Bajardi FNP001-L1 guruh talabasi Muhammadjonov Komronbek Tekshirdi: Akmuradov Baxtiyor O’ralovich
1-LABORATORIYA ISHI Mavzu: TCP kliyent-server tarmoq dasturini yaratish Ishning maqsadi: Talabalarda Java dasturlash tili java.net.* va java.io.* paketlari klasslaridan foydalanib TCP kliyent-server tarmoq dasturini yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Nazariy qism: TCP kliyentini yaratish. Kliyentning birinchi o‘rinda bajaradigan vazifasi server bilan aloqa o‘rnatishdan iborat. Server va kliyent o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun Socket obyekti yaratiladi. TCP kliyent soketi ilovasini yaratish uchun quyidagi vazifalar bajariladi: 1. Socket obyektidan foydalanib kliyent soketini yaratish. 2. Soketga yozish va undan o‘qish. 3. Ulanishni tugallash. Kliyent soketini yaratish. Kliyent soketining obyekti server tomonidan eshitiladigan ikki parametr IP manzil va port raqamini qabul qiluvchi Socket klassining konstruktori yordamida yaratiladi. Socket clientSocket = new Socket("127.0.0.1", 1001); Yuqoridagi kod fragmentida 127.0.0.1 ga teng bo‘lgan IP manzil va 1001- port shunday soketni aniqlaydiki, ushbu soketda server kliyent so‘rovlarini kutadi. Soketdan o‘qish va yozish. Kliyent va server o‘rtasida ulanish o‘rnatilganidan so‘ng kliyent serverga soket orqali so‘rov yuboradi. Soketdan o‘qish va yozish fayldan o‘qish va yozishga o‘xshash.