Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 28-maktab Tarbiya fan o‘qituvchisi Dusmanov Olimjon 6-sinf “Tarbiya” Bilim ol, kasb-hunar tanla Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar: Savollarga javob bering Bilim olish qanchalik muhim? Bilim, malaka va ko‘nikma o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Bizning yurtimiz hunarmandchilikning qanday turlari bilan mashhur?
Tajriba qanday shakllanadi va to‘planadi?
Qanday kasblar bor va ular nima uchun paydo bo‘lgan?
Insonga bilim uchun nimaga kerak
Biz yashayotgan, o‘sib-ulg‘ayayotgan dunyo ulkan va murakkab, ba’zan hatto xavflidir. Bu dunyoda o‘z o‘rnimizni topish uchun har birimiz ko‘p narsalarni bilishimiz va o‘rganishimiz lozim. Bir necha yildan keyin biz kasb tanlashimiz kerak bo’ladi. Buni maktabdagi barcha fanlardan puxta tayyorlangan holda amalga oshirish mumkin
Tarixiy va adabiy asarlarni, ularning qahramonlarini chuqur o‘rganishimiz, xatti-harakatlaridan o‘rnak olishimiz mumkin. Ona tilimizni o’rganish asnosida biz fikr va mulohazalarimizni bayon etishni o‘rganamiz. Xorijiy tillarni o‘rganish esa, dunyo xalqlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishda, ular bilan hamkorlik qilishda asqatadi.
Shular qatorida botanika, biologiya, kimyo, fizika, geografiya fanlari tabiat sirlari va uning qonuniyatlarini ochib beradi, matematika esa, fikrlash va tasavvurni rivojlantiradi.
Topshiriqni bajaring!
Yuqoridagi matnga yana nimalarni qo‘shimcha qilgan bo‘lardingiz? Fikrlaringizni asoslang
Quyida keltirilgan bilimlar manbayi diagrammasidan foydalanib, har kuni qaysi manbalar orqali bilimingizni oshirayotganingizni o‘ylang va izohlang.
Bilim va ko‘nikmalar Buyuk nemis faylasufi Gyote aytganidek: “Bilimning o‘zi yetarli emas, uni amalda qo‘llay bilish ham kerak; istakning o‘zi yetarli emas, harakatlanish kerak”. Ya’ni inson uchun shunchaki bilimga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi, bu bilimlarni hayotda qo‘llay bilishi ham zarur.
Masalan, siz yaxshi xulq-atvor qoidalarini bilasiz, ammo bu o‘zingizni yaxshi xulqli inson, deb hisoblash uchun yetarli emas. Ushbu qoidalarni vaziyatga qarab, qanday qo‘llashni bilish malaka orqali yuzaga chiqadi. Malaka – bu kasb-hunarni, ishni o‘zlashtirish orqali orttirilgan tajriba.
Inson muayyan amallarni bilishi va bajara olishi, har safar ularni amalda yaxshiroq hamda aniqroq takrorlashi sababli ko‘nikma paydo bo‘ladi. Ko‘nikma esa, tajriba va mahoratga ega bo‘lishga olib keladi.