Tarmoq topologiyalari



Yüklə 15,26 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü15,26 Kb.
#76637
Labaratoriya-1


Laboratoriya ishi № 1
Mavzu : Tarmoq turlari, tarmoq topologiyalarini tasnifi. Zaruriy vositalarni tashkil etish
TARMOQ TOPOLOGIYALARI
Bugungi axborotlashgan jamiyatga yetib kelgunga qadar kompyuterlarni birlashtirish, fayllar va turli ko’rinishdagi xabarlar, ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratish borasida ko'plab tadqiqotlar olib borildi. Dastlab kompyuterlarni juft-juft qilib birlashtirishga erishildi, ko'p o'tmay bir nechta kompyuterlarni birlashtirish uchun texnik qurilma va dasturiy ta'minot yaratildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi. Axborotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirishda ko'p kompyuterli birlashmalardan — kompyuter tarmoqlaridan foydalaniladi.Kompyuterlararo ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash uchun lokal tarmoqlardan foydalaniladi. Aynan ana shu kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi axborotlashgan tizimlarni shakllanishiga asos bo’ldi.
Lokal tarmoq — foydalanuvchilarga ommaviy ravishda kompyuterlarda ishlash va ma'lumot almashish, dasturlarni ishlatish, ommaviy ravishda modem, printer va boshqa qurilmalarni ishlatish imkonini beradi. Lokal tarmoqqa kompyuterlarni birlashtirish uchun har xil kompyuterga ulanuvchi tarmoqli adapter (plata), kerakli miqdorda maxsus shtikkerli sim (kabel) lozim. Shunga ko’ra kompyuter tarmoqlari bir necha ko’rinishda tashkil qilinadi va ularni umumiy nom bilan tarmoq topologiyalari deb ataladi.
TARMOQ TOPOLOGIYALARI
Topologiya – bu tarmoqning tuzilishi, bog’lanishdagi fizik yoki elektrik konfiguratsiyasi.
Uning bir nechta turlari mavjud.
Umumiy shina (Bus)

Yulduzsimon (Star)


Xalqa (Ring)
Daraxtsimon (Tree)
Barcha elementlar bir-biri bilan to’g’ridan to’g’ri ulangan topologiya (Mesh)

UMUMIY SHINA


Barcha kompyuterlar bitta (malumotlar shinasi) kabelga ulanadi. Kabelning uchlariga terminatorlar o’rnatiladi. Internet tarmoq uchunularning bo’lishi albatta shart. Bu topologiya asosida 10 Megabitli 10Base-2 va 10Base-5 tarmoqlari tashkil qilinadi. Kompyuterlar aro bog’lovchi sifatida koaksial kabellar ishlatiladi. 


Koaksial kabel
Koaksial so’zi lotinchadan olingan bo’lib ko-birgalikda va axis-o’q degan ma’noni anglatadi. U bir-biri bilan dielektrik qoplam bilan ajratilgan ikki metall silindrlardan iborat bo’ladi.
YULDUZCHA” TOPOLOGIYASI

Har bir kompyuter va qurilmalar konsentrator yoki takrorlovchi (репитер) yoki hab (Hub) deb ataluvchi qurilma portiga alohida alohida ulanadi.

Kompyuter tarmog'i quyidagi qismlardan tashkil topadi:
Tarmoq abonentlari - tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste'mol qiluvchi ob'ektdir.
Alohida EHMlar, EHM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, dasturiy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo’lishlari mumkin. Tarmoqning har bir abonenti stansiyaga ulanadi.
Stansiya 
- axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob'ekt.
Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi" deb ataladi. Abonentlarning o’zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo’lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti - elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma'lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir.
Yüklə 15,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin