Tegidan tashqari bu bo’limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va



Yüklə 26,16 Kb.
səhifə1/5
tarix15.06.2023
ölçüsü26,16 Kb.
#130751
  1   2   3   4   5
2 ma’ruza Html tiliga kirish Html xujjatining umumiy struktura

HTML tiliga kirish. HTML xujjatining umumiy strukturasi va uning asosiy teglari.


Reja:

  1. HTML ga kirish. HTML-hujjatlar tuzilishi.

  2. HTML ning asosiy teglari, atributlari. Sarlavha teglari.

  3. Rasm va jadvallar bilan ishlash teglari.

  4. Havolalar va ro’yxatlar bilan ishlash teglari. HTML formalar.

Kalit so’zlar: HTML, HEAD, BODY
HTML tiliga kirish.
Internetning eng ma’lum va keng tarqalgan qismi bu WWW (World Wide Web) deb nomlanuvchi to’rdir. Bu to’r Web saytlar va alohida Web sahifalardan tashkil topgan. Web sahifalar esa HTML tili yordamida yaratiladi.
HTML tilidan foydalanish uchun dasturchi mutaxassis bo’lish shart emas, chunki bu til juda oddiy va har kim undan foydalanishi mumkin. HTML da ishlash uchun oddiy kompyuter foydalanuvchisi bo’lish va internetda ishlash bo’yicha ozgina malakasi bo’lsa etarli. HTML tili yordamida har kim o’zining shaxsiy Web sahifasini yoki butun boshli bir Web saytini yaratish orqali o’zini butun dunyo axborot fazosida his qilishi mumkin. Albatta faqat HTML ni bilish interaktiv savdo saytlarini yaratish uchun etarli emas. Bunday jiddiy maqsadlar uchun dasturlash bo’yicha yaxshi bilim va internetning har xil texnologiyalarini bilish talab qilinadi.
Ammo HTML ning qulayligi shundaki bu sodda instrument orqali zarur axborot Web saytlarini yaratish mumkin. HTML (jihozlari) tarmoq foydalanuvchilari uchun 5-10% ni inobatga olmaganda hamma imkoniyatlarga ega.
Agarda o’zingizning saytingizda biror maxsus texnologiyalarni qo’llash zururati tug’ilsa, u holda yana boshqa adabiyotlarni o’rganish lozim bo’ladi. YAngi tarmoq dasturini o’rganishdan oldin esa HTML ning imkoniyatlarini qo’llashni o’rganish lozim. Ushbu qo’llanmadan biz bu imkoniyatlar haqida deyarli hamma narsani bilib olamiz.
HTML boshqa zamonaviy tarmoq dasturlari texnologiyalariga nisbatan sodda bo’lsada, internet – butunjahon to’ri shu til (HTML) yordamida yaratilgan bir qancha xususiy va korparativ saytlarning majmuasidir. Internet texnologiyasi va shu bilan birga HTML tili ham kompyuter industriyasining rivojlanishiga bo’lgan bir yordam bo’ldi.
Internet - bu cheksiz imkoniyatdir, ammo bu imkoniyatlardan foydalanish uchun saytlarni yaratish bilan bog’liq uslublarni o’rganish o’rinlidir. YUqorida HTML tili butun jahon to’ri uchun asos va baza ekanini aytib o’tgan edik.
HTML asoslari
Internet – sayyoramiz miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining birlashmasidir. Agar kosmik stantsiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini inobatga olsak internetning sayyoramiz sarhadlaridan chiqqanini ham ko’rishimiz mumkin.
Butun dunyo o’rgimchak to’ri WWW (World Wide Web) - bu ko’p sonli o’zaro bir-biriga bog’langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog’lovchi chekli gipermurojaat bo’ladi. Gipermurojaat mexanizmini bir necha so’z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi.
Gipermurojaat butunjahon o’rgimchak to’ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir. Bunda bir qancha funktsional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web sahifani ko’ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va ko’rish oynasining qanday o’lchamda o’rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operatsion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Foydalanuvchi o’z operatsion muhitida qanday yozuv shriftlar o’rnatganligi yoki uning videokartasi qancha rangni ko’tara olishi ham malum emas. YUqoridagi malumotlarning yo’qligi yoki etarli emasligi umumaxborot almashish tilining paydo bo’lishiga to’siq bo’lishi kerak edi, lekin bunday bo’lmadi.
Gap shundaki 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan qog’ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma variantlarni etiborga olgan SGML (Standart Generalired Markup Language) tili yaratildi. Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab chiqildi.
Web sahifa uchun bu yaxshi yo’l deb hisoblangan edi. Lekin bu til qonun qoidalari izohi yuzlab sahifalarni egalladi. Bunday til asosida yaratilgan sahifani tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko’p vaqt ketgan bo’lardi, shuning uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va HTML (Hyper Text Markup Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo’l yo’riqlar ketma – ket joylashgan bo’ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo’lib uni maxsus brauzer datsturlarsiz o’qish qiyin. Grafik rasmlarni esa umumman ko’rib bo’lmaydi chunki uning o’rnida brauzer dasturga biror rasm kerakligini ko’rsatuvchi TEG turadi. Agar biz o’z Web sahifamizni yaratmoqchi bo’lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak bo’ladi.
Hujjat tuzilishi
HTML (Hyper Text Markup Language) – belgili til bo’lib, ya’ni bu tilda yozilgan kod o’z ichiga mahsus ramzlarni mujassamlashtiradi. Bunday ramzlar hujjat ko’rinishini faqatgina boshqarib, o’zi esa ko’rinmaydi. HTMLda bu ramzlarni teg (teg – yorlik, belgi) deb ataladi. HTMLda hamma teglar ramz-chegaralovchilar (< , >) bilan belgilanadi. Ular orasiga teg identifikatori (nomi, masalan V) yoki uning atributlari yoziladi.
YAgona istisno bu murakkab chegaralovchilar () yordamida belgilanuvchi sharxlovchi teglardir. Aksariyat teglar jufti bilan ishlatiladi. Ochuvchi tegning jufti yopuvchi teg. Ikkala juft teg faqatgina yopuvchi teg oldidan «slesh» (“/”) belgisi qo’yilishini hisobga olmaganda, deyarli bir xil yoziladi. Juft teglarning asosiy farqi shundaki, yopuvchi teg parametrlardan foydalanmaydi. Juft teg yana konteyner deb ham ataladi.
Juft teglar orasiga kiruvchi barcha elementlar teg konteyneri tarkibi deyiladi. YOpuvchi tegda zarur bulmagan bir qator teglar mavjud. Ba’zida yopuvchi teglar tushirib qoldirilsa ham zamonaviy brauzerlar aksariyat hollarda hujjatni to’g’ri formatlaydi, biroq buni amalda qo’llash tavsiya etilmaydi. Masalan, rasm qo’yish tegi , keyingi qatorga o’tish
, baza shriftini ko’rsatish va boshqalar o’zining ,
va hokazo yopuvchi juftlarisiz yozilishi mumkin. Noto’g’ri yozilgan tegni yoki uning parametri brauzer tomonidan rad kilinadi. (bu brauzer tanimaydigan teglarga ham taalluqli). Masalan, teg-konteyneri faqatgina freymlarni taniydigan brauzer tomonidan hisobga olinadi. Uni tanimaydigan brauzer tegini tushunmaydi. Teglar parametr va atributlarga ega bo’lishi mumkin. Parametrlar yig’indisi har-bir tegda individualdir. Parametrlar quyidagi koida asosida yoziladi:- Teg nomidan so’ng probellar bilan ajratilgan parametrlar kelishi mumkin;- Parametrlar ixtiyoriy tartibda keladi;- Parametrlar o’zining nomidan keyin keluvchi «=» belgisi orqali beriluvchi qiymatlarga ega bo’lishi mumkin.
Odatda parametrlar qiymati « » - «ko’shtirnoq» ichida beriladi. - Parametr qiymatida ba’zan yozuv registri muxim. Shuni esda tutish lozimki, hamma teglar o’zining individual parametriga ega bo’lishiga karamay, shunday bir qator parametrlar mavjudki, ularni bo’limining barcha teglarida ishlatish mumkin.
Bu parametrlar CLASS, ID, LANG, LANGUAGE, STYLE va TITLElardir.
HTML-hujjatini yozishni boshlashda ishlatiladigan birinchi teg bu tegidir. U har doim hujjat yozuvining boshida bo’lishi lozim. YAkunlovchi teg esa shakliga ega bo’lishi kerak. Bu teglar, ular orasida joylashgan yozuvning hammasi butun bir HTML-hujjatini anglatishi bildiradi. Aslida esa hujjat oddiy matnli ASCII-faylidir. Bu teglarsiz brauzer hujjati formatini aniqlab, tarjima qila olmaydi. Ko’pincha bu teg parametrga ega emas. HTML 4.0 versiyasiga qadar VERSION parametri mavjud edi. HTML 4.0da esa VERSION o’rniga parametri paydo bo’ldi.
va orasida 2 bo’limdan tashkil topishi mumkin bo’lgan hujjatning o’zi joylashadi. Mazkur hujjatning birinchi bo’limi sarlavhalar bo’limi ( va ), ikkinchi bo’lim esa hujjat tana qismidir ( va bo’limining o’rniga bo’limidan foydalaniladi. Hujjatning HEAD bo’limi HEAD bo’limi sarlavha hisoblanadi va u majburiy teg emas, biroq mukammal tuzilgan sarlavha juda ham foydali bo’lishi mumkin. Sarlavha qismining maqsadi hujjatni tarjima kilayotgan dastur uchun mos axborotni etkazib berishdan iborat. Hujjat nomini ko’rsatuvchi tegidan tashqari bu bo’limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda <HEAD> tegi darhol <HTML> tegidan keyin keladi. <TITLE> tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi <TITLE> va teglar orasidagi matn qatoridan iborat. Bu nom barauzer oynasining sarlavhasida paydo bo’ladi (bunda sarlavha nomi 60 belgidan ko’p bo’lmasligi lozim). O’zgartirilmagan holda bu matn hujjatga «zakladka» (bookmark) berilganda ishlatiladi. Hujjat nomi uning tarkibini qisqacha ta’riflashi lozim. Bunda umumiy ma’noga ega bo’lgan nomlar (masalan, Homepage, Index va boshqalar)ni ishlatmaslik lozim. Hujjat ochilayotganda birinchi bo’lib uning nomi aks ettirilishi, so’ngra esa hujjat asosiy tarkibi ko’p vaqt olib, kengayib ketishi mumkin bo’lgan formatlash bilan birga yuklanishini hisobga olgan holda, foydalanuvchi xech bulmaganda ushbu axborot qatorini o’qiy olishi uchun hujjatning nomi berilishi lozim.
Hujjatning BODY bo’limi Ushbu bo’linma hujjatning tarkibiy qismini o’z ichiga oladi. Bo’linma tegidan boshlanib tegining bir qator parametrlari mavjud bo’lib, ularning birortasi ham majburiy emas. tegi parametrlari: ALINK – faol murojaat (ssыlka)ning rangini belgilaydi. BACKGROUND – fondagi tasvir sifatida foydalaniluvchi tasvirning
URL-manzilini belgilaydi. BOTTOMMARGIN – hujjatning quyi chegaralarini piksellarda belgilaydi. BGCOLOR – hujjat fonining ranglarini belgilaydi. BGPROPERTIES – agar FIXED qiymati o’rnatilmagan bo’lsa, fon tasviri aylantirilmaydi.
LEFTMARGIN – chap chegaralarni piksellarda belgilaydi.
LINK – xali ko’rib chiqilmagan ssыlkaning ranggin belgilaydi.
RIGHTMARGIN – hujjat o’ng chegarasini piksellarda o’rnatadi. SCROOL – brauzer darchalari xarakatlantirish (prokrutka) yo’laklarini o’rnatadi. TEXT – matn rangini aniqlaydi. TOPMARGIN – yuqori chegarasini piksellarda o’rnatadi. VLINK – ishlatilgan murojaat rangini belgilaydi.
BOTTOMMARGIN, LEFTMARGIN, RIGHTMARGIN va TOPMARGIN parametrlari matn chegarasi va darcha chetlari orasidagi masofani piksellarda belgilaydi. (Faqat HTML 4.0 versiyasidan boshlab IE brauzerlari bu parametrlarni taniy oladi)BGPROPERTIES parametri faqatgina bitta FIXED qiymatiga ega. HTML dagi ranglar o’n oltilik sanoq tizimida (RGB), yoki ranglar nomi yordamida berilishi mumkin. Ranglar bazasi 3 ta rangga – qizil (R) , yashil (G) va ko’k (B) ranglarga asoslangan bo’lib, u RGB deb belgilanadi. Har-bir rang uchun 00 dan FF gacha bo’lgan o’n oltilik sanoq tizimidagi qiymat beriladi, bu esa 0 dan 255 gacha bo’lgan diapazonga to’g’ri keladi. So’ngra bu qiymatlar bir songa birlashtiriladi va ularning oldiga “#” belgisi kuyiladi. Masalan, #800080 siyohrangni bildiradi.
Misollar:
yoki
yoki
yoki
yoki PURPLE>
Hamma barauzlar o’n oltilik sanoq tizimidagi standart ranlarni taniydi. Bular quyidagilardir:

Black #000000 Maroon #800000


Silver #C0C0C0 Red #FF0000
Grey #808080 Purple #800080
White #FFFFFF Green #008000
Fuchsia #FF00FF Navy #000080
Lime #00FF00 Blue #0000FF
Olive #808000 Teal #008080
Yellow #FFFF00 Aqua #00FFFF
Misol:
= GREEN>
Agar BGCOLOR parametri rangni nomi yoki uning tarkibiy kismlarini o’n
oltilik sanoq tizimidagi kodda keltirish vazifasi yordamida fon ranggini chiqarish uchun ishlatilsa, BACKGROUND tasvir yordamida sahifaga fon berishda foydalaniladi.
Tasvir sifatida GIF yoki JPG formatidagi grafik fayllar ishlatiladi. HTML-hujjat fonidagi tasvir doimo butun sahifani to’ldirib turadi. Agar tasvir o’lchami darcha o’lchamidan kichik bo’lsa, u mozayka tamoyiliga asosan kupaytiriladi. Odatda fon tasviri sifatida tarmoq orqali yuklash uchun uncha ko’p vaqt ketmaydigan kichik tasvir tanlab olinadi, yoki fon sifatida shaffof relef logotipi tasviridan foydalaniladi.
Misol:
.
Sahifa yaratilishida doimo fon rangini berish tavsiya qilinadi. Agar fon tasviri ham berilayotgan bo’lsa, fon va tasvir ranglari bir-biriga yaqin bo’lgani ma’qul.
Misol:
.
Misol:
- sahifa fonini berish misoli

va bo’limining o’rniga bo’limidan foydalaniladi.
Hujjatning HEAD bo’limi. BODY bo’linmasida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan ba’zi HTML-teglar blok darajasidagi (block level) teglar deb atalsa, boshqalari matn darajasidagi (text level) teglari yoki ketma-ket teg (inline) deb ataladi. Blok darajasidagi teglar o’zida matn darajasidagi teglar yoki blok darajasidagi boshqa teglarni mujassamlashtirishi mumkin. Blok teglari hujjat tizimini ta’riflaydi.

Yüklə 26,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin