Taqdimotlarni ishlab chiqishning zamonaviy vositalari. Kirish



Yüklə 17,9 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü17,9 Kb.
#171616
I topshiriq Sevara IAKTT


Taqdimotlarni ishlab chiqishning zamonaviy vositalari.
Kirish
Men taqdimot haqida shuni aytmoqchimanki hozirgi kunga kelib, taqdimot yaratishda zamoniy vositalardan foydalanish juda qulaydir.Chunki buning uchun yetarlicha texnologiyalar mavjud. Hozirgi kunga kelib 1-sinfdan boshlab bolalarga darslarni qiziqarli aniq, tez, tushunarli bo’lishi uchun taqdimotlardan foydalangan holda darslar o’tkaziladi. Taqdimot-ma’lumotni ekranda slayd show tarzida namoyish etish dasturi. U odatda 3 ta asosiy funksiyani och ichiga oladi: maxarrirlash - ma’lumotlarni joylashtirish va formatlsh, grafik rasmlarni joylashtirish va manipulyatsiya qilish uchun metod va mavzuni yoritish uchun slyad show tizimi.
Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi.
Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi,
axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.
Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. Taqdimot turlari:
Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo’yilma, ovoz jo’rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo’lmagan dinamik rolik. Chiziqli taqdimotlar mo’ljallanishiga ko’ra shartli ravishda quyidagi shakllarga bo’linadi: stend shaklidagi multimedia taqdimoti; elektron doklad yoki jo’rlikdagi taqdimot; sales-taqdimot; promo-rolik; intro-rolik;
ekran himoya lavhalari (ScreenSavers).
Interfaol taqdimot – ierarxik tamoyillar bo’yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to’plami. Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi:
korporativ multimediali taqdimot; multimediali katalog; mahsulot taqdimoti; o’rgatuvchi yoki test dasturi;
erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig’i; elektron nashr yoki multimedali kitob.
Axborot taqdim etishning eng samarali vositalaridan biri taqdimotlarni kompyuterlarda ishlab chiqishning eng ko’p tarqalgandir. Darslarni tashkililashtirish, ko’rgazmali, samarali bo’lishda taqdimotlardan foydalanmasdan erishish qiyin. Taqdimotning samarali bo’lishi nafaqat ilg’or goyalaringizga balki taqdimotning ko’rinishiga ham bogliq boladi.
Tinglovchilar bilan vizual aloqa o’rnatishda taqdimotning tashqi ko’rinish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quv taqdimotiga qo’yilgan talablar.
Dars jarayonida taqdimotlar ko’rgazmali qo’llanma sifatida foydalaniladi. Taqdimotga qo’yilgan asosiy talablarni ko’rib chiqamiz.
Xulosa:
Mening taqdimot haqidagi xulosam shuki, taqdimot qilish, o’tkazish hozirgi kunga kelib juda rivojlangan, uning foydali taraflari juda ko’p.Masalan biror bir kasb egalari ham o’z ishlarini ko’rsatish, dunyoga tanitish uchun turli xil taqdimotlardan foydalanishadi, hozirgi kunda taqdimotlar orqali online kasb-hunarga o’rgatishyapti.Tinglovchilar bilan vizual aloqa o’rnatib, taqdimot asosida darslar tashkillashtiriladi. Yana bir quvonchli tarafi shundaki, eshitishda nuqsoni bor gapirishda nuqsoni bor bolalar uchun juda qulay.
Yüklə 17,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin