Tanqidiy fikrlash



Yüklə 132,52 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.03.2023
ölçüsü132,52 Kb.
#90046
5 Isbot yoki dalil keltirishdagi xatolarni aniqlash



Raxmonberganov Otabek
Telegram kanali
: @prmakuz 
TANQIDIY FIKRLASH 
5. Isbot yoki dalil keltirishdagi xatolarni aniqlash 
Bu turdagi topshriqlarda fikrdagi kamchilikni topish, ya’ni nima uchun 
berilgan asoslardan xulosa kelib chiqmasligini tushintirishingiz kerak bo’ladi. 
Buning uchun matndagi asosiy xulosani va bu xulosaga kelish uchun qanday 
asos (sabab)lar berilganini toping. Bu asoslar xulosaga qanday olib borganini 
(mantiqiy bogʻlanishni) oʻrganing.
Misol: 
Baʻzilar quturgan hayvonlarning Angliyaga kirib kelishining oldini olish 
maqsadida qabul qilingan karantin qoidalarini buzgan holda, uy hayvonlarini 
yashirin yoʻllar orqali mamlakatga olib kirishga urinadilar. Agar ushbu 
qoidalar boʻlmaganida, hech kim hayvonlarini yashirin yoʻllar bilan olib 
kirishga harakat qilmas edi. Britaniyadagi quturish kasalligi tarqalishining eng 
asosiy manbasi yashirin olib kirilgan hayvonlar ekanligini inobatga olsak, 
karantin qoidalarini bekor qilsak, qutirish kasalligining tarqalish xavfini ancha 
kamaytirgan boʻlar edik.
Yuqoridagi fikrdagi yoʻl qoʻyilgan kamchilikni koʻrsatuvchi javobni toping. 
A Qutirish kasalligi Britaniyaga yovvoyi hayvonlar orqali kirib kelish ehtimoli 
kam 
B Karantin qoidalari uy hayvonlarini mamlakatga yashirin yoʻllar bilan olib 
kirilishiga toʻsqinlik qila olmayapti. 
C Agar karantin qoidalari boʻlmaganda, qutirgan uy hayvonlari Britaniyaga 
osonlikcha kiritilgan boʻlar edi 
D Agar odamlar uy hayvonlari bilan sayohatga chiqmaganlarida, karantin 
qoidalarini kiritishga hojat qolmagan boʻlar edi. 
E Agar uy hayvonlari qutirishga qarshi emlanganida, karantin qoidalariga 
hojat qolmagan boʻlar edi. 


Raxmonberganov Otabek
Telegram kanali
: @prmakuz 
JAVOB VA IZOH: 
Bu savolning javobi C.
Izoh: Fikrda xulosa sifatida karantin qoidalari olib tashlansa, qutirish kasalligi 
tarqalish xavfi kamayishi aytilgan. Buni asoslash uchun berilgan sabablar: 
1) yashirin olib kirilgan hayvonlar qutirish kasalligining eng asosiy 
manbasi ekani 
2) agar karantin qoidalari boʻlmasa hayvonlar yashirin olib kirilmasligi. 
Lekin bu asoslarda kamchilik mavjud, chunki agar karantin qoidasi olib 
tashlansa, endi qutirish kasalligining manbasi yashirin olib kirilgan hayvonlar 
emas, qonunni buzmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri olib kirilgan hayvonlar boʻladi. 
javobda xuddi shu fikr ifodalangan 
A javob fikrdagi kamchilikni ifodalamaydi, u shunchaki fikrni toʻldiradi. 
B javob fikrdagi kamchilikni ifodalamaydi, u matndan chiqarish mumkin 
boʻlgan, lekin matnda boʻlmagan taxminlardan bittasini ifodalaydi. 
D javob fikrdagi kamchilikni ifodalamaydi, u karantin qoidalari nima uchun 
joriy etilganiga oydinlik kiritadi, uni bekor qilish yoki qilmaslik uchun sabab 
bermaydi 
E javob fikrdagi kamchilikni ifodalamaydi, u karantin qoidalari bekor 
qilinganda nima boʻlishi haqida emas, karantin qoidalariga zaruriyat 
qoldirmaslik uchun qanday choralar qoʻllash mumkinligi haqida maʻlumot 
beradi. 

Yüklə 132,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin