Elektron naqd puldan foydalanish va uning hozirgi kundagi o’rni
O’zbekiston iqtisodiyotida raqamli elektron naqd pullarning ahamiyati
Xulosa
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Raqamli elektron pulning asosiy afzalliklaridan biri bu — bankga borib bank hisobvaraqasini ochmasdan turib to‘lovni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi. Bundan tashqari pul mablag‘laridan tezkor ravishda foydalanish mumkin. Shuningdek, to‘lovlarni elektron pullar yordamida amalga oshirayotgan paytda vositachilik haqining boshqa to‘lov vositalariga nisbatan arzondir. Uning asosiy vasifasi va ishlash texnologiyasini misol tariqasida qo’rishimiz.mumkin.AQSHdagi biror bir firmaga bank jo‘natmalari orqali 1000 dollaryubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng, bank xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni echib olib, uni xalqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng, boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni AQSHga o‘tkazadi. U erda o‘tkazmangiz aynan shu taxlitda firmaning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib, firma barcha banklarning komission foizlari olingandan so‘ng 970 dollarni
oladi. Biroq shu uch kun ichida na siz va na sizning firmangiz, qolaversa, bank
xodimlaridan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qayerda ekanligi va ularning hisobini
kim yuritayotganligini bilmaydi. Undan tashqari, jahon banklararo moliyaviy
tizimlarida turli moliyaviy to‘lovlarni amalga oshirishda ma’lumotlarning o‘zgarib
qolishi, to‘liq etib bormasligi yoki yo‘qolib qolishi kabi holatlar ham bo‘lishi
mumkin. Eletron naqd pullardan foydalanishning qulay tarafi shundaki pul utkazmalarida uning kam vaqt talab qilinishidir. Bundan tashqari aksariyat mamakat iqtisodiyotida uning o’rni va hamiyati katta. Masalan AQSH da asosan “ USCHECK E-Cash E-Money Digital currency” (1-rasm) elektron pul platformasi ommalashgan muga sabab albatta informatsion texnologiyaning rivojlanganligi va bu kabi elektron naqd pul platformalarining qullayligi , kam vaqt talab qilishi va albatta ulardan foydalanish juda osonligidir.