicha variantlarini yaratish o'quvchilarni xalq qo'shiqlariga, ularni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirishga samarali ta'sir etadi, qo'shiqlarni tez, oson o'rganishlariga, xotiral ari da mu stahkam o' rna shib qo I i sh iga zamin y ar atadi.
O'yin-qo'shiqlar xalqimizning o'ziga xos xayot faoliyati davomida, yoshlik davrining muayyan bosqichl.ariga mos ravishda kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg'unlashuvi ostida shakllanib kelgan.
O'z navbatida o'quvchi yoshlarni xalqimizni o'ziga xos o'tmish madaniyati, an'analan, urf- q odatlari, mehnat bayramlari bilan yaqindan tanishib borishlariga, shu bilan birga jismoniy sog'lom, chaqqon, serxarakat, ziyrak va maqsadga intiluvchan tashabbuskor, barkamol shaxs bolib etishishlarigakatta imkoniyat ochib beradi.
Bolalar o'yin qo'shiqlari she'riy matn, musiqiy ohangga hamda jismoniy harakatlarni bajarishga moslashgan bo'lib, xar bir qo'shiq o'yin tarzida biror maqsadni ko'zlagan holda ijro etiladi.
O'quvchilar bunday qo'shiqlarni kuylash va harakatli o'yinlarni bajarish davomida qo'yilgan maqsadga erishish o'yinda g'olib bo'lish bilan yakunlanadi. Takroriy va izchil suratda yo'lga qo'yilgan bunday mashg'ulotlar bolalarni ham ma'naviy, ruhiy, ham jismoniy takomiliga ijobiy ta'sir etadi.
Bolalar o'yin-qo'shiqlaridagi eng muhim hususiyatlar xar bir raqs, o'yin, ohang, aytishuvlar, musobaqa, bellashuv bilan bog,liq ijtimoiytarixiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan harakatlar yig'indisidan iboratligida ko'rinadi.
Bolalarning eng ko'p ommalashgan "oq terakmi, ko'k terak,, qo'shig,ini olib , ko'raylik, ushbu o'yin-qo'shiq boalarda kuchlilik, chaqqonlik, g'oliblikka intilish kabi xislatlami rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Ushbu qo'shiqni ijro etish xolati quydagicha: -bolalar teng ikki guruhga bo'linishib, ma'lum masofada qo'l ushlashib turadilar.
O'yin shartiga ko'ra bir tomon "Oq terakmi, ko'k terak, bizdan sizga kim kerak? "- deb kuylashadi. Qarshi tomondagilar esa boshlovchi guruhdan bir bolani kerakligini aytishadi. Ismi tilga olingan bola yugurib, qarshi guruhdagi bolalar zanjimi (bolalar qo'llarini mahkam bog'lab turishadi) yorib o'tishga harakat qiladi. Yorib o'tgan g'olib sifatida bir bolani o'z guruhiga yetaklab ketadi.
O'yin shu tarzda bir guruh yutguncha (bir guruhda bir bola qolgunicha ) davom etadi. -kim oladi-ya, shuginani-ya, qo'shig'i.
Bu o'yin qo'shiqni ijro etishda bolalar davra qurib, chapak jo'rligida "Kim oladiya, shuginaniya ,, deya jo'r bo'lib kuylashadi. o'rtaga do'ppi yoki biror yumshoq buyum qo,yiladiki, o,yin qoidasiga ko'ra talabgor shu buyumni tizzalarini bukmasdan egilib, tishida ko'tarib olishi kerak bo'ladi.
Talabgor bola o'z navbatida "Men olamano. shuginani-ya" satrlarini kuylash va chiroyli raqs harakatalari bilan o'yin shartini bajarishga kirishadi.
Bu o'yindahar bir bola o'zining chaqqonligi, raqsga tushishi \ mahorati bilan birga jismoniy jihatdan nimalarga qodir ekanligini ko'rsatishga harakat qiladi. Bunday qo'shiqlar sirasiga "Choriy-chanbar", "Chillak", "Quyonim" , "Lanka", "Ayajon", xorazmcha "Oq sholi, Ko'k sholi" kabilarni kiritish mumkin.
Ko'rinadiki, musiqa darslarini musiqali va jismoniy harakatli o'yinlar orqali tashkil etishning keng imkoniyatlari mavjud. Ulardan musiqiy harakatli o'yinlar, qo'shiqlar ijro etishda unumli foydalanish, raqs va o'yin harakatlarini yangi-yangi variantlarini yaratish, musiqiy ta'lim sifati hamda samaradorligini ta'minlaydi, o'quvchi-yoshlarning ham ma'nan, ham jismonan, ham estetik kamolotiga ijobiy ta'sir etadi.
Foydalangan adabiyotlar:
1.-H.Nurmatov, N.Yo'ldosheva. O'zbek xalq musiqa ijodi.-T.:Gofur Gulom,2007.
2, -Oqilxon Ibrohimov. 4-sinf Musiqa darsligi.-T. : Gofur Gulom, 20 I'7
Yüklə 15,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin