Taqdimot haqida tushuncha, multimedia taqdimot



Yüklə 38,06 Kb.
səhifə1/7
tarix16.12.2023
ölçüsü38,06 Kb.
#181980
  1   2   3   4   5   6   7
AbdusattorovaMuxlisa N18



MUNDARIJA

Kirish ............................................................................................................................3


Taqdimot haqida tushuncha, multimedia taqdimot.......................................................4
Taqdimot turlari.............................................................................................................5
Taqdimotga qo’yilgan asosiy talablar............................................................................6
MS PowerPoint dasturi..................................................................................................9
Google prezentatsiya...................................................................................................10
Multimedia proyektoridan foydalanish.......................................................................11
Xulosa..........................................................................................................................13

KIRISH

XXI - asrda yashayotgan ekanmiz bugungi kunda yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalardan to’laqonli foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Zamonaviy axborot texnologiyalari asrida yashayotgan ekanmiz IT, kompyuter texnologiyalari boʻyicha yetarli darajada bilim va koʻnikmalarni puxta oʻzlashtirgan holda oʻz bilimlarimizni yanada oshirib borishimiz kerak.Hozrgi kunda deyarli barcha davlatlarda yoshlarning taʼlim olishlari uchun zamonaviy axborot vositalari bilan dars jarayonlari olib boriladi.Zamonaviy axborot texnologiyalari ularning yanda sifatli taʼlim olishlariga yordam beradi.Misol uchun bugungi kunda koʻplab oliy oʻquv yurtlarida dars jarayonlari taqdimot (prezentatsiya)lar katta ekranlarda namoyish etish orqali olib borilmoqda.Darsning barcha bosqichlarida taqdimotlardan foydalanishingiz mumkin. Bu bilimlarni aktuallashtirishda ham, yangi materialni tushuntirishda ham, mustahkamlashda ham keng tarzda qoʻllaniladi.Multimedia taqdimotlari kompyuter dasturlari yordamida axborotni taqdim etishning qulay va samarali usuli hisoblanadi. U dinamikani, tovushni va tasvirni birlashtiradi, ya’ni. Bolaning e’tiborini eng uzoq vaqt ushlab turadigan omillar. Ikki muhim idrok organiga (eshitish va ko’rish) bir vaqtning o’zida ta’sir qilish juda katta ta’sirga erishishi mumkin. Inson bir vaqtning o’zida eshitgan narsasining 20% ​​va ko’rgan narsasining 30% ni, ko’rgan va eshitgan narsasining 50% dan ortig’ini eslab qolishi isbotlangan. Shunday qilib, jonli tasvirlar yordamida ma’lumotni idrok etish va eslab qolish jarayonini engillashtirish har qanday zamonaviy taqdimotning asosidir.Shunday qilib taqdimot vositalarining afzalliklari juda koʻp.Ulardan foylanishni va zamonaviy bilimlarimizni yanada mustahkamlashimiz kerak.



Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi.
Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.
Hozrgi kunda yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan oliy taʼlim muassasalarida deyarli barcha darslar taqdimot orqali olib boriladi.Yoshlarning zamonaviy vositalar yordamida taʼlim olishlari uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 38,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin