Annotatsiya. Intellektual mulk huquqlari bu o'zingizning asl g'oyalaringiz natijasida yaratilgan narsalarga egalik huquqi. Agar sizning ijodingiz iqtisodiy ahamiyatga EGA bo'lsa, siz o'zingizning intellektual mulkingizni (IP)



Yüklə 19,31 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü19,31 Kb.
#169398
  1   2   3   4   5
Kamronbek Thesis about intellectual property


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti


Marketing va Logistika fakulteti

TEZIS


Guruh: MR-82
Talaba: Qambarov Kamronbek
Fan: Tadqiqot usullari va ko’nikmlari
MAVZU: Intellektual mulkni himoya qilish.

Annotatsiya.
Intellektual mulk huquqlari - bu o'zingizning asl g'oyalaringiz natijasida yaratilgan narsalarga egalik huquqi. Agar sizning ijodingiz iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lsa, siz o'zingizning intellektual mulkingizni (IP) undan o'zlari uchun foydalanishga harakat qiladigan har qanday shaxsdan qanday himoya qilishni o'rganishni xohlaysiz.
Intellektual mulkni qanday himoya qilish kerakligi intellektual mulkning tabiatiga bog'liq..
Kalit so‘zlar. Intellektual mulk, mualliflik huquqi,savdo belgilari, tijorat sirlari.

Avvalo, intellektual mulk tushunchasiga izoh berib o‘tsangiz. Nimalar intellektual mulk hisoblanadi?


Intellektual mulk aqliy yoki ijodiy faoliyat mahsuli sanaladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu mahsulotga nisbatan huquqni anglatadi. Misol uchun, adib tomonidan yozilgan asar yoki roman, rassom tomonidan chizilgan surat, olim tomonidan yaratilgan ixtiroga bo‘lgan huquq. Oddiy mulkdan farqli o‘laroq, intellektual mulk biron bir moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmasligi ham mumkin (masalan, xoreografiya asari yoki pantomima). Intellektual mulk keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:

-mualliflik huquqi (fan, adabiyot va san’at asarlari);


-turdosh huquqlar (ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari);
-sanoat mulki (ixtiro, foydali model va sanoat namunalari);
-EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
-shaxsiylashtirish vositalari (firma nomlari, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi, geografik ko‘rsatkichlar);
-seleksiya yutuqlari (o‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari);
-oshkor etilmagan axborot, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
-integral mikrosxema topologiyalari.


Yüklə 19,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin