Tasdiqlayman” Urganch shahar 2-son khm direktori I. O. Zaripov Urganch shahar 2-son kasb-hunar maktabi



Yüklə 69,9 Kb.
tarix16.10.2023
ölçüsü69,9 Kb.
#156345
5-var







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

Tasdiqlayman”


Urganch shahar 2-son KHM direktori
________________I.O.Zaripov


Urganch shahar 2-son kasb-hunar maktabi
_______bosqich _________guruh o‘quvchisi
______________________________________________ning
tarix fanidan davlat imtihoni uchun test savollari



    1. o‘quv yili

5-Variant
1. O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasining Nizomi kuchga kirgan vaqtda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) ,,Davlat apparatini mahalliylashtirish va yerli millat ishchilarini ishlab chiqarishga jalb qilish to‘g`risida“gi masala ko‘rib chiqildi;
B) “Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy Komissiyasi” tuzildi;
C) Partiya, sovet, xo‘jalik, kasaba uyushmalari va kooperativ tashkilotlarga mahalliy aholini jalb qilish“ to‘g`risida masala ko‘rib chiqildi;
D) “Davlat apparatini o‘zbeklashtirish to‘g`risida”gi qaror qabul qilindi;

2. Latviya, Litva, Estoniya hududlari bosib olingan yilda sodir bo‘lgan voqeani belgilang.


A) sovet – fin urushi nihoyasiga yetdi;
B) SSSR Millatlar Ligasidan chiqarildi;
C) SSSR va Germaniya o‘rtasida do‘stlik va chegara to‘g`risida shartnoma imzolandi;
D) Germaniya Polshaga hujum qildi;

3. Fashistlar Germaniyasi qachon SSSR hududiga bostirib kirdi?


A) 1941 – yil 22 – iyun B) 1941 – yil 30 – iyun
C) 1941 – yil 23 – 24 – iyun D) 1941 – yil oktabr

4.1941 – yil 30 – iyunda tashkil topgan Davlat Mudofaa Qo‘mitasiga kim rahbarlik qilgan?


A) I.V. Stalin B) V.I.Lenin
C) Usmon Yusupov D) M.I.Kalinin

5. O‘zbekistonda kim o‘zbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilishga bosh – qosh bo‘ldi?


A)Usmon Yusupov B) Akmal Ikromov
C) Fayzulla Xo‘jayev D) Sharof Rashidov

6. 1941 – yil oktabrda barpo etilgan zavod qayerdan ko‘chirilib keltirilgan edi?


A) Moskva viloyati Ximki shahridan
B) Ukrainadagi Kiyevdan
C) Rostov o‘lkasidan
D) Chelyabinskdan

7. Quyidagi qaysi urush natijasida Viborg shahri va Ladoga ko‘li atrofidagi hududlar Sovet davlatiga qo‘shib olinadi?


A) sovet-yapon B) sovet-polsha C) sovet-fin D) sovet-nemis

8. Quyidagi qaysi urush natijasida Viborg shahri va Ladoga ko‘li atrofidagi hududlar Sovet davlatiga qo‘shib olinadi?


A) sovet-yapon B) sovet-polsha
C) sovet-fin D) sovet-nemis

9. SSSR va Germaniya o‘rtasida do‘stlik va chegaralar to‘g’risida shartnoma imzolanganidan keyin quyidagi qaysi hududlar qizil armiya qismlari tomonidan bosib olinadi va SSSRga qo‘shib olinadi?


A) Bessarabiya va Bukovina B) Polsha, Boltiqbo‘yi va Finlyandiya
C) G’arbiy Ukaraina va G’arbiy Belorussiya D) Boltiqbo‘yi davlatlari

10. Davlat Mudofaa Komitetining “Milliy harbiy qo‘shilmalar tashkil etish to‘g’risida”gi qaroriga muvofiq, harbiy diviziyalar tarkibiga mahalliy xalqning necha yoshdan katta bo‘lmagan sog’lom va baquvvat kishilari olinishi kerak edi?


A) 30 B) 40 C) 35 D) 20

11. “Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg’on ilmdir” tarixdan saboq chiqarish to‘g’risidagi ushbu so‘zlar qaysi ma’rifatparvarga tegishli edi?


A) Mahmudxoja Behbudiy B) Ubaydulla Xo‘jayev
C) Abdurauf Fitrat D) Munavvarqori Abdurashidxonov

12. O‘zbekiston tarixida sovet davrining ikkinchi bosqichi qaysi voqealar oralig’idagi davrni qamrab olgan?


A) Xorazm va Buxoro respublikalari tuzilishidan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tuzilgunga qadar bo‘lgan davr
B) Oktabr inqilobi o‘tkazilishidan “qayta qurish” siyosati boshlangunga qadar bo‘lgan davr
C) O‘zbekiston SSR tuzilishidan sovet davlatining parchalanishiga qadar bo‘lgan davr
D) Sovet davlati tuzilishidan tortib u parchalagunga qadar bo‘lgan davr

13. Butun millatning jangovar chaqirig’iga aylangan “Haq olinur, berilmas” shiori muallifini aniqlang.


A) Munavvarqori Abdurashidxonov B) Mahmudxoja Behbudiy
C) Sadriddin Ayniy D) Abdurauf Fitrat

14. Fevral inqilobi oqibatida Turkiston o‘lkasida vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagini kimlar tashkil qilishgan?


A) harbiylar B) ishchilar C) jadidlar D) dehqonlar

15.1917-yil 14-martda Toshkentda taraqqiyparvarlar qanday ijtimoiy-siyosiy tashkilotga asos soladilar?


A) “Ittifoqi Musilimin” B) “Sho‘royi Islomiya” C) “Sho‘royi Ulamo” D) “Al-Muslimiya”

16. 1918-yil may oyida …..


A) Bolsheviklar tomonidan “Sho‘royi Islomiya” va “Sho‘royi Ulamo” tashkilotlari faoliyati tugatiladi
B) Taraqqiyparvar ziyolilar va eskilik tarafdorlari bo‘lgan ulamolar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar o‘zaro ajralishga olib keldi
C) Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV syezdi bo‘lib o‘tadi
D) Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqadi
17. Butunturkiston musulmonlarining I-qurultoyida Kraymussovetning tarkibiga kotiblar etib kimlar saylangan edi?
A) Islom Sulton Shoahmedov va Ubaydulla Xo‘jayev
B) Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori
C) Mahmuxoja Behbudiy va Abduqodir Shakuriy
D) Ubaydulla Xo‘jayev va Abduqodir Shakuriy

18. Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi o‘z oldiga qanday yagona vazifani qo‘ygan edi?


A) Barcha turkiy xalqlar harbiy ittifoqini tuzish
B) Xalqning ijtimoiy-ma’naviy ongini yuksaltirish
C) O‘lkadagi barcha xalqlarning ijtimoiy tengligini yaratish
D) Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash

19. O‘lkadagi eskilik tarafdorlari bo‘lgan qadimchilar 1917-yil iyunda qaysi shaharlarda yangi jamiyat – “Sho‘roi Ulamo”ga asos solishgan edi?


A) Toshkent va Qo‘qonda B) Qo‘qon va Andijonda
C) Samarqand va Toshkentda D) Namangan va O‘shda

20. Harbiy kommunizm davrida kimlarning yerlarini tortib olish hisobiga dastlabki qishloq xo‘jalik shirkatlari, kommunalar, sovxozlar tashkil qilingan edi?


A) islom dini ruhoniylari va masjidlar mulki
B) tadbirkorlar va savdogarlar
C) yirik boylar va zamindorlar
D) yirik zamindorlar va nochor kambag’allar

21. Sovet hokimiyatining dastlabki davrida kimlar tekinxo‘rlar deb e’lon qilinib, fuqarolik huquqlaridan mahrum etilgan?


A) din xizmatchilari B) xususiy mulk egalari
C) partiyasiz fuqarolar
D) partiya safidan chetlashtirilganlar

22.Qo‘qon uyezdidagi harakatning dastlabki tayanch nuqtasi qaysi hudud hisoblangan?


A) Gulcha B) Langarbob C) Bachqir D) Rishton

23. “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” so‘zlari muallifi bo‘lgan allomani aniqlang.


A) A.Avloniy B) M.Behbudiy C) A.Fitrat D) Cho‘lpon

24 . “Yosh xivaliklar” partiyasi tashkil topgan sanani aniqlang.


A) 1910-yil B) 1917-yil C) 1915-yil D) 1914-yil

25. Sovet hukumati rahbari V.I. Lenin buyrug’iga ko‘ra O‘rta Osiyoning favqulodda komissari etib kim yuborilgan edi?


A) F. Kolesov B) P. Kobozev
C) A. Tuxachevskiy D) G. Gippius

26. Quyidagilar orasidan “Tarixi nafoe”(“Foydali tarix”) asari muallifini aniqlang.


A) Mirza Salimbek B) Ahmad Donish C) Is’hoqxon Ibrat D) Muhammad Ali Baljuvoniy

27. Amir Olimxon qanday maqsadda amirlik poytaxtini tashlanib Buxoroning sharqiy tomoniga chekinadi?


A) o‘z jonini omon saqlash maqsadida
B) sharqiy hududlarni qizil armiyadan himoya qilish maqsadida
C) oila a’zolarini chegaradan chet elga chiqarib yuborish maqsadida
D)shahar obidalari va aholini omon saqlash maqsadida

28. O‘zbekiston havo yo‘llarida yuksak tezliklar va parvozlar davrini ochib bergan TU-104 rusumli yo‘lovchi tashuvchi samolyotlar qaysi vaqtdan boshlab paydo bo‘lishgan?


A) XX asrning 70-yillari B) Ikkinchi jahon urushi yillari
C) XX asrning 60-yillari oxiri D) XX asrning 50-yillari boshi

29.Ikkinchi besh yillikning asosiy vazifasi nimadan iborat edi?


A) savodsizlikni mamlakat bo‘ylab tugatish;
B) qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish;
C) sanoatni industrlashtirish
D)sotsialistik madaniyatni rivojlantirish;

30. O‘zbek diviziyasini milliylashtirish, bu diviziya yordamida O‘zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlat barpo etishda ayblangan shaxslar otib tashlangan vaqtda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.


A) Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy otib tashlandi;
B) Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov qamoqqa olindi;
C) Mirkomil Mirsharopov qamoqqa olindi;
D) ,,Milliy Istiqlol“ a’zolari otib o‘ldirishga hukm qilindi;

31. ,,Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmui qachon ochildi?


A) 2000 – yil 12 – may B) 1999 – yil 14 – aprel
C) 2001 – yil 12 – aprel D) 2002 – yil 14 – may

32. ,,Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmui kimning tashabbusi bilan barpo etilgan?


A) Fayzulla Xo‘jayev B) Sharof Rashidov
C) Akmal Ikromov D) Islom Karimov

33. Qachondan boshlab 31 – avgust Qatag`on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda?


A) 1991 -yil B) 2001 -yil C) 2002- yil D) 2000 - yil

34. 1929-yil may oyida qaysi shaharda o‘tgan O‘zbekiston adiblari, imlochilari va yetakchi ziyolilari konferensiyasida o‘zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi?


A) Toshkent B)Samarqand C) Buxoro D) Qo‘qon

35.Arab imlosi asosidagi o‘zbek yozuvi tugatilib, undan lotin grafikasiga o‘tilganidan necha yil o‘tib, kirill alifbosi negiziga qurilgan yozuvga o‘tildi?


A) sakkiz yil B) to‘qqiz yil C) o‘n yil D) o‘n bir yil

36. Ma’lumki, 1924-yilning oxirgi davrida O‘rta Osiyo Respublikalarida hammasi bo‘lib 8 131 062 kishi yashagan edi, ularning qariyb yarmisi qaysi respublikada istiqomat qilishgan?


A) O‘zbekiston SSR B) Qozog’iston SSR
C) Turkmaniston SSR D) Tojikiston SSR

37. O‘zbekiston SSR tashkil etilgan vaqtda uning tarkibiga kiritilgan Zarafshon viloyatining hozirgi nomi qaysi qatorda to‘g’ri ko‘rsatilgan?


A) Zarafshon B) Samarqand C) Navoiy D) Buxoro

38. Ayrim shaxs yoki birlashmalarning xususiy mulki bo‘lgan yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport va boshqa sohalarni davlat ixtiyoriga olish qaysi atama bilan izohlanadi?


A) ekspropriatsiya B) natsionalizatsiya
C) ekspansiya D) anneksiya
39. Kolxozlar va sovxozlar tuzilganidan so‘ng ayollarni qaysi kasbga o‘rgatish avj oldi?
A) fermerlik B) traktorchilik
C) paxtachilik D) o‘qituvchilik
40. Turkistonlik muhojirlar Mustafo Cho‘qay va Vali Qayumxon tashabbusi bilan 1942-yil martda ….
A) Qo‘shilmaslik harakatiga asos solinadi
B) Turkiston legioniga asos solinadi
C) Volga-Ural legioniga asos solinadi
D) Ikkinchi front tashkil qilinadi

41. Ulug’ vatan urushi boshlangach front yaqinidagi shahar va qishloqlardan aholi, sanoat korxonalari, muassasalar va boshqa moddiy boyliklar …… ko‘chiriladi.


A) g’arbga B) janubga C) shimolga D) sharqqa

42. 28 nafar fashistni yer tishlatgan, mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan shaxsni belgilang.


A)Zebo G`aniyeva B) Qo‘chqor Turdiyev
C) Xalloq Aminov D) Omon Umarov

43. Ikkinchi jahon urushi qaysi davlatning so‘zsiz taslim bo‘lishi bilan nihoyasiga yetdi?


A) Yaponiya B) Germaniya C) Italiya D) SSSR

44. Fotima Qosimova …..


A) Mudofaa fondiga o‘z hisobidan 50 ming so‘m topshirgan o‘zbek raqqosasi
B) 10 ta bolani o‘z quchog’iga olib, mehr ko‘rsatgan kolxozchi ayol
C) 13 ta bolani o‘z quchog’iga olib, mehr ko‘rsatgan kattaqo‘rg’onlik ayol
D) Tashselmash zavodida o‘z normasini 400-500 foizga oshirib bajargan ishchi ayol

45. Urushdan keying yillarda O‘zbekiston SSR Markazi uchun asosan qaysi xomashyo bazasi bo‘lib xizmat qilgan?
A) neft-gaz B) g’alla C) sholi D) paxta

46. Qaysi yildan boshlab Mirzacho‘l shaharchasi Guliston shahriga aylantiriladi?


A) 1957-yil B) 1963-yil C) 1967-yil D) 1961-yil

47. XX asrning 40-yillari oxiri – 50-yillari boshlaridagi qatag’onlar asosan …… qarshi qaratilgan edi.


A) partiya xodimlariga va kadrlarga
B) kolxoz va sovxoz dehqonlariga
C) madaniyat va fan arboblariga
D) harbiylarga

48. KPSS MK Bosh sektetari va SSSR Ministrlar Sovetining raislarini ketma – ketlikda belgilang.


A) I.V.Stalin, G.Malenkov, N.Xrushyov
B) G.Malenkov, I.V.Stalin, N.Xrushyov
C) N.Xrushyov, G.Malenkov, I.V.Stalin
D) M.Kalinin, N.Xrushyov, I.V.Stalin

49. Amir Olimxon qanday maqsadda amirlik poytaxtini tashlab Buxoroning sharqiy tomoniga chekinadi?


A) o‘z jonini omon saqlash maqsadida
B) sharqiy hududlarni qizil armiyadan himoya qilish maqsadida
C) oila a’zolarini chegaradan chet elga chiqarib yuborish maqsadida
D) shahar obidalari va aholini omon saqlash maqsadida
50. SSSR tashkil etilgan vaqtda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.
A) I.V.Stalin kommunistik partiyaga rahbarlik qilishga keldi;
B) V.I.Lenin kommunistik partiyaga rahbarlik qilishga keldi;
C) Shaxsga sig`inish ta’qiqlandi;
D) Georgiy Malenkov SSSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimiga tayinlandi;

51. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston sanoatini tiklash uchun Markaz qanday tamoyil asosida harakat qildi?


A) Markaz manfaatidan kelib chiqqan holda reja tuzildi
B) O‘zbekistonning geografik holati va tabiiy inkoniyatlaridan kelib chiqib reja tuzildi
C) O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatlar va ko‘pmillatli aholi manfaatidan kelib chiqib reja qilindi
D) O‘zbekiston rahbarlari fikrlari inobatga olingan holda reja tuzildi

52. O‘zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishiga Markazning qanday siyosati sabab bo‘lgan edi?


A) O‘zbekiston elektr energiya ishlab chiqiarishga ixtisoslashtirilishi
B) Ko‘plab GES va GRESlarning qurilishi
C) O‘zbekistonga xomashyo yetkazib beruvchi chekka hudud deb qaraganligi
D) O‘zbekistonga ishchi kuchi ko‘p va arzon bo‘lgan mamlakat sifatida qaraganligi

53. Qachondan boshlab O‘zbekistonning mashinasozlik sanoati qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarishga o‘tkazildi?


A) 1943-yilda B) 1944-yildan
C) 1945-yildan D) 1946-yildan

54. Guliston shahrining dastlabki nomini toping.


A) Mirzacho‘l B) Zafarabod C) Oq oltin D) Sovetobod

55. Monokultura so‘ziga ta’rif to‘g‘ri berilgan qatorni toping.


A) zavod va fabrikalarning faqat bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishi
B) bitta madaniyatdan boshqa madaniyatni tan olmaslik
C) almashlab ekishga amal qilmasdan, bir xil ekinni muttasil ekish
D) yerga ishlov berishning yagona usulidan foydalanish

56. Stalin vafotidan keyin qatag‘on qilingan o‘zbekistonliklarning qanchasi oqlangan?


A) 35 minggi B) 40 minggi C) 50 minggi D) 30 minggi

57. Kimning rahbarligi davrida O‘zbekistonda ziyolilarni qatag‘on qilish siyosati avj oldirildi?


A) Sobir Kamolov B) Nuriddin Muhiddinov
C) Usmon Yusupov D) Amin Niyozov

58. Milliy respublikalar huquqini rasmiy cheklagan Konstitutsiya kimning rahbarligida tayyorlangan?


A) N. Xrushyov B) L. Brejnev
C) I. Stalin D) M. Jukov

59. Sovet jamiyatida qaysi siyosiy tuzulma rahbarlik qiluvchi va yo‘naltiruvchi kuch hisoblanib, sovetlar va jamoa tashkilotlariga o‘z irodasini amalda zo‘rlik bilan o‘tkazgan?


A) Komsomol B) NKVD C) MTS D) Kompartiya

60. Sovet boshqaruvi davrida aholining ijtimoiy-maishiy masalalarga doir shikoyat va takliflar qaysi organ tomonidan ko‘rib chiqilgan?


