Temur davlatining tarixiy geografiyasi. Temuriylar davri tarixiy geografiyasi



Yüklə 82 Kb.
səhifə1/2
tarix20.01.2023
ölçüsü82 Kb.
#79867
  1   2
Temur davlatining tarixiy geografiyasi. Temuriylar davri tarixiy



Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy geografiyasi

Reja:


    1. Temur davlatining tarixiy geografiyasi.

    2. Temuriylar davri tarixiy geografiyasi.

    3. Temur va temuriylar davrida geografik bilimlar.

Amir Temu ro`ta murakkab bir sharoitda maydonga chiqdi. XIV asrning 60-yillarida Movoraunnahr siyosiy jixatdan tarqoq bo`lib, mug'il shahzodalar bir-birlari Bilan to`xtovsiz urush olib bormoqda edilar. Chig'atoy ulusiga qarashli Movoraunnahr o`nlab mustaqil bekliklarga bo`linib ketgan edi: Shahrisabizda - Xoji Barlos, Xo`jandda - Boyazid Jaloir, Balxda - Amir Xusayin, Shibirg'onda - Muhammad Aperdi Nayman, Ko`xistonda - Amir Sotilmish, Arxang Saroyda - O`ljoy Aperdi va xakozo. O`zaro feodal urushlar Movoraunnahr iqtisodini yo`ldan chiqardi, xalqning turmush sharoiti og'irlashdi.
Amir Temurning xokimiyat uchun yo`li 1360 yili Keshda To`g'liq temur xizmatiga kirishdan boshlandi. 1365 yil 22 mayda Temur va Xusayn qo`shinlari Ilyosxo`jadan mag'lubiyatga uchradi (Chinoz "Jangi loy"). Sarbadorlar harakatidan so`ng 1366 yili ittifoqchilar Samarqandga kiradilar. 1370 yili Amir Temur Balxni egallaydi. U Movoraunnahr Amiri deb e`lon qilinadi 1371 yili Xorazmni egallaydi. 1376 yilgacha qamaruddinga zarba berib, Farg'ona vodiysining katta qismini egallaydi. 1391 yilda qunduzchada To`xtamizga katta zarba beradi. 1395 yili Tarak daryosi (Kavkazda) yaqinida shu zarba qaytarildi. 1380 yillardan boshlab Temur qo`shni davlatlarni bosib olishi boshlandi. 1381 yili Xirot, 1384 yilgacha Эronning katta qismi, 1386-1388 yillarda (uch yillik urush) Jn. Ozarbayjon, Shimoliy Iroq, Gruziya va Armaniston egallandi. 1392-1396 yillarda (besh yillik urush) Iroq, g'arbiy Эron egallandi. 1398-1399 yillarida Hindiston, 1404 yilgacha Damash, Bog'dod, Turkiya erlari egallandi. Oqibatida Xitoydan qora dengizgacha, Oroldan Fors qultig'igacha bo`lgan ulkan davlat barpo qilindi. Amir Temur davlatni boshqarishda syurg'ol usulida foydalandi. Jahongir Mirzoga Balх, Umarshayh Mirzoga Fors, Mironshohga Ozarbayjon, Armaniston, Iroq, Shohruhga Xuroson, Jurjon, Mozandaron, Seyiston bo`lib berildi.
Amir Temur davlati iqtisodi to`g'risida gapirganda shuni aytish mumkinki, Movoraunnahr bu davrda tarixdagi eng rivojlangan cho`qqilaridan birida edi. Barcha ishlar aniq belgilab qo`yilgan qonun - qoidalar asosida olib borildi. Xo`jalikning asosiy turi xisoblanmish dexqonchilikga katta e`tibor berildi. Yangi erlarni o`zlashtirish uchun suniy sug'orish inshootlari qurildi. Bunday erlardan uch yilgacha soliq olish taqiqlandi. Soliq tizimi ham davlat tomonidan tartibga solindi.
Samarqand bozori atrofidagi misgarlik, kulolchilik, zargarlik, maxsido`zlik, duradgorchilik, temirchilik, to`qimachilik ustaxonalari rivojlandi. Amir Temur chet el hunarmand ustalarini to`xtovsiz Movoraunnahrga keltirdi. Natijada keng turli hunarmandchilik mahsulotlari ko`paydi. Binokorlik ayniqsa keng avj oldi. Ko`prik, yo`l qurilishida tortib, yirik inshootlar qurilishi shu paytgacha bu darajadа ko`paymrgan edi. Samarqand atrofida Sultoniya, Sheroz, Damashq, Bog'dod, qohira kabi yirik davlatlar nomlari berilgan butun bir qishloqlar vujudga keldi.
Ichki va tashqi savdo xo`jalikning boshqa turlari rivojlanishiga qarab tez rivojlandi. Shahar markazlarida Chorsu, deb nomlangan bozorlar vujudga keldi. Bozor atroflarida esa ustaxonalar bilan birga savdo do`konlari binyot etildi. Xattoki (Ro`za oylarida ) kecha-yu kunduz savdo tinmaydigan "bozori shab" urfga kirdi.
Chegaralarning mustahkamligini, qat`i qonunlarning mavjudligi savdo va karvon xavfsizligini ta`minlovchi chora-tadbirlar tashqi savdoni kuchaytirdi. Buyuk ipak yo`li tiklandi. Sharq va g'arb o`rtasida doimiy tavar ayrboshlash davlat xazinasini boyitdi.
Temuriylar. Temurning davlat erlarini syurg'ol shaklida bo`lishi temuriylar davrida
(Amir Temur o`limidan keyinoq) feodal tarqoqlika bosh sababchi bo`ldi. Pirmuhammadning taxt vorisi etib vasiyat qilinishiga qaramasdan taxtni Xalil Sulton egalladi va 1405 yil 18 martda o`zini oliy hukmdor deb e`lon qildi. Lekin ko`p o`tmay Amudaryoning chap sohilida uning ukasi Mirzo Surton Xusayn bo`ysinishdan bosh tortdi. Turkistonda Amir Xudaydod, Farg'onada Shayx
Nuriddin bosh kutardi. Paytdan foydalangan Pirmuhammad Amudaryoning o`ng sohiliga - Xalil
Sulton erlariga kechib o`tdi. Umuman, Xurosonda Shohruh, Balx, g'azna, qandahorda
Pirmuhammad, g'arbiy Эron va Ozarbayjonda Mironshohning o`g'illari Umarshayx Mirzo va Abu Bakr Mirzolar mustaqil hokimlarga aylanishdi. Farg'onada Xudaydod, Xorazmda Idiku temuriylarga bo`ysinmay quydilar. 1407 yil Pirmuhammadning, 1408 yili Mironshohning o`ldirilishi vaziyatni yanada chigallashtirdi. Faqatgina 149 yilda Shohruhning taxtni egallashi birmuncha osoyishtalikni boshladi. U Xirotga qaytgach Samarqand taxtiga o`g'li Ulug'bekni qoldirdi. Ulug'bekdan so`ng 1469 yilda Sulton Xusayn davrida rivojlandi. Lekin amalda Movoraunnahr va Xuroson ajratib yuborilgan edi.
Temuriylar davrida geografik bilimlarning rivojlanishi.
XIV asrning 60-70 yillaridan to XV asr oxirigacha hukm surgan temuriylar hokimiyati davrida, aksincha, O`rta Osiyoda geografik bilimlar ancha rivojlandi.
Amir Temurning ilm-fan taraqqiyotiga etarlicha homiylik qilmadi. U asosan mashxur quruvchi ustalarni to`plab Movoraunnahrning ulkan qurilishlarida foydalandi hamda tarixnavis olimlarni to`pladi. Mana shunday tarixnavis va geogrif olimlardan biri Hofizi Abrudir.
Hofizi Abru taxminan 1361-1362 yillarda Xirotda tug'ilgan va 1431 yil Ozarbayjondan Xirotga qaytib kelayotganida Zinjon shahrida vafot etgan.
Binobarin, olim hayoti va ijodining bir qismi Amur Temur davriga to`g'ri kelsa, bir qismi uning o`g'li, Xuroson hokimi Shohruh davriga to`g'ri keladi. HofiziAbru deyarli yarim asr davomida temuriylar davrida O`rta Osiyo va O`rta Sharq mamlakatlarida ro`y bergan, siyosiyiqtisodiy va madaniy o`zgarishlar shoxidi bo`lgan. Ayni vaqtda "ulug' amir" xizmatida munshiy (kotib) vazifasini o`tagan. Olim juda ko`p o`lka shaharlarda bo`lganligini yozadi.
Hofizi Abru o`zi ko`rgan erlar tarixi hamda geografiyasiga doir ko`plab ma`lumotlar to`plagan va keyinchalik Shohruh saroyida tarixchi sifatida xizmat qilar ekan, bu ma`lumotlardan keng foydalangan.
Hofizi Abruning ko`plab asarlaridan bizgacha birgina geografik-tarixiy asari etiб kelgan.
Bu asa O`zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo`lyozmalar fondidagi 5361- sonli qo`lyozmadir. Bu qo`lyozmaning geografik qismida butun Dune haqidagi o`rta asr geograflariga ma`lum bo`lgan dunyoning tasviri, shuningdek, Эronning Fors, Kirmon viloyatlari hamda Xurosonning qisqacha geografiyasi berilgan. Hofizi Abru asari tasviriygeografik va kartografik qismlardan iborat.
Hofizi Abruning o`zidan oldin o`tgan ko`plab geograflarning ma`lumotlaridan bahramand bo`lganligi, bu ob`ekilarning bevosita kuzatganligi, uning tasviri ahamiyatini yanada oshiradi. Sayyoh o`lkamizning ikki asosiy daryosi - Amudaryo bilan Sirdaryonigina emas, boshqa yirik daryolarni ham (jumladan Murg'ob daryosini) ham yuqoridagi tarzda batafsil tasvirlagan.
Hofizi Abru o`zi tasvirlagan yirik tabiiy geografik ob`ekilarning (Hind okeani, dengizlar orollar, shaharlar va h.k.) chizmalarini ham berganki, bu hol ham uning asariga bo`lgan qiziqishini ko`paytiradi. Xullas, Hofizi Abru ma`lumotlari umumgeografik jahatdan ham o`lkashunostlik jihatdan ham o`z davrining eng ajoyib ilmiy durdonasidir.
XV-XVI arslar O`rta Osiyoda geografik tasavvurlarning rivojlanishida juda muqim tarixiy bosqichdir. Bu davrda, O`rta Osiyoda yuqori aytib o`tganimiz Hofizi Abrudan tashqarii, jahon geografiyasi uchun boy ilmiy meros qoldirgan ajoyib sayyoh, tarixnavis va geograf olimlar Giyosiddin NaqqOsh, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirzo Ulug'bek, Ali qushchi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Haydar Mirzo, Hofizi Tanish Buxoriy, O`tamish Hoji va Sulton Balxiylar etishib chiqdilar.
Masalan, Xuroson hokimi Shohruh Xitoyga elchilar sastavida yuborgan g'iyosiddin Naqqosh (1418-1422) uch yil davomida Xirotdan Pekingacha bo`lgan mashrut bo`ylab juda katta territoriyaning tarixi, aholisi, shaharlari va tabiati haqida ajoyib ma`lumot to`plagan. "Uning Xitoy tarixi" va "Ajoyi Ul Latif" nomi balan mashxur kundaiklaridan iborat asarida O`rta Osiyoning SharqIy qismi geografiyasiga oid boy materiallar bor.
Ulug'bekning istedodli shogirdi va olim ishning davomchisi Ali qushchi (1403-1474) o`z davrining Ptolemeyi nomini olishga muyassar bo`ldi. Ali qushchi Ulug'bekning fojiali o`limidan (1449) so`ng bir necha yil o`tgach, Эron va Turkiyaga ketib, astranomiya, geografiya va tematikaga oid ilmiy tadqiqodlarini o`sha yerlarda davom ettirdi.
Davlat boshqaruvi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Temuriylar saltanatida avval hokimi mutlaq — Amir Temur, soʻngra esa uning vorislari bevosita hukmronlik qilishgan. Saltanatni devonbegi — bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkony(?) davlat — Vazirlik mahkamasi boshqargan.

  • Ulardan 1-si — mamlakat varaiyat vaziri. U viloyat va tumanlardan toʻplanadigan hosil, soliqoʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan shugʻullangan.

  • 2si — vaziri sipoh, yaʼni harbiy ishlar vaziri. U navkarlarning taʼminoti (maoshi, oziq-ovqat va qurolyarogʻlari) bilan shugʻullangan.

  • 3si — tijorat (savdo) vaziri edi. U tashqi savdo boji tam/a, chorvachilikdan toʻplanadigan za kot, egasiz qolgan molmulklarning tasarrufi, meros va merosxoʻrlar kabi masalalar bilan shugʻullangan.

  • 4si — saltanatning moliya ishlari vaziri boʻlib, davlat xazinasining kirimchiqimlarini boshqargan.

  • Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga tushadigan daromadlarni nazorat qilgan. Oʻz navbatida bu 3 vazir saltanatning "xolisa" deb yuritilgan bosh nazorat hayʼatini tashkil etgan.

Bu 7 vazir devonbegiga boʻysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. Yozma manbalardan maʼlum boʻlishicha, Amir Temur va T. hukmronligi davrida saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloluddin Firuzshoh, Gʻiyosuddin Shohmalik, Alouddin Alika Koʻkaldosh va Alisher Navoiydek dono devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat koʻrsatganlar, mamlakatni obodonligi yoʻlida beqiyos xayrli ishlarni amalga oshirganlar.
Devonxona qoshida arzbegi, sadri aʼzam, shayxulislom va ahdos qozisi kabi lavozimlar mavjud boʻlgan. Arzbegi fuqaro va sipohiylardan tushadigan arzu shikoyatlar hamda mamlakatdagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash va bu borada oliy dargohga axborot berib turish kabi vazifalarni bajargan. Sadri aʼzam — bosh sadr mamlakatdagi barcha vaqf xoʻjaliklarini nazorat qilgan; davlat hamda yer egalari tomonidan vaqf qilingan yerlar va mulklarni kayd etgan va vaqfnomalar tuzib ularni qonunlashtirgan. Shayxulislom aholining turli ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida shariat ahkomlari va islom aqidalarining bajarilishini nazorat qilgan.
Davlatning bosh qozisi — qozi ulquzzot "ahdos qozisi" nomi bilan yuritilib u fuqaro ishlari bilan shugʻullangan. Saltanat mahkamasida kirimchiqimlarni qayd etuvchi maxsus munshi — kotib faoliyat koʻrsatgan.
Mamlakat maʼmuriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga boʻlinib, ular hokim, noib va tuman boshilar tomonidan boshqarilgan. Ularning aksariyati harbiy — amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi boʻlgan. Lashkarlar uchun hatto maxsus qoziyi lashkar tayin etilgan. Har bir shahar va qalʼalarda qutvol (komendant) tayinlanib, unga shahar va qalʼa istehkomlarini taʼmirlash va ularning mudofaasi yuklangan. Fath etilgan viloyat va hududlar temurzodalar va xizmat koʻrsatgan amirlarga suyurgʻol tarzida inʼom qilinib, ular orqali boshqarilgan. Masalan, Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli Jaxrngirga Balx viloyati; Umarshayxga Fors viloyati; Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston; Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston berilgan. Garchi uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular maʼlum darajada mustaqil edilar. Ularda alohida devonxona, qoʻshin boʻlib markaziy hukumatga tobelik xirojining bir qismini Samarqandga yuborish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida oʻz qoʻshini bilan qatnashish yoki talab etilgan sonda askar yuborishdan iborat edi.
Suyurgʻolga ega boʻlgan viloyat hokimlari — shahzodalar oʻz uluslarida iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilgan. Markaziy hokimiyat esa, vaziyat jiddiylashgandagina ularning ichki ishlariga aralashgan. Shubhasiz suyurgʻol asosida shakllangan mulkchilik boshqaruv tartibining kuchayishi viloyatlar mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chikargan. T.davrida oʻrta asr yirik mulkdorlari davlat tayanchi boʻlib, maʼmuriy jihatdan uning takomillashuviga suyurgʻolning keng tarqalishi jiddiy toʻsqinlik qilgan.
Elyurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ulumaro — bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda ahamiyat bergan (qarang Temuriylar harbiy sanʼati).
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, Samarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqgisodiy va siyosiy axvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Mas., 1403-yilda Kavkazning Baylaqon shahrida chakirilgan kengashga olimu fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar — jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan.
T.davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiyu qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libosu oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Masalan, pacmiy marosimlarda amir ulumaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar — taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar — taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan.
Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin boshlikdarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa bayon etiladi. Shunday qilib, T.da davlat tuzilishi, qonunqoidalarni tartibga solish bilan bir katorda, oliy dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan.


Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin