Raxmonberganov Otabek
Telegram kanali
: @prmakuz
TANQIDIY FIKRLASH
5. Isbot yoki dalil keltirishdagi xatolarni aniqlash
Bu turdagi topshriqlarda fikrdagi kamchilikni topish, ya’ni nima uchun
berilgan asoslardan xulosa kelib chiqmasligini tushintirishingiz kerak bo’ladi.
Buning uchun matndagi asosiy xulosani va bu xulosaga kelish uchun qanday
asos (sabab)lar berilganini toping. Bu asoslar xulosaga qanday olib borganini
(mantiqiy bogʻlanishni) oʻrganing.
Misol:
Baʻzilar quturgan hayvonlarning Angliyaga kirib kelishining oldini olish
maqsadida qabul qilingan karantin qoidalarini buzgan holda, uy hayvonlarini
yashirin yoʻllar orqali mamlakatga olib kirishga urinadilar. Agar ushbu
qoidalar boʻlmaganida, hech kim hayvonlarini yashirin yoʻllar bilan olib
kirishga harakat qilmas edi. Britaniyadagi quturish kasalligi tarqalishining eng
asosiy manbasi yashirin olib kirilgan hayvonlar ekanligini inobatga olsak,
karantin qoidalarini bekor qilsak, qutirish kasalligining tarqalish xavfini ancha
kamaytirgan boʻlar edik.
Yuqoridagi fikrdagi yoʻl qoʻyilgan kamchilikni koʻrsatuvchi javobni toping.
A Qutirish kasalligi Britaniyaga yovvoyi hayvonlar orqali kirib kelish ehtimoli
kam
B Karantin qoidalari uy hayvonlarini mamlakatga yashirin yoʻllar bilan olib
kirilishiga toʻsqinlik qila olmayapti.
C Agar karantin qoidalari boʻlmaganda, qutirgan uy hayvonlari Britaniyaga
osonlikcha kiritilgan boʻlar edi
D Agar odamlar uy hayvonlari bilan sayohatga chiqmaganlarida, karantin
qoidalarini kiritishga hojat qolmagan boʻlar edi.
E Agar uy hayvonlari qutirishga qarshi emlanganida, karantin qoidalariga
hojat qolmagan boʻlar edi.
Raxmonberganov Otabek
Telegram kanali
: @prmakuz
JAVOB VA IZOH:
Bu savolning javobi C.
Izoh: Fikrda xulosa sifatida karantin qoidalari olib tashlansa, qutirish kasalligi
tarqalish xavfi kamayishi aytilgan. Buni asoslash uchun berilgan sabablar:
1) yashirin olib kirilgan hayvonlar qutirish kasalligining eng asosiy
manbasi ekani
2) agar karantin qoidalari boʻlmasa hayvonlar yashirin olib kirilmasligi.
Lekin bu asoslarda kamchilik mavjud, chunki agar karantin qoidasi olib
tashlansa, endi qutirish kasalligining manbasi yashirin olib kirilgan hayvonlar
emas, qonunni buzmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri olib kirilgan hayvonlar boʻladi.
C javobda xuddi shu fikr ifodalangan
A javob fikrdagi kamchilikni ifodalamaydi, u shunchaki fikrni toʻldiradi.
B javob fikrdagi kamchilikni ifodalamaydi, u matndan chiqarish mumkin
boʻlgan, lekin matnda boʻlmagan taxminlardan bittasini ifodalaydi.
D javob fikrdagi kamchilikni ifodalamaydi, u karantin qoidalari nima uchun
joriy etilganiga oydinlik kiritadi, uni bekor qilish yoki qilmaslik uchun sabab
bermaydi
E javob fikrdagi kamchilikni ifodalamaydi, u karantin qoidalari bekor
qilinganda nima boʻlishi haqida emas, karantin qoidalariga zaruriyat
qoldirmaslik uchun qanday choralar qoʻllash mumkinligi haqida maʻlumot
beradi.
Dostları ilə paylaş: |