A) partiya komitetlari B) kasaba uyushmalari C) sovet xo‘jaliklari D) Birlshgan siyosiy boshqarma

61. Partiya nomenklaturasi – bu ….


A) Partiyaning jamiyatdagi barcha sohalar ustidan yakkahukmronligi
B) Partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar
C) Hukumatda ikki yoki undan ko‘p partiyaning hukmronligi
D) Mamlakat miqyosida ko‘ppartiyaviylikning tugatilishi

62. Oltin va uran ma’danlari qazib olish sanoatining paydo bo‘lishi qaysi hududdagi tumanlarning o‘zlashtirilishi bilan bog’liq?


A) Mirzacho‘l B) Buxoro C) Qizilqum D) Farg’ona

63. Orol dengizida suv sathi jadal sur’atda pasayib ketishining sababini aniqlang.


A) Sayyoradagi iqlimning keskin isib ketishi oqibatida yerlarning quruqlanishi
B) Sug’oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida Amudaryo va Sirdaryodagi suv miqdorining keskin kamayishi
C) Yog’ingarchilikning kam bo‘lishi
D) Amudaryo va Sirdaryo havzasidagi suvlarning Kaspiy dengizi oqimiga burilib ketishi

64. “Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori chiqqan sanani aniqlang.


A) 1997-yil 15-mart B) 2017-yil 30-iyun
C) 2018-yil 17-mart D) 2017-yil 27-mart

65. Muruntov, Krasnagorsk, Zafarobod, Shalqar shaharchalarining vujudga kelishi qaysi sanoat korxonasi bilan bog’liq?


A) Navoiy kon-metallurgiya kombinati
B) Gazli neft-gaz koni
C) Bekobod metallurgiya zavodi
D) Samarqand superfosfat zavodi

66. O‘zbekiston SSR ning qaysi viloyati Sovet Ittifoqining Yevropa qismiga va sotsialistik mamlakatlarga gaz yetkazib bergan?


A) Buxoro B) Navoiy C) Farg’ona D) Qashqadaryo

67. Qishloq xo‘jaligida g’o‘zani defoliatsiya qilish jarayoni asosan nimalar yordamida bajarilgan?


A)samolyotlar B) qo‘sh ho‘kizlar C) traktorlar D) qo‘l mehnati bian

68. Orolbo‘yi mintaqasi ma’muriy jihatdan qaysi mamlakatlar hududi hisoblanadi?


A) O‘zbekiston va Turkmaniston B) Qirg’iziston va Qozog’iston
C) O‘zbekiston va Qozog’iston D) O‘zbekiston va Qirg’iziston

69. Orol dengizining qurishi natijasida Amudaryoning quyi oqimida qanday xo‘jaliklar inqirozga uchrab, yo‘q bo‘lib ketgan?


A) chorvachilik va dehqonchilik
B) mo‘ynachilik, ovchilik va dehqonchilik
C) to‘qimachilik, zargarlik va baliqchilik
D) baliqchilik, mo‘ynachilik va ovchilik

70. Toshkent metropoliteining birinchi navbati kimning tashabbusi bilan amalga oshirilgan edi?


A) Sharof Rashidov B) Inomjon Usmonxo‘jayev
C) Nuriddin Muhiddinov D) Nazar Matchonov

71. “Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash haqida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qachon qabul qilindi?


A) 2017-yil 16-fevralda B) 2016-yil 30-dekabrda
C) 2017-yil 27-martda D) 2016-yil 26-dekabrda

72. XX asrning 50-yillarida ochilgan Jarqo‘rg‘on, Qorovulbozor, Sariqtoshlardan nima qazib olingan?


A) oltin B) temir C) gaz D) neft



Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Javob































































To‘g’ri javob


































































Savol

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

36

37

38

39

40

Javob































































To‘g’ri javob


































































Savol

41

42

43

44

45

46

47

48

49

50

51

52

53

54

55

56

57

58

59

60

Javob































































To‘g’ri javob


































































Savol

61

62

63

64

65

66

67

68

69

70

71

72

Javob







































To‘g’ri javob









































Tuzuvchi: ______________ Sabanova N
Yüklə 69,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin