TASDIQLAYMAN IT Park Xorazm filiali ta’lim bo’yicha menejeri
____________ U.Jumaniyozov
“___” “__________” 2022y.
Xorazm viloyati Xiva shahrida “Best soft challenge - 2022” doirasida yoshlar o’rtasida o’tkazilgan tanlov va uning natijalarining 1–son BAYONI Xiva shahri 30.03.2022y
Raislik qiluvchi:
X.Palvonov
Xiva shahar shahar raqamli texnologiyalar o’quv markazi menejeri
Qatnashdi:
B.Polvonnazarov
Xiva shahar yoshlar agentligi mas’ul xodimi va IT Park Xorazm filiali menejeri hamda ishtirokchilar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19-yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92 – son Qaroriga muvofiq viloyatning barcha shahar va tumanlarida mahalliy kesimda o’tkazilayotgan “Best soft challenge - 2022” tanlovi Xorazm viloyati Xiva shahridagi ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar o’rtasida o’tkazildi.
Tadbirlarda istirok etgan yoshlar soni 20 nafarni tashkil etib, shundan ishtirok etgan qatnashchilar soni 11 nafarni tashkil etdi. Ishtorkchilar tomonidan Kompyuter va mobil o’yinlar sohasidagi IT-loyihalar va Savdo va xizmatlar sohasidagi IT nominatsiyalari bo’yicha ishtirok etdilar.
O’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra 1-o’rinni Sobirov Najmiddin, 2-o’rinni Sadullayev va 3-o’rinni Otabayev Humoyunlar egallashdi.
Tanlov g’oliblariga hamkorlar tomonidan qimmatbaho estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar taqdim etildi.
Bayonnoma tuzuvchi,
Xiva shahar raqamli texnologiyalar o’quv markazi menejeri