Tayyorladi : Xasanboyev Azamatjon
MS word matn prosessorini interfeys oynasining tuzilishi. Worda axborot texnologiyalari fanidan yaratilgan o’quv uslubiy majmuaning yuzini tayyorlash. Guruh o’quvchilari haqida ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash.
Word prosessori ishga tushgandan keyin ekranda muharrir oynasi hosil bo’ladi. Oynaning ayrim elementlari Winodws sistemasida ishlaydigan barcha dasturlarda uchraydi, ayrimlari esa faqat Word muharririga tegishlidir.
1. Sarlavha va menyu satri.Word oynasi yuqori qismida sarlavha satri joylashadi. Unda sistemali menyu tugmasi, hujjat nomi, kichraytirish va kattalashtirish tugmalari joylashgan. Word ishga tushganda faylga «Документ 1» nomi beriladi. Bir necha hujjat bilan ishlaganda nomning raqami o’zgaradi, ya’ni masalan, «Документ 2» va hokazo. Yangi matnga «Документ» nomi beriladi. Bu nom hujjatning nomi o’zgartirilgandan so’ng o’zgaradi. Sarlavha satridan so’ng menyu satri joylashadi. Menyudan zarur buyruqlar tanlanadi.
2. Asboblar paneli. Menyu satridan so'ng turli asboblar panellari joylashadi. Bu panellar turli tugmalardan tashkil topgan, har bir tugma Word muharririning biror buyrug'ini anglatadi. Buyruq bajarilishi uchun panelning mos tugmasi ustida sichqoncha tugmasini bosish yetarli bo'ladi. Agar oynada kerakli asboblar paneli bo'lmasa, Видmenyusining Панели инструментов qism menyusidagi mos buyruqni tanlash kerak. Asboblar panelini Word oynasiga yo'lakcha yoki oyna shaklida o'rnatish mumkin.
3. O’tkazish yo’lakchasi. Hujjatdan o'ngda va pastda vertikal va gorizontal o'tkazish yo'lakchalari mavjud. Ular hujjat ekranga sig'magan holda, matnni yuqoriga-pastga yoki chapga-o'ngga o'tkazadi va matnning ekranda ko'rinmayotgan qismlarini ko'rsatadi.
4. Holat va menyu satri. Oynaning pastki qismida Word muharririning holat satri joylashadi. Unda, odatda, kursorning joriy va tahrir qilish holati haqidagi ma'lumotlar chiqariladi.