Talimotlar tarixi fanidan Mustaqil ish



Yüklə 54,57 Kb.
tarix06.06.2023
ölçüsü54,57 Kb.
#125601
Markaziy osiyo Усмонов Ш Мустакиил иш


Talimotlar tarixi fanidan
Mustaqil ish
Markaziy osiyo donishmandlari asarlarida islom ta‘limotidagi iqtisodiy g‘oyalarning bayon etilishi
Muqaddas kitob - Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat
turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Chunki,
iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe'l-atvorlari namoyon bo`ladi.
Qur'oni Karim ahkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha
insonlarning bir ota-ona Odam alayhissalom va Momo Havo farzandlari,
binobarin aka-uka, opa-singal ekanligiga asoslanadi.
Jumladan, "Hujurot"
surasining 13-oyatida "Ey insonlar, biz sizlarni bir ota (Odam alayhissalom) va
bir ona (Momo Havo) dan yaratib yer yuzi bo`ylab har xil xalq qabila va elatlar
tarzida taratib qo`ydik, toki sizlar bir-birlaringiz bilan tanishib, mehr-muhabbat
hosil qilgaysizlar.
Albatta, sizlaning Olloh nazdida eng hurmatlitrog`ingiz
taqvodorrog`ingizdir. Albatta, Olloh bilguvchi va hamma narsadan ogoh
zotdir". Islomda" taqvo" deganda - solih, hayrli ishlarni ado etib, munkar, man
qilingan, insoniyatni zavolga boshlaydigan ishlarni qilmaslik tushuniladi.
Demak, taqvo insonlarning bir-biridan afzalligini belgilashdagi asosiy
o`lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik ma'naviy va ruhiy tarbiyalash bilan
o`zgalarni yashash va turmush kechirish huquqlarini e'tirof etish bilan
shakllanadi.
Qur'oni Karimdagi iqtisodiy g`oyalarni bir necha guruhga ajratish
mumkin. Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador,
hunarmandlar mehnati ulug`lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot
kechirishga da'vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi.
Ikkinchi guruh g`oyalar - tijorat, ya'ni kengroq ma'noda esa bozor
munosabatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29-oyat)
"Mollaringizni o`rtalarinigizga nohaq (ya'ni o`g`rilik, qaroqchilik, sudxo`rlik,
poraxo`rlik, qimor kabi) yo`llar bilan yemangiz! Balki o`zaro rizolik bilan
bo`lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz", deyiladi. Biroq sudxo`rlik,
poraxo`rlik kabi illatlar shar'iy jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta'kidlanadi.
Uchinchi guruh iqtisodiy g`oyalar esa, mulk va meros masalalariga
qaratilgan. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa
omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish
ham katta gunoh deb hisoblanadi.
Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni
taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish
haqidagi oyat karimalaridan kelib chiqadigan g`oyalar hamda soliq turlari va
miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat qilish
eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o`zaro yordam ham
zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi.
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni Karimdan keyingi
hujjat payg`ambarimiz Muhammad Alayhissalomning Hadisi Shariflari
hisoblanadi. Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz:
·Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg`on so`zlash, va'dasining ustidan
chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish.
·Amirning sovg`a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir.
Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan ne'matlarini pisand qilmagan bo`lasizlar.
·Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir: 1. Xun to`lovchiga; 2.Og`ir qarzdorga; 3.Miskin qashshoq kishiga.
Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat turgan paytda bexosdan qiyomat qoyim bo`lib qolishi aniq bo`lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo`yavering.Kimki hayotda tejamkor bo`lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi.
·Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do`zahga mahkumdir.Ilimga nisbatan go`yo go`pon kabi posbon bo`linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qilguvchi bo`lmanglar.Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, Markaziy Osiyo donishmandlaridan at-Termiziy, al-Buxoriylarning to`plagan Hadisi Shariflari islom
  • olamida eng ishonchli hisoblanadi.

Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, Markaziy Osiyo donishmandlaridan at-Termiziy, al-Buxoriylarning to`plagan Hadisi Shariflari islom
olamida eng ishonchli hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg`inoniyning "Hidoya"
asari shular jumlasidandir. Buyuk olim Burhoniddin al-Marg`inoniyning to`liq
ismi Ali Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg`oniy ar-Rishtoniy al-Marg`iloniy
bo`lib, ul zot 1123 yil 23 sentabrda tug`ulgan. Ul zot Qur'onni, Hadis ilmlarini
mukammal egallab fikh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bulganligi va bu sohada
beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg`inoniy nomlari bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta'limni Marg`ilonda olib keyinchalik
Movaraunnahrning o`sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo`lgan Samarqandga ko`chib borgan va umrining ohirigacha o`sha yerda yashagan. O`z asarlarini yaratishda Islom dinidagi sun'iylarning to`rt mashabi asoschilarning asarlarini o`rgangan. Bizgacha uning o`nga yaqin asari yetib kelgan. "Al-Hidoya" asari esa 1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Xanafiya mashabining fikh
masalalari bo`yicha asosiy qo`llanmaga aylangan. Keyinchalik esa butun musulmon olamiga mashhur bo`lib, musulmon huquqi fikh bo`yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan.
Agarda islom nuqtayi nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy masalalar: mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo`lish yo`llari, jinoyat va jazo, fuqorolik huquqlari ham ko`rsatib berilgan. Shuningdek, faqat islomga xos bo`lgan bir qancha masalalar , xususan, jihod, o`lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, ijozatlar qayd etilgan.Burxoniddin al-Marg`inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo`lish bilan birga haqsevar, adolatli qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri edi. U Qur'onni yoddan bilgan, uni izohlay olgan, shoir, adabiyotchi bo`lgan. Tarixiy qo`lyozmalarda qayd etilishicha, olim avlod-ajdodi ham musulmonlar
  • qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo`lishgan

"Hidoya" asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o`z ichiga
oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbayi bo`lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e'tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan to`lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag`oyat muhimdir.
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum
masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan
bo`lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to`la-to`kis sharhga o`xshaydi. Kitobda
kimlar va qancha zakot to`lashi kerakligi haqida qiziq ma'lumotlar keltiriladi.
Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to`lanishi
kerak. Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam
bo`lsa, olinmaydi. Zakot to`lashda bir yoshdan kichik qo`zilar hisobga
kiritilmaydi.
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya'ni har otdan bir dinor
yoki ot bahosining 9 foizi miqdorida zakot to`lanishi kerak. Ammo eshak,
xachir va boshqa ishchi hayvonlar (ho`kiz, tuya) dan to`lov olinmaydi. Agar
ular oldi-sotdi muomalasida bo`lsa, ahvol o`zgaradi va zakot beriladi. Bir
yoshga to`lmagan echki, buzoq va bo`taloqlar ham umumiy hisobga
kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan
ortig`idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu yerda muhim bir fikr
borki, agar mol egasi shu molning (natura) o`rniga uning bahosiga teng zakotni
  • pul shaklida to`lashi ham mumkin, deyiladi.

Yana muhim bir ko`rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig`uvchi eng
yaxshi (sara) molni emas, o`rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan
tashqari, zakotni oldindan ham to`lash mumkinligi ko`rsatiladi.
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o`rtacha nisob (soliq olinishi
mumkin bo`lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya'ni 5
dirham) zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo`lsa, har
qo`shimcha 40 dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo.
Oltindan olinadigan zakot miqdori o`ziga xosdir. 20 misqolgacha zakot
olinmaydi (bir misqol o`rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim misqol(2,5
foiz) zakot to`lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya'ni 12 dan
1 unsiya) zakot berish kerak.
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab
belgilanadi. Hatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga
keltirilishi mumkin.
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz)zakot olinishi lozim.
Masalan, biror yerdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan
foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to`lanmaydi, chunki toshlar
zakotdan mustasnodir.
Tabiiy (yomg`ir, qor suvi bilan) sug`oriladigan yerlardagi hosilning
o`ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o`rmon, yaylov,
chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun'iy sug`oriladigan yerlar hisobidan
ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to`lanadi.
Burhoniddin al-Marg`inoniy o`z asarida zakotni taqsimlash qonunqoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin,
zakot yig`uvchilar, qarzdorlar yig`ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari
egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan.
O`ylaymizki, bobokolonimizning bu asari nihoyatda boy va qimmatli
manba sifatida oliy o`quv yurtlarida o`qitilishi zarur. Hozircha bu asarning
ruscha tarjimasi mavjud. Asarning birinchi va qolgan jildlarini o`zbek tiliga
o`girish kerak.Shunday qilinsa, ayni muddao bo`lur edi. Chunki u yoshlarimiz
qalbida insof va diyonat, adolat va haqiqat tuyg`ularini uyg`otishda bebaho
xazina bo`lib xizmat qilishi shubhasizdir
Yüklə 54,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin