Taqsimot logistikasi boshqarish Yetkazib berish logistikasining asosiy maqsadi – bu kerakli tovarlarni kerakli joyga, lozim bo’lgan paytda optimal xarajatlar evaziga yetkazib berishni ta’minlashdan iborat. Uning predmeti mahsulotning ishlab chiqaruvchidan oxirgi iste’molchiga harakatlanish jarayonini ratsional tashkil etish va boshqarishdir. Taqsimot logistikasining ob’ekti esa material oqimning jo’natuvchidan iste’molchiga va uni ta’minlovchi boshqa oqimlar harakatidir. Material oqim harkatini ta’minlash uchun boshqa oqimlar harakati (moliyaviy, axborot, transport vositalari oqimlari) ham lozim Taqsimot logistikasida tarqatish yoki yetkazib berish tushunchalaridan tashqari “jismoniy taqsimlash” va “distrib’yutsiya” atamalari ham qullaniladi. Turli mualliflar bu tushnchalarga turlicha ta’rif berishadi, ammo bir guruh mutaxassislar (B.A.Anikin, T.A.Rodkina va boshqalar) ularning sinonim ekanligini ta’kidlaydi. Ayni paytda boshqa bir qator mutaxassislar mazkur tushunchalar turlicha talqin qilishgan. D.Bauersoks ta’rificha, jismoniy taqsimlash (distrib‟yutsiya) – iste’molchilarning buyurtmalarini tahlil etib, ishlab chiqishdan to ularni bajarishgacha, ya’ni tovarlarni bevosita yetkazib berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. V.I.Sergeev bergan ta’rifga, muvofiq taqsimlash (distrib‟yutsiya) – tayyor mahsulotning ishlab chiqaruvchidan oxirgi (yoki o’rtadagi) iste’molchilar, sotuvchi tashkilotlar sari harakatlari, sotuvdan oldingi va keyingi servis xizmatlaridan iborat logistik faollikdir. “Tashkilotni boshqarish” yo’nalishidagi entsiklopedik lug’atga ko’ra tarqatish (taqsimlash, yetkazib berish) – tovarning foydalanish sohasiga o’tish jarayonining dastlabki bosqichi; tovarni tarqatish; tovar oldi-sotdisi. Mazkur lug’atda keltirilishicha, taqsimot logistikasi logistikaning mahsulotni taqsimlash qonun va qonuniyatlarini o’rganish haqidagi bo’limidir. Bunday faoliyat bozor ehtiyojlarini o‟rganishdan boshlab samarali transport-ekspeditsiya xizmatini tashkil etish asosida ularni to‟lato‟kis qondirishgacha bo‟lgan taqsimlash zanjirini o‟z ichiga oladi. A.Kanseni tushunchasiga ko’ra, taqsimot logistikasi bu – tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazish uchun amalga oshiriladigan tashish, ortishtushirish, omborlashtirish, axborot uzatish, saqlash va qayta ishlash kabi operatsiyalarni rejalashtirish, boshqarish va nazorat etish haqidagi fandir. V.Radionova va boshqa mualliflarning fikricha, taqsimot logistikasi material oqimni turli ulgurji xaridorlar o’rtasida taqsimlash jarayonida amalga oshiriladigan o’zaro bog’langan funktsiyalar kompleksidir. Bunday taqsimlash kerakli tovarlarni kerakli manzillarga, o’z muddatida, minimal xarajatlar evaziga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi. Tayyor mahsulotni taqsimlash moddiy-texnik resurslarni ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilish o’rtasidagi bo’g’in bo’lib, ishlab chiqarishdagi aylanma vositalarning aylanish uzluksizligini ta’minlovchi muhim omildir. Eski sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotida uzoq muddat davomida mahsulotni taqsimlash sohasiga yetarli e’tibor berilmadi. G’arb mamalakatlarida esa bu eng asosiy yo’nalish hisoblanar edi. Bundan tashqari, mahsulot va tovarlarni taqsimlash hamda yetkazib berish sohasi oqimlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchigacha bo’lgan sekinlashuvchi harakati bilan xarakterli edi, bunda qondirilmagan talablar yuqori darajada, mahsulot va tovarlar yetishmovchiligi, iste’molchi ehtiyojini ishonchli ta’minlash darajasi va xizmat ko’rsatish sifatining pastligi kabi jiddiy kamchiliklar mavjud edi. O’tgan davrlarda mahsulot va tovarlarni taqsimlash sohasi doimo “qoldiq tamoyili” ostida moliyalashtirilib, boshqaruv rahbariyatida mazkur soha ahamiyatini kamaytirish va odilona tushunmaslik kamchliklari mavjud edi. Taqimlash sohasining ko’p turdagi material oqimlarni boshqarish tizimi tashkiliytexnologik bazasi va infrastrukturasi o’zaro yetarli darajada bog’lanmagan vertikal tekislikda markazlashgan tarmoq va hududiy ta’minot hamda tarqatish organlari tashkil etardi. Ularga misol sifatida sobiq Ittifoq miqyosida faoliyat ko’rsatgan “Davta’minot”, “Davqurilish”, “Davagrosanoat” va “Davneftmahsulot” kabi tuzilmalarni ko’rsatish mumkin. O’tgan davrda sobiq Ittifoq tasarrufida bo’lgan barcha respublikalar ishlab chiqaruvchilari hozirgacha ham ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va taqsimlashda, bozor qitisodiyotini o’rganishda, iqtisodiy jihatdan eng ratsional sotuvchi va taqsimlash kanallarini tanlashda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Bunday holatning asosiy sabablari sifatida logistik xarajatlar yuqoriligi, tovar harakatini ta’minlovchi infratuzilmaning sekin rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalar tovar harakatida, tashishda, uni omborlashtirish va saqlashda keng qo’llanilmasligi hamda shu kabi ko’plab kamchiliklarni keltirish mumkin. Hozirgi paytda tayyor mahsulotlarni taqsimlashda logistik xizmatlar autsorsingi ahamiyati oshib bormoqda. Ishlab chiqarishning logistik funktsiyalari autsorsingsiz kam va mutlaqo samarasiz bo’lib qoladi. Bu esa ishlab chiqarish va infratuzilmaga oid faoliyatlar afzalligini tenglashtirib qo’yadi, ko’p hollarda ularning afzalliklari o’rnini almashtiradi. CHunki autsorsing kompaniya uchun bajarish mushkul va samarasiz bo’lgan yo’nalishlarda shunday faoliyatga ixtisoslashgan boshqa firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanishni ko’zda tutadi. Sobiq Ittifoq tarkibidan chiqqan va hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini rivojlantirayotgan ko’plab mamlakatlarning xom ashyo, tovar va materiallar yetkazib berish tizimida Rossiyaga xos deb ko’rsatilgan quyidagi kamchiliklar mavjud: - asosiy diqqat-e’tibor ishlab chiqarishga qaratilganligi hamda taqsimlash va ta’minlash sohasiga yetarli e’tibor berilmayotganligi; -taqsimlash va ta’minlash sohalarining “qoldiq tamoyili”ga ko’ra markazlashgan holda moliyalashtirilishi; -tovar material resurslarning markazlashgan taqsimlash shakllari bekor qilinganligi va yagona tovar o’tkazish tizimi izdan chiqib ketishi; -tovarlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga sekin harakatlanishi; - qondirilmagan talablar ko’pligi va yetishmovchilik mavjudligi; -iqtisodiyotni boshqarishda tovarlarni taqsimlash va ular bilan iste’molchilarni ta’minlash masalalariga e’tibor sustligi; -sanoat va savdo-sotiq sohalarida taqismlash tizimlarini kompleks rivojlantirish rejalari tuzilmaganligi; -tovar aylanishi tizimida xarajatlar yuqoriligi va ulgurji savdo tashkilotlarida tovarlar bo’yicha ixtisoslashish yo’qligi; - omborxona majmuasidan samarali foydalana olmaslik oqibatlari; - o’rta va yuqori darajadagi ulgurji savdo tizimlarida tovar bozorlari tashkil etilmaganligi; -tarqatish va ta’minot tizimlarining zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologilari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori emasligi; - avtomobillarda va mulьtimodal tashish tizimlari va terminallarning texnik, texnologik darajasi yuqori emasligi; -jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy transport vositalari yo’qligi; -transport vositalarining eskirib ketganligi; - ombor xo’jaligining texnik, texnologik bazasi past darajada ekanligi; - yuklarni qayta ishlash, qadoqlash va o’rashga oid zamonaviy texnologik qurilma va uskunalar yetishmasligi; - ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi pastligi; - zamonaviy tara va o’rash vositalarini ishlab chiqaruvchi sohalar rivojlanmaganligi va sh.k. Taqsimot logistikasini boshqarish ob’ekti yuqorida ta’kidlanganidek, bu material oqim va uning harakatini ta’minlovchi axborot, moliya, xizmat va shu kabi ishlardir. Moddiy oqimlar harakati jarayonini boshqaruvchi sub’ektlar quyidagilar bo’lishi mumkin:
ishlab chiqaruvchilar;
vositachi institutlar (savdo sotiq va funktsional vositachilar);
oxirgi iste’molchilar
Yuqorida ko’rsatilgan vositachi instiutlarning ko’pligi va ulardan foydalanish mezonlari va variantlari turlichaligi tovar va mahsulotlarni tarqatish (etkazib berish) jarayonini optimal boshqarishni qiyinlashtiradi. Bir tomondan tovar - material oqimini yetkazib berish jarayonining logistik zanjir o’rtasida turuvchi bo’g’inlarni kamaytirish asosida tezlashtirish maqsadiga intilsak, ikkinchi tomondan har bir bug’inda bajariladigan funktsiyalarni ixtisoslashtirish istagi o’rtada turuvchi vositachilar sonining oshishini taqozo etadi. SHunday qilib, o’rtada turuvchi vositachi institutlar orqali mahsulot va tovar tarqatish jarayonlarini tizimli takomillashtirish – taqsimot logistikasining asosiy vazifasi va uning faoliyatini muhim sohasi hisoblanadi. Taqsimot logistikasining mikro va makro darajalardagi funktsional ta’minlanishini uning ob’ekti va sub’ekti bilan bog’langan holda aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Taqsimot logistikasining ob’ekti – tovar-material va uni ta’minlovchi yordamchi oqimlar hisoblanadi. Uning sub’ekti esa –tarqatuvchi tarmoq ishtirokchilari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, tovar-material oqim harakatini ta’minlovchi, turli funktsiyalarni umumlashtiruvchi vositachi institutlar va oxirgi iste’molchilardir. Taqsimot logistikasi sub’ektlariga quyidagi elementlarni kiritish mumkin: - makrodarajada yetkazib beruvchi (tarqatuvchi) tashkilotlar, taqsimlash markazlari va omborlar, transport tashkilotlari, sug’urta kompaniyalari, axborot ta’minoti korxonalari, savdo tashkilotlari, konsalьting firmalar; - mikrodarajada logistika bo’limi, taqsimot bo’limi, omborlar, transport va axborot bo’limlari, moliya, standartlashtirish va sifat bo’limlari; Taqsimot logistikasining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: - makrodarajada taqsimlash (tarqatish) kanallari va tarmog’ining tashkiliy tuzilmasini yaratish, taqsimlash kanallarida distryubьyutiv markazlar (bazalar, omborlar) va boshqa logistik bo’g’inlarni joylashtirish, tayyor mahsulotni tashish, taralarni qayta tashib kelish, tarqatish va yig’ish, omborlar tizimida tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, joylashtirish va saqlash, zahiralarni boshqarish, tayyor mahsulotga egalik huquqini berish, tovarlarning buzilmasligi va himoyalanishini ta’minlash; - mikrodarajada buyurtmalar olish va qayta ishlashni ta’minlash, mahsulot va tovarlarni sotishni tashkil etish, ularni o’rash variantlarini tanlash va komplektlashtirish, mahsulotni jo’natish, iste’molchi manziliga tashib yetkazilishini nazorat qilish va topshirish, sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etish, omborlarda tovar harakatini hisobga olish. Taqsimot logistikasining ta’minlovchi funktsiyalari standartlashtirish, moliyalashtirish, tavakkalchilikni sug’urtalash, axborot va ilmiy ta’minot hamda logistik servisdan iborat bo’lib, ular quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali bajariladi: - makrodarajada – tavakkalchilikni sug’urtalash, narxni shakllantirish, mahsulot va tovarlarni tarqatish va bunda maxsus logistik funktsiyalarni bajarishning axborot-kompьyuter tizimida qo’llabquvvatlashni amalga oshirish; - mikrodarajada – tayyor mahsulot sifatini saqlash borasidagi standartlar bajarilishini ta’minlash, soliq to’lovlari, mahsulotni yetkazib berish rejasi bajarilishini nazorat etish. 2. Mahsulot va tovarlarni taqsimlash kanallari Tovar yoki mahsulot jo’natuvchi va oluvchi ikki mikrotizimdan iborat bo’lib, ular o’zaro taqsimlash kanallari bilan bog’langandir. Taqsimlash kanallari turli manbalarda turlicha – marketing yoki logistik kanallar deb ataladi. Taqsimot kanallarini tanlash to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish bevosita butun marketing faoliyatiga ta’sir etuvchi va kompaniya menejmenti uchun murakkab masalalardan biri hisoblanadi.1 Firmalarning taqsimot kanallari to’g’risidagi qarorlari muhim hisoblanadi va boshqa kompaniyalar oldida uzoq muddatli majburiyatlarni olishni ko’zda tutadi. Taqsimot kanallarini rivojlantirish va boshqarish to’g’risidagi qarorlarga kanal faoliyatini ta’minlash texnologiyasi birinchi darajali ta’sir ko’rsatadi. Xaridorlar va sotuvchilar zudlik bilan sotish bo’yicha kelishuvga erishishlari uchun turli tashkiliy texnik-texnologik usullarni qidirishadi. Texnologik marketing kanallari va zamonaviy axborot- kompьyuter tizimlari bu masalada qo’shimcha imkoniyatlar yaratishni hamda moddiy mahsulotlar, mulklar, to’lovlar va axborotlar oqimini tezlashtiradi. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarini bevosita iste’molchilarga sotishmaydi. Ularning o’rtasida butun bir vositachilar tizimi mavjud bo’lib, ular turli xil funktsiyalarni bajarishadi. Vositachilar birgalikda marketing kanalining muhim qismini tashkil etishadi. Taqsimot kanallari – tovarlar yoki xizmatlardan foydalanish yoki ularni iste’mol qilish uchun qulaylik tug’diruvchi hamda o’zaro bog’langan bo’g’inlar yig’indisidir. AQSH marketing assotsiatsiyasi ta’rifiga ko’ra, taqsimot kanali – bu tovar, mahsulot va xizmatlarni sotishda tashkilotning ichki bo’limlarini tashqi agentlar, dilerlar, ulgurji va chakana savdo sotuvchilari bilan birlashtiruvchi tuzilmadir. Moddiy-texnik asosiga ko’ra kanal mahsulotga egalik huquqiga ega bo’lgan yoki bozor almashinuvi asosida egalik huquqini dastlabki xo’jayindan xaridorga yetkazib berishdan iborat tuzilmadir. Taqsimot kanallari ishtirokchilari bir qator muhim vazifalarni bajarishadi, ulardan asosiylari: axborot olish;
tashish, xizmat ko’rsatish;
muzokaralar olib borish;
buyurtmalar tuzish;
moliyalashtirish;
tavakkalchilikni qabul qilish;
tovarga egalik qilish;
to’lovlarni amalga oshirish;
tovarlarni tamg’alash.
Ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ayrimlari (masalan, tovarga egalik qilish, tashish, tamg’alash) to’g’ri oqimga tegishli, ya’ni harakatlar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qaratilgan. Ayrim funktsiyalar esa (buyurtmalar tuzish, to’lov) teskari oqimni tashkil etadi, ya’ni ular iste’molchidan ishlab chiqaruvchiga yo’naltirilgan bo’ladi. Qolgan funktsiyalar (axborot, muzokaralar olib borish, moliyalashtirish, tavakkalchilikni qabul qilish) har ikki yo’nalishda ham mavjuddir. Bir mahsulot ishlab chiqaruvchiga odatda uchta kanal zarur bo’ladi. Ular savdo, transport va servis kanallaridir. Bu funktsiyalar bitta tashkilot tomonidan bajarilishi mumkin. Har bir kanal faoliyati texnologiyalar rivojlanishi bilan takomillashib boradi. Vaqt o’tishi bilan ko’pchilik kompaniyalar sotish kanali sifatida kompьyuterlardan foydalanishadi, xaridor esa eng yaxshi taklifni qidirib topish uchun axborot-kompьyuter xizmatlaridan foydalanishadi. SHuning uchun asosiy masala taqsimot kanallari qancha funktsiyani bajarishida emas, balki bu funktsiyalarning kim tomonidan bajarilishidir. Bu funktsiyalarning barchasiga uchta umumiy xususiyat xos:
ular cheklangan resursdan foydalanishadi; 2) ixtisoslashuv hisobiga funktsiyalar yaxshi bajariladi; 3) kanalning turli a’zolari tomonidan bajarilishi mumkin. Taqsimot kanallari turli darajalarda bo’ladi. Mahsulotni pirovard iste’molchiga yaqinlashtiruuvchi har bir vositachi taqsimot kanali darajasini tashkil etadi. Iste’mol tovarlarini taqsimlash kanallari uzunligi turlicha bo’ladi. To’rt xil darajadagi taqsimlash kanallarini ko’rsatish mumkin. 1. Nolinchi darajali kanal (to’g’idan-to’g’ri marketing kanali ham deyiladi) o’z tovarini pirovard iste’molchiga yo’naltirgan kanaldir. Masalan, iste’molchilarni bevosita xonadonlarda tovar bilan tanishtirish, jo’natma savdosi, telemarketing (telefon orqali savdo), televidenie orqali savdo qilish va boshqalar. 2. Birinchi darajali kanal vositachini o’z ichiga oladi. Masalan, chakana savdo qiluvchi. 3. Ikkinchi darajali kanalda vositachilar ikkita bo’ladi. Keng iste’mol bozorida odatda ulgurji va chakana sotuvchi harakat qiladi. 4. Uchinchi darajali kanalda uchta vositachi bo’ladi. Masalan, go’shtni qayta ishlash sanoatida ulgurji va chakana sotuvchi o’rtasida odatda mayda ulgurji sotuvchi harakat qiladi. Mayda ulgurji sotuvchilar yirik ulgurji vositachilardan tovarlarni sotib olishadi va chakana savdoda sotishadi. Taqsimot kanalining yanada uzun zanjirlari ham mavjud. Masalan, Yaponiyada oziq-ovqat tovarlari taqsimot kanallarining darajasi oltitagacha bo’lishi mumkin. Kanalning biror variantini tanlagandan so’ng firma ayrim vositachilarni tanlashga hamda ularga motivatsiya berishga hamda mazkur vositachilarning keyingi faoliyatini baholashga o’tadi. Ishlab chiqaruvchilar bir-birlaridan ushbu kanalda ishtirok etish uchun vositachilarni jalb qilish imkoniyatlari bilan farqlanadilar. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik firmalar, ko’p hollarda, o’z mahsulotlarini yirik supermarketlar tarmog’i orqali sota olmaydilar. Uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar esa yetarlicha malakaga ega distribьyutorlarni yoki dilerlarni topishga qiynalishadi. Vositachilarni doimo rag’batlantirib borish lozim. SHundagina ular o’z vazifalarini sidqidildan bajarishadi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar o’z mahsulotlarini vositachilar orqali sotmasligi lozim. Mahsulotlarni vositachilar sotib olishlari kerak. Distribьyutorlar uchun ishlab chiqaruvchilar bilan ishlashning uchta varianti mavjud:
kooperatsiyalashuv;
sherikchilik;
taqsimotni rejalashtirish.
Ishlab chiqaruvchi vaqti-vaqti bilan distribьyutorlar faoliyatini quyidagi ko’rsatkichlar orqali baholab turishlari lozim: 1) sotish me’yorini bajarish; 2) zahiralarning o’rtacha darajasi; 3) xaridorga tovarni yetkazib berish vaqti; 4) buzilgan va yo’qolgan tovarlarga bo’lgan munosabat; 5) tovarlarni tashish va xodimlarni o’qitish bo’yicha dasturlarda ishtirok etish. Marketing faoliyati jarayonida sotish muammosi yangi tovarni ishlab chiqarish bosqichidayoq hal qilinadi. SHuning uchun sotish siyosati marketing faoliyatining tashkiliy shakllari va uslublarini tanlashni ko’zda tutadi. Sotish siyosatini ishlab chiqish va asoslash aniq tovarlar va tovarlar guruhiga nisbatan quyidagi masalalarni hal qilishni ko’zda tutadi:
maqsadli bozor yoki uning bo’g’inini tanlash;
sotish tizimini tanlash va kerakli moliyaviy xarajatlarni belgilash;
sotish kanali va uslublarini tanlash;
bozorga chiqish tartibini tanlash;
bozorga chiqish vaqtini tanlash;
tovar harakati va tovarni iste’molchiga yetkazib berish xarajatlarini belgilash;
sotishni rag’batlantirish shakllari va uslublari va buning uchun zarur xarajatlarni belgilash. Sotish tizimini tanlash va kerakli moliyaviy xarajatlarni aniqlash korxona tarkibida ham ichki va ham tashqi bozorlarda bevosita mahsulotlarni sotish bilan mashg’ul bo’linmalar bo’lishini taqozo etadi. Sotish tizimi quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin:
sotishning shaxsiy tizimi;
o’z mamlakati va uning tashqarisidagi kichik korxonalar va filiallar;
firma vakillari; xorijdagi va o’z mamlakatidagi dilerlar;
hamkorlikdagi sotish faoliyati;
boshqa firmalarning sotish mexanizmi. Sotish kanallari va uslublarini tanlash to’laligicha tovar turiga bog’liq. Sotishning muhim kanallari savdo firmalaridan iborat: ulgurji va chakana savdo, eksport, vositachi, konsignatsion hamda agentlik, brokerlik firmalari, vositachilik bozorlari, birjalar, kim oshdi savdolari va shu kabilar. Vositachini tanlashda quyidagi masalalarni o’rganish kerak bo’ladi:
rahbar tomonidan vositachiga taqdim qilinadigan xizmatlarning hajmi;
ishlab chiqaruvchi savdo markasiga vositachining munosabati;
vositachi yordamida sotishni ko’paytirish imkoniyati;
vositachini qo’llab-quvvatlash uchun kerakli xarajatlar
vositachining mijozlarga nisbatan joylashuvi;
vositachining rag’batlantirish bo’yicha tadbirlarda ishtiroki;
vositachining moliyaviy ahvoli;
vositachilik firmasining boshqarish shakllari;
vositachi tomonidan amalga oshirilayotgan reklama faoliyatining hajmi va unga haq to’lash shartlari;
vositachining raqobatchi faoliyatiga munosabati;
vositachi tomonidan bozor haqida taqdim qilinadigan axborotlar hajmi.
Sotish kanallari va uslublarini tanlashda dastavval har bir kanalning ahamiyati, ularning samaradorligi, muomala xarajatlari miqdori, ombor va boshqa xizmat ko’rsatish inshootlarining joylashish tizimlari, narxini tashkil qilish xususiyatlari aniqlanadi. Maqsadli bozorga chiqish vaqtini tanlash ko’proq iste’molchilarning firma maqsadli bozordan xarid qilmoqchi bo’lgan tovarga talab va ehtiyoji darajasini baholashga bog’liq. Bunda bozor holati va uning rivojlanish tendentsiyalarini to’g’ri baholash hamda xaridorning yangi tovarni qabul qilishga tayyorligi va tovarning raqobat qobiliyati darajasi muhim ahamiyatga ega. Tovar harakati va tovarni iste’molchiga yetkazib berish xarajatlari tizimini aniqlash, tovarning xaridorga eng qulay tovar harakatida bo’lishini ko’zda tutadi. “Tovar harakati” atamasi “tovarning jismoniy taqsimlanishi”ni anglatadi, firmaning boshqaruv faoliyatida undan foydalanadi va u transport, omborxona, sug’urta operatsiyalari va ular bilan bog’liq hujjatlarni rasmiylashtirishga kompleks yondashishni nazarda tutadi. Tovar harakati tizimini tanlash tovar harakati xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va faoliyat sharoitlari, maqsadli bozordagi aniq iste’molchiga yetkazib berish muddatlarini aniqlashda muhim hisoblanadi. Bunda quyidagi vazifalarni bajaruvchi logistik tizmini yaratish maqsadga muvofiqdir:
sotishni rag’batlantirish shakllari va uslublarini asoslash. Buning uchun kerakli xarajatlarni va eng samarali vositalarni aniqlash lozim. Bu vositalarga eng avvalo quyidagilarni kiritish kerak: reklama faoliyati; tovar belgisidan foydalanish va sotilgan mahsulotlarga texnik xizmat ko’rsatish;
sotish strategiyasini aniqlash, ya’ni rejalashtirish, qaror qabul qilish va yakuniy maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan harakatlar bilan bog’liq barcha tadbirlarni belgilash;
sotish strategiyasi bu qaror qabul qilish jarayonidir. Hozirgi zamon menejmenti nuqtai nazaridan strategiya belgilovchi, rejalashtiruvchi va ijrochi bosqichlariga bo’linadi;
sotish strategiyasi sotish taktikasidan farqlanadi: taktika ijro etish sohasida yotadi,
sotish taktikasi deganda puxta o’ylangan, hisoblab chiqilgan maqsadli sotishni tushunish kerak. Sotish strategiyasi esa nazariya emas, balki amaliyotda qo’llanilishi lozim bo’lgan vositadir. Sotish strategiyasi sohasidagi qarorlarga kiruvchi sotish yo’llarini tanlash katta ahamiyatga ega. Sotish strategiyasiga quyidagi omillar ta’sir etadi: 1) bozorning holati; 2) mijozlar; 3) xizmat ko’rsatuvchi xodimlar; 4) hajmlar; 5) narx-navolar; 6) mijozlar bilan birinchi aloqani o’rnatish tartibi. Sotish jarayonidagi qarama-qarshiliklarni qo’yidagi holatlardan kelib chiqib hal etish lozim: 1) mijozlarga hech qanday qistov o’tkazmaslik; 2) qulay muhit yaratish; 3) faqat boshqalar vositasida ta’sir qilish, to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilishni to’xtatish; 4) xabardor qilish, tazyiq o’tkazmaslik, bitimni saqlash. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish faoliyati marketing rejasi bilan o’zaro uzviy bog’langan bo’lish kerak. SHuning uchun, xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko’ra, ko’pgina kichik va o’rta kompaniyalarda sotish bo’yicha boshqaruvchi o’z amaliy faoliyatida marketing bo’yicha boshqaruvchi hisoblanadi. SHunday tashkiliy tuzilma maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki unda sotish faoliyati korxonaning marketing va boshqa xo’jalik xizmatlari bilan o’zaro chuqur integratsiyalashuvi va yaqin jipslashib ketishi sodir bo’ladi. Tashkilotlar rahbarlari marketing faoliyatida bevosita ishtirok etmasa ham, marketing kontseptsiyasini o’zlashtirishlari kerak. Marketing kontseptsiyasi bozorda korxonaning umumiy yutuqlarini ta’minlash nuqtai nazaridan uning barcha faoliyati sohalarida qarorlar qabul qilishini ko’zda tutadi va bu tashkiliy, boshqaruv hamda sotish ishlarining xar hil turlarida o’z aksini topishi kerak. SHuning bilan birga, marketing korxonaning barcha yo’nalishlardagi faoliyatining ehtiyojlarini aniqlash, ularni ishlab chiqarish jarayonida hisobga olish, mahsulotlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga harakatini rag’batlantirishga asoslangan barcha turlarini birlashtiruvchi va integratsiyalovchi o’ziga xos “majmua” bo’ladi. Korxonaning bozor iqtisodiyoti talablariga yo’naltirilgan faoliyati xarakteri bozor xususiyatlariga bog’liq. Korxonaning ilmiy-texnik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, xaridorlar ehtiyojlarini qondirish yetkazib beruvchi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’proq bog’liq bo’ladi. Marketing bo’yicha mutaxassislar aniq xaridorlar guruhlari yoki bozor segmentlarining xarid qilish sabablarini aniqlashlari va sotuvchilarga kerakli axborotlarni taqdim qilishlari kerak. Tashqi muhitning ta’siri navbatdagi muhim omil bo’ladi, chunki har bir korxona o’z faoliyatini aniq iqtisodiy vaziyat doirasida amalga oshiradi va tabiiyki, uning ta’sirini hamda mustaqil sohalar bilan bog’liq muammolarni, ya’ni jahon iqtisodiyoti (savdo shartlari, sotish harajatlari, valyuta turlari va hokazo), milliy iqtisodiyot (davriy yuksalishlar va pasayishlar, hukumat siyosati va hokazo), iste’mol bozori (masalan, elektr enegiyasi, gaz, ko’mir, mazutda ishlaydigan markaziy isitish tizimida raqobatni tashkil qiladi), sotish bozori (masalan, markaziy isitish tizimi uchun boshqa qozon ishlab chiqaruvchilarning raqobati) bilan bog’liq muammolarni hal qilish zarurligini sezadi. SHuning uchun marketing rejasini ishlab chiqish va sotish faoliyatini rejalashtirishda ushbu to’rt sohaning korxona faoliyatiga “ta’sir ko’rsatish samarasi” ni hisobga olish juda muhimdir. Marketing va sotishda nazorat qilinmaydigan tashqi omillar: iste’molchi yoki foydalanuvchining odatlari va xizmatlari; raqobat; savdo an’analarini, davlat tomonidan nazorati; texnologik, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy, huquqiy va boshqa omillar ta’sirini hisobga olish zarur. 3. Vositachilarning turlari va vazifalari Taqsimlash kanalini loyihalashtirishning asosiy muommosi – uning tuzilmasini aniqlashdir. Kanal tuzilmasi esa uning vositachilarini aniqlash, tanlash va ular vazifalarini belgilashni taqozo etadi. Vositachilarni tanlash uchun birinchi navbatda ularning turlari va turlar buyicha vazifalarni yaqqol tasavvur etish lozim. Hozirgi logistik amaliyotda vositachilarning ko’plab turlari mavjud bo’lib, ularning yagona ierarxik guruhlashtirilishi ishlab chiqilmagan. Vositachilarni guruhlashtirishning muhim yo’nalishi – bu tovarga egalik va kimning nomidan savdo-sotiq olib borilayotganligi belgilaridir. Bu belgi bo’yicha vositachilar quyidagi guruhlarga bo’linadilar: - dilerlar; - distribьyuterlar ; - komissionerlar; - brokerlar. Dilerlar - ulgurji, ba’zan chakana vositachilar bo’lib, o’zlarining nomidan va hisobidan ish ko’radilar. Ular tovarni shartnomaga muvofiq sotib oladilar va uni isteьmolchiga sotadilar. Distribьyuterlar – ulgurji va chakana vositachilar bo’lib, ular o’zlari hisobiga, lekin ishlab chiqaruvchilar nomidan ish yuritadilar. Ishlab chiqaruvchi distribьyuterga o’z mahsuloti bilan ma’lum hudud doirasida savdo-sotiq qilish huquqini beradi. Ammo bunda distribьyuter mahsulot egasi hisoblanmaydi, u shartnoma asosida uni sotish huquqiga ega bo‟ladi. Komissionerlar – ulgurji va chakana vositachilar bo’lib, ular o’zlarining nomidan va ishlab chikaruvchi hisobiga ish ko’radilar. Komissionerda mahsulotga egalik qilish huquqi mavjud emas, unga ko’rsatgan xizmati uchun ish haqi sifatida sotuv hajmidan ma’lum foiz ajratiladi. Brokerlar – ulgurji va chakana vositachilar bo’lib, ular kontragentlarni o’zaro kelishtirish asosida sotuv operatsiyalari amalga oshirilishiga yordam beradi. Ular o’zlariga berilgan topshiriqlar doirasida ish ko’radi va “oldi-sotdi” operatsiyasi amalga oshirilishiga ta’sir ko’rsatadi, o’zlarining ish haqini esa sotilgan mahsulot hisobiga oladilar. Tovar egaligi bo’lmagan vositachilar funktsional vazifalariga ko’ra guruhlarga bo’linadi. Quyida ularning asosiy xususiyatlarini keltiramiz. Doimiy ulgurji sovdo-sotiq qiluvchilar biznes sohasidagi barcha xizmatlarni amalga oshiradilar. Odatda ular mustaqil kompaniyalar bo’lib, o’zlarining mahsulotga to’liq egalik qilish huquqi asosida iste’molchilar bilan ish ko’radi. Ishlab chiqarish distirbьyuterlari o’z isteьmolchilari turlari bilan doimiy ulgurji savdo qiluvchilardan farq qiladi. Ular sanoat tashkilotlari, kommunal xo’jalik korxonalari, temir yo’llar, xizmat ko’rsatish tashkilotlari sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Alohida partiyalarni yetkazib beruvchilar katta hajmdagi yalpi chiqariladigan tovarlar (ko’mir, o’rmon va qishloq xo’jalik, qurilish materiallari va shu kabilar) bilan shug’ullanadilar. Bunday yetkazib beruvchi kelajakda iste’molchilardan tushadigan buyurtmalarga umid bog’lab katta partiyadagi mahsulotlarni sotib oladi. Mazkur mahsulot (tovar)ga xaridor ma’lum bo’lgach, bu yukni iste’molchiga yetkazib topshirish funktsiyalarini bajaradi. “Pulini to‟la, olib ket” qabilidagi ulgurji sotuvchilar asosan oziq-ovqat sanoatida keng tarqalgan. Ular yuklarni olib borib berish bilan shug’ullanmaydi, chakana xaridor o’zi kelib o’z yukini olib ketadi, pulini to’laydi va o’z do’koniga olib boradi. Aylanib yuruvchi savdogarlar katta foyda keltiruvchi tovarlar bilan shug’ullanadilar. Ular ishlab chiqaruvchidan yoki vositachidan katta hajmda tovar sotib oladi, uni avtomobilga yuklaydi va sotiladigan manzillarga olib boradi. Stellaj savdogarlari tovarni bozor yoki do’konning aniq bir stellaji, vitrinasi va sotish joyiga mo’ljallangan hajmda va turda sotadi va olib borib beradi. Tovar massasini katta partiyalarga komplektlashtiruvchi ulgurji savdogarlar mayda fermerlardan mahsulotlarni sotib oladi va ularni tozalab, navlarga ajratib, ma’lum partiyalarga komplektlashtiradi, keyin esa ularni katta partiyalarda sotib yuboradi. Yarim ulgurji savdogarlar ular asosan ulgurji savdo bilan shug’ullanib, qaysi bir shaklda chakana savdoni ham olib boradilar. Tarqatuvchi agentlar xaridorlarga savdo-sotiq tashkilotlari o’rniga xizmat ko’rsatadi, ular mahsulotga ega emas, faqat komission mukofot uchun ishlaydi. Komission savdogarlar aniq bir “oldi-sotdi”ga xizmat ko’rsatadi, brokerlar esa bunday “oldi-sotdi”ning tashabbuskori sifatida faoliyat olib boradi. Taqsimlash kanallarining samarali faoliyat ko’rsatishi ko’p jihatdan ularni boshqaruvchi tashkilotga bog’liq. Hozirgi paytda bunday tashkilotlarning quyidagi guruhlarini ko’rsatish mumkin: - boshqarishning maьmuriy tizimi; - hamkorlik ko’rinishidagi tizim; - ittifoq tizimi. Ma’muriy tizimda yetakchi firma, odatda asosiy chakana sotuvchi ma’lum rahbarlik funktsiyalarini o’z zimmasiga oladi va savdo-sotiq ishlari bo’yicha hamkorlar va turli xizmatlarni bajaruvchilar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yadi. Bunda barcha mustaqil ishtirokchilar o’zaro hamkorlik ahamiyati va foydasini chuqur tushungan holda ish ko’radilar. Tashkilot va firmalar faoliyatlaridan o’zaro yanada samaraliroq foydalanish uchun hamkorlik va ittifoq ko’rinishidagi tizimlarga jalb etishadi. Hamkorlik ishtirokchilari o’zaro bir-birlariga bog’liqligini yaxshi tushunishadi va ularda o’zaro aloqadorlikda faoliyat ko’rsatish va axborotlashtirishga xohish-istak tug’iladi. Hamkorlik sifatini belgilovchi eng muhim ko’rsatkich – bahodir, chunki baholar ham o’zaro kelishuvga muvofiq belgilansa, bu hamkorlikning yuqori darajasini belgilovchi holatdir. Ittifoq ishtirokchilarining muhim belgisi – ularning biznes yuritish asosiy shartlari va tamoyillariga o’zgartirishlar kiritishdir. Agar ittifoq ishtirokchilari biznesni rivojlantirishning asosiy omillarini to’g’ri tushungan holda ma’lum o’zgartirishlarni amalga oshirishga intilsalar, unda bu hakikiy ittifoqdir. Ittifoq maqsadi – ishtirokchilarning umumiy resurslaridan foydalangan holda ular faoliyatini shunday ixtisoslashtirishga asoslangan bo’lishi kerakki, natijada ish unumdorligi, taqsimlash kanali faoliyatining sifati va raqobatbardoshligi oshsin. Ko’pchilik kompaniyalar o’zlarining xo’jalik aloqalarini ma’lum hujjatlarshartnomalar ko’rinishida rasmiylashtiradilar. Logistik munosabatlarda bunday shartnomalarning eng ko’p tarqalgan turlari quyidagilardan iborat: - franshizlar; - diler kelushuvlar; - maxsus logistik xizmat ko’rsatuvchilar va ularni xaridorlari o’rtasida tuzilgan shartnomalar, masalan: yuk tashuvlarni amalga oshirish uchun transport tashkilotini ijaraga olish haqida; omborxona xizmati ko’rsatuvchi bilan uning isteьmolchisi o’rtasida. SHartnomaviy tizimlarda ixtisoslashish o’rniga qonuniylashtirilgan ikki tomonlama majburiyatlar yuzaga keladi. Bunday rasmiylashtirish ma’lum ma’noda barqarorlikni taьminlaydi. Masalan, franshizlar va diler munosabatlariga ega bo’lgan firmalar o’z mahsulot va xizmatlarini ma’lum geografik hududda amalga oshirish borasida tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi. Ayrim logistik munosabatlar juda katta kapital mablag’larni talab etadi va ularning yakka ta’minlovchilar tomonidan bajarilishi nihoyatda mushkul. SHu tufayli bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi alohida firmalar o’zaro birlashib, bunday og’ir investittsiyalarni amalga oshirishga muvofiq bo’ladilar. Yuk jo’natuvchilarning logistik servis ko’rsatuvchi tashkilotlar bilan birlashishi xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarning tashkiliy shakllarini o’zgartirib yuboradi. Ular mustaqil firmalarga aylanadi. Ko’pfunktsiyali ko’plab logistik kompaniyalar o’zlarining dastlabki firmalaridan ajralib chiqqanlar yoki ularning filiallari shaklidan mustaqil firmalarga aylanganlar. Olib borayotgan tovarlarni taqsimlash siyosati bo’yicha vositachilarning quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:
eksklyuziv vositachilar;
selektiv vositachilar;
jadal vositachilar.
Eksklyuziv vositachilar ma’lum bir ishlab chiqaruvchi tovarlarini tegishli geografik hududda faqat bir diler vositasida yetkazib berish siyosatini olib boradi. Masalan, avtomobilь dilerlari o’z hududlarida o’z tovarlarini sotish bo’yicha eksklyuziv huquqqa ega bo’ladi. Selektiv vositachilar bilan hamkorlikda ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini belgilangan hududda o’tkazish uchun ulardan ma’lum bir qismini tanlab oladi. Ko’pgina sport kiyimlari va boshqa tovarlar selektiv vositachilar yordamida sotiladi. Jadal tarqatish siyosatini tanlagan ishlab chiqaruvchilar imkon boricha ko’p sonli vositachilarni o’z mahsulotlarini o’tkazishga jalb etishga urinadilar. Misol sifatida sut ishlab chiqaruvchi firmalar faoliyatini ko’rsatish mumkin. Zahiralarga egalik qilish va ularni boshqarishda mas’uliyat darajasi va moliyaviy tavakkalchilik shakli bo’yicha asosiy va maxsus vositachilarni ajratish mumkin. Asosiy vositachi – bu zahiralarga egalik qilish borasidagi mas’uliyatni yoki boshqa moliyaviy tavakkalchilik shaklini qabul qilgan kompaniyadir. Maxsus vositachi – ma’lum to’lovlar asosida muhim maxsus xizmatlar ko’rsatuvchi ishtirokchi kompaniyadir. Masalan, yuk tashuvchilarning ishtiroki va ular qabul qilayotgan tavakkalchilik aniq transport operatsiyalarini bajarish bilan cheklangan va shu tufayli ular kanalning maxsus ishtirokchilari hisoblanadi.
Taqsimot logistikasi faoliyatini aniqlashda ikki yo‘l mavjud. Birinchisi, yetkazib beruvchi ombordan tayyor mahsulotni jo'natish operatsiyalar kompleksini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi, ancha keng qamrovga ega vazifalar. Taqsimot logistikasi butun moddiy mahsulot aylanishini — mahsulot o‘qim liniyasidan tushishidan boshlab iste’molchining omboriga tushgungacha bo'lgan jarayonlami amalga oshiradi. Bunda taqsimlash vazifalari mikro- va makrologistika darajasida hal etilishi hisobga olinishi kerak. Mikrologistika darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi:
• sotish jarayonini rejalashtirish;
• mahsulotni o‘rash usulini tanlash, uni butlash va konservalash;
• mahsulotni yuklashni tashkil etish;
• mahsulotni iste’mol etiladigan joyga tamsportda tashilishini nazorat qilish hamda mahsulotni iste’molchiga yetkazish;
• sotuvdan keyingi xizmatlami tashkil etish. Taqsimot logistikasining makro darajasida hal etiladigan vazifalari quyidagilardan iborat:
• moddiy oqimlami taqsimlash chizmasini tanlash;
• taqsimlash vositalarini shakllantirish;
• taqsimlash markazlarini joylashtirish.
Logistika tizimlarining xususiyatlarini o‘rganishda bu tizimlami boshqarish va (yoki) optimallashtirish uchun modellardan foydalanishadi. Uni sun’iy model va turli vositalar yordamida (so‘z, grafika, logika bilan ta’riflab) o‘iganib, haqiqiy analog sifatida ta’riflash mumkin. Har qanday model keng qamrovli bo‘lishi mumkin emas, u aniq muammoni yechishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak, belgilangan paytga qaror qabul qilishni ta’minlashi zarur, chunki kechikib qabul qilingan qaror xato yoki umuman keraksiz bo‘lishi mumkin. Odatda, so‘z orqali ifodalangan va matematik iqtisodiy modellar ajratiladi. Matematik modellaming afzalligi aniqligi, tekshirish mumkin bo‘lganligi va hokazolarda ko'rinadi. So‘z orqali ifoda etiladigan model modelning umuman mavjud bo‘lmaganidan yoki bo'lmasa reallikni soxtalashtiruvchi matematik modeldan foydalanishdan ko‘ra afzalroqdur.
Logistik model deganda o‘zining o‘rindoshi sifatida foydalaniladigan mavhum yoki moddiy bo‘lgan logistik jarayon yoki logistik tizimning har qanday shakli tushuniladi (1-rasm). Bu yerda